kun tahlili 3-qism

Asad rejimiga  bog’liq  kuchlar oxirgi kunlarda Rossiyaning havo yordami bilan Idlib viloyatini yana nishonga ola boshladi.Suriya muxolafati qo'lida bo'lgan va to'rt millionga yaqin tinch aholi istiqomat qilayotgan mintaqani nishonga oladi.

1709993
kun tahlili 3-qism

 

                                               Idlibda so’ngi bosqich

Asad rejimiga  bog’liq  kuchlar oxirgi kunlarda Rossiyaning havo yordami bilan Idlib viloyatini yana nishonga ola boshladi.Suriya muxolafati qo'lida bo'lgan va to'rt millionga yaqin tinch aholi istiqomat qilayotgan mintaqani nishonga olish, yana bir bor katta gumanitar inqirozga yo'l ochdi.Turkiya xavfni anglab, harbiy yo'l bilan ushbu jarayonni  to'xtatuvchi choralar ko'rishga urinayotgan bo'lsa da  xalqaro jamoatchilikning sukut saqlashi Asad rejimi va uning ittifoqchilarini rag'batlantiradi.

Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning   mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringiz taqdim etaman ...

Oxirgi oylarda Suriya sohasidagi harbiy o'zgarishlar va to'qnashuvlar nisbatan tinch yo'nalishda davom etayotgan bo'lsa da  Asad rejimi Rossiya havo kuchlari ko'magida Idlibni yana nishonga ola boshladi. Liderlarning Sochida o'tkazgan  sammiti va Turkiya va Rossiya o'rtasida mintaqaga oid kelishuv bilan ziddiyatlar keng miqyosda tugagan edi.Biroq, so'nggi bir necha hafta mobaynida biz tez sur'atlar bilan avj olgan  hujumlarga guvoh bo'ldik. Ko'rinib turibdiki, rejimga  bog’liq  kuchlar, ayniqsa M4 chizig'ining janubida, Jabali Zaviye hududini havodan, yerdan esa Ruslar  nishonga olmoqda.Asosiy harakat yo'nalishini o'rganganimizda, Suriya muxolafat unsurlari  va turk armiyasining  shimoldan chiqib ketishini ta'minlaydigan tarzda harbiy bosim o'tkazmoqchi ekanligi ko'rinib turibdi. Jabali Zaviya viloyati Idlibning qolgan qismiga nisbatan topografik jihatdan juda baland, shuning uchun u strategik bir  mintaqadir. Ko'rinib turibdiki, rejim kuchlari bu hududga joylashib, Idlib shimoliga cho'zilgan liniyalarda o't ochish  kuchini qo'lga kiritish orqali bosqichma-bosqich nazorat o'rnatmoqchi. Shunga qaramay, u M4 logistika liniyasida to'liq hukmronlikni o'rnatmoqchi va sharq-g'arb jihatida  Halabdan Latakiya-Tartusgacha bo'lgan asosiy yo'llarni nazorat qilmoqchi. Har doimgidek, tinch aholi rejim va uning ittifoqchilarining bu shuhratparast rejalarining  evazini  to'laydi. Allaqachon o'n minglab tinch aholi shimoliga ko'chirilgan. Mumkin bo'lgan keng qamrovli bir  harbiy operatsiya natijasida yana yuz minglab tinch aholi joylarini tark etishi mumkin. Mumkin bo'lgan gumanitar inqirozni hisobga olib, Turkiya mintaqadagi harbiy istehkomini oshirishga, rejim va ittifoqchi unsurlarni  harbiy yo'l bilan to'xtatishga harakat qilmoqda. Xalqaro hamjamiyat Rossiyaga, xususan AQSh  bosim o'tkazib, yangi harbiy operatsiya urinishining xarajatlari borligini ko'rsatishi kerak. Aks holda, Suriyada  yana ziddiyatli to’qnashuv  paydo bo'ladi.

Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan ACUNning Idlibdagi so'nggi vaziyatga doir va fikr va mulohazasini  e’tiboringizga havola qildik. 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Asad rejimi , #Rossiya , #Suriya , #Idlib

Aloqador xabarlar