kun tahlili 4-qism

Yangi xavfsizlik shartnomasi, AUKUS, birinchi navbatda, global kuchlar raqobatining harbiy jabhasi qanday shakllanishini ko'rsatish jihatidan  muhim  bir maslahat beradi.

1710001
kun tahlili 4-qism

 

Xitoy- AQSh taranligi va yangi  bosqichi  

AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya o'rtasida imzolangan yangi xavfsizlik shartnomasini Xitoy-AQSh tarangligining yangi bosqichi deb hisoblash mumkin.SETA / Tashqi siyosat tadqiqotlari direktori Muallif prof. Doktor Murat Yeshiltashning mavuzga doir fikr va mulohazasini e’tiboringizga  taqdim etamiz. Yangi xavfsizlik shartnomasi, AUKUS, birinchi navbatda, global kuchlar raqobatining harbiy jabhasi qanday shakllanishini ko'rsatish jihatidan  muhim  bir maslahat beradi. Albatta, harbiy front - bu kurashning faqat bir qismi. Iqtisodiy jabhada esa  yarashish izlanishlari olib borilayotgan bo'lsa -da, , harbiy jabhada hech kim hech ishni tasodifga qoldirishni xohlamaydi. Shu sababli, Xitoy birinchi navbatda qanday bir  javob berishi juda  ham muhim. Pekin tinchlantirishnimi  yoki muvozanatni saqlashnimi tanlashini   oldindan aytish qiyin bo'lsa-da, aytish mumkinki, u ikkala usulni ham amalga oshirishi mumkin. Chunki bu tushuncha Xitoyning yuksalish strategiyasining tayanchidir: Qo'rqmasdan, va ziddiyatsiz ko'tarilish Xitoyning AUKUSga munosabati kutilganidek bo'ldi va buni "mas'uliyatsizlik" deb hisobladi. Avstraliyaning suv osti kemalari yadroviy qobiliyatiga ega bo'lishi Xitoy uchun bir necha jihatdan muhim va xavflidir. Birinchidan, AQSh va Buyuk Britaniyaning razvedka va harbiy kuchlarini Hind-Tinch okeani mintaqasiga ko'chirish orqali Pekin qobiliyatini  cheklash. Ikkinchidan, Avstraliyaning mudofaa qobiliyatini oshirish va Xitoyga qarshi harbiy muvozanatni mustahkamlash orqali Xitoyning okean miqyosidagi harbiy qudratini muvozanatini sekinlashtirish. Uchinchidan, AUKUS bilan Xitoyga qarshi strategik miqyosdagi jilovni tayyor holda ushlab turish, agressiv Xitoy strategiyasining shakllanishiga yo'l qo'ymaslik. To'rtinchisi - Avstraliyaning atom kuchiga aylanish ehtimoli. Bu shuni anglatadiki, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mintaqaviy o'yinchilar borligini hisobga olgan holda, Xitoyning chegaralanishi/qamal qilinishi va keng qamrovli strategiya mavzusi hisoblanadi. Bunday keskinlik sharoitida, Tayvan muammosi, shuningdek, Xitoy va AUKUSni harbiy jihatdan qarama -qarshilikka olib kelishi mumkin bo'lgan muhim nuqtaga o'tdi. Albatta, bunday bir  strategiya oldida Xitoyda ko'p tanlov bor. Ulardan eng muhimi, qarshi qurollanish bosqichida agressiv siyosatni amalga oshirish, Shimoliy Koreya kabi tizimdan tashqari bo’lgan sub'ektlar orqali qarshi qurollanish harakatlarini faollashtirish va  AQShning qoldirgan bo'shliqlarni to'ldirish uchun xorijiy ittifoqlarni qidirishni tezlashtirishi mumkin.AUKUSdan so'ng Eron Shanxay Hamkorlik Tashkilotining to'laqonli a'zosi sifatida qabul qilinganligi haqidagi e'lon tasodif  bir narsa emas, lekin Vashington uchun bosh og'rig'i bo'lgan Tehronni yengillashtirdi. Yana muhim alternativ - ittifoqning eng zaif bo'g'inini nishonga olish; ya'ni Avstraliya. Xitoy " hadini  bil " degan norasmiy xabarni kechiktirmasdan yubordi.

Global Times nashrida chop etilgan tahririy sharhda, Xitoy hukumatining xalqaro masalalar yuzasidan fikrlarini e'lon qilar ekan, agar AQSh  boshchiligidagi Xitoyga qarshi strategiyada agressiv pozitsiyani egallasa, bu  albatta javobsiz qolmaydi  ifodalari o’rin oldi. Maqolaning eng diqqatga sazovor qismida hal qiluvchi savol berilgan; Kim global betartiblikka toqat qila oladi? Ko'rinib turibdiki, AQSh-Xitoy tarangligi xalqaro tizimda kuchlar raqobatini yangi  bir bosqichga olib chiqadi. Xalqaro tizim o'zgarmoqda va kuchlar almashmoqda. Haqiqiy savol: bu o'tish davri  katta ziddiyat bilan bo'ladimi yoki urushsizmi? Tarix qonli misollarga to'la!

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotlari direktori Muallif Prof. Doktor Murat Yeshiltashning mavzuga doir fikr va mulohazasini e’tiboringizga havola qildik...

 

 

 

 

 

 

                     

                     

 

 

                     

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ittifoq , #Avstraliya , #AQSh , #Xiyoy , #AUKUS

Aloqador xabarlar