Kun tahlili 7-qism

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, oxirgi bergan bayonotida, Suriyadagi PKK/YPG nazoratidagi hududlardan kelgan hujumlarga "endi toqat qila olmaymiz" iboralarini ishlatdi.

1720048
Kun tahlili 7-qism

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, oxirgi bergan bayonotida, Suriyadagi PKK/YPG nazoratidagi hududlardan kelgan hujumlarga "endi toqat qila olmaymiz" iboralarini ishlatdi va yangi harbiy operatsiyalar va  samarali mahalliy  kuchlar bilan birgalikda boshlanadi.PKK/YPGga qarshi  mazkur kuchlar bilan  yoki yolg'iz davom etadi .Bu bayonotdan so'ng, ko'zlar Suriyaga qaratilayotganda, bir muddat oldin Sochida Erdo’g'an va Putin o'rtasidagi uchrashuvni ham  hal qiluvchi deb hisoblash mumkin.

Prezident Erdo’g'an "endi sabr -toqatimiz yo'q" degan bayonotlari bilan, Turkiyaning PKK/YPGninng  nazoratidagi  Suriyaning ba'zi hududlarida keng ko'lamli harbiy amaliyotlar uyushtirishi  kutilmoqda. Aslida aytish mumkinki, Turkiya anchadan buyon "strategik sabr" bilan harakat qilmoqda.

AQSh va Rossiya bilan erishilgan kelishuvlardan farqli o'laroq, PKK/YPG Turkiya chegarasiga yaqin hududlarda faoliyatini davom ettirmoqda.

Shunga qaramay, PKK/YPG terror tashkiloti, Turkiya nazorati ostidagi Afrin, Azez, Jarablus, Bab, Tel -Abyad va Resul Ayn kabi Turkiya nazorati ostidagi hududlarga kirib, ham Turk Qurolli Kuchlariga  (TSK), hamda  Suriya milliy qo’shiniga qarashi  teraktlar uyushtirib kelmoqda.

bundan tashqari, bu hududlarda beqarorlik yaratish maqsadida tinch aholiga qarshi bombali hujumlar uyushtirmoqda. Turk Qurolli Kuchlari va MIT Turkiyada va ayniqsa Iroqning shimolida PKKga qarshi muvaffaqiyatli operatsiyalar o'tkazib, bu tashkilotni yo'q qilgan bo'lsada, PKKning Suriyadagi bo'linmasi PYD/YPG AQSh va Rossiyaning soyaboni ostida  kurashib  Turkiyaning sabr kassasini to’ldirish   uchun faoliyatini davom ettirmoqda.

Erdo'g'an to'g'ridan -to'g'ri aytganidek, hozir Turkiya chegaralari Suriyada o'tilgan vaziyatda. Ko'rinib turibdiki, biz avvalgidek   "Furot qalqoni", "Zaytun novdasi" va "Tinchlik bulog'i" operatsiyalaridagi kabi keng qamrovli operatsiyalarning yangi davri arafasida turibmiz. Bu yerda, shuningdek, o'tgan hafta Sochida bo'lib o'tgan Erdo’g'an-Putin sammitini ham hisobga olishimiz kerak. Ikkala lider ham Suriya masalasini yakka tartibda muhokama qilishdi va tomonlar ushbu muammoni hal qilish niyatida ekanliklarini e'lon qilishdi. O'zaro pozitsiyalarni qaytadan  ko'rib chiqish va imtiyozlar berish orqali umumiy fikr paydo bo'lishi mumkin. Buning  yaqinda Idlib uchun ham, PKK/YPG nazoratidagi hududlar uchun ham muhim oqibatlarga olib kelish muhaqqaq . Ammo, ikki davlat rahbarining ijobiy yondashuvlariga qaramay, natijaga erishish mumkin bo'lmasa, Rossiya va Rejim kuchlari Idlibni nishonga olishlari mumkin, Turkiya ham  bu  nuqtada  ogohlantiruvchi vosita sifatida javob beradi va Turkiya PKK/YPGga qarshi harbiy operatsiyalarini boshlashi mumkin. qaytaruvchi kuch bilan bunga javob berishga harakat qiladi.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringiz havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #PKK va PYD , #Idlib , #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar