Kun tahlili 1-qism

Turk Qurolli Kuchlari va Milliy razvedka tashkiloti bir vaqtning o'zida ko'plab mamlakatlarda harbiy operatsiyalar va nuqta operatsiyalari bilan tashkilotni yo'q qilishni davom ettirmoqda.

1701911
Kun tahlili 1-qism

Turkiyaning terrorga qarshi kurashi: Suriya tomoni Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi katta tezlikda davom etar ekan, Turk Qurolli Kuchlari va Milliy razvedka tashkiloti bir vaqtning o'zida ko'plab mamlakatlarda harbiy operatsiyalar va nuqta operatsiyalari bilan tashkilotni yo'q qilishni davom ettirmoqda. Biroq, oxirgi kunlarda, ayniqsa Suriyada, tashkilotning Suriya bo'limi PYD/YPGga qarshi  katta zarbalar ketma -ket amalga oshirildi. PYD/YPG Suriyada AQSh himoyasi ostida qolishda davom etar ekan, Turkiya endi tashkilotni yanada  ta’sirli  nishonga ola boshladi.        

1970-yillarning o'rtalarida terrorchi lider Abdulla O'jalan tomonidan Turkiyada PKK terror tashkiloti tashkil etilganidan keyin, ayniqsa, Suriya razvedkasi  bilan aloqaga  o’tib Suriyada  tashkilotlanish  orqali rivojlana boshladi. Asad rejimi,  Ota  Asad davrida Livandagi Beka lagerlarida tashkilot a'zolarini o'qitib, uni Turkiyaga qarshi ishlatmoqchi bo'ldi, lekin Turkiyaning harbiy aralashuv tahdidlaridan so'ng, orqaga qadam tashlandi va O'jalan va tashkilotning boshqa a'zolarini  mamlakatdan chiqarib yubordi. Biroq, Suriya inqilobi boshlanishi bilan, Asad rejimi PKKni inqilobiy kuchlarga hamda Turkiyaga qarshi ishlatish uchun yana bir harakatga o'tdi va tashkilotning Suriya qanoti PYD/YPG bilan hamkorlikni rivojlantirdi va ko'plab hududlarni tark etdi.Terror tashkiloti Rejim bilan hamkorlikni rivojlantirar ekan, terror tashkiloti Suriyaning shimolidagi ko'plab mintaqalarda hududiy hukmronlikni o'rnatdi, so'ngra AQSh bilan DEASHga qarshi kurash tasviri bilan hamkorlik qilib, bu hudud ustidan hukmronligini yanada oshirdi.Ayniqsa, 2014 yilning o'rtalaridan beri PYD/YPG terror tashkiloti AQSh ko'magida Suriyaning shimoli -sharqiydagi katta hududlarni o'z nazoratiga oldi va AQSh askarlari bilan birgalikda Raqqa va Deyr-az-Zor kabi boy arab mintaqalarida nazorat o'rnatdi.

Aslida, ularning asosiy maqsadi Afrin va Suriyaning sharqidagi mintaqalarni birlashtiradigan yo'l bilan oldinga siljish va oxir-oqibat o'z-o'zini boshqarish modeliga ega bo'lgan, Sharqqa tushadigan kichik  bir strategik davlat tashkil etish.  O'rta yer dengizi bilan bog'lanish.

Biroq, 15 iyuldagi to'ntarish urinishidan so'ng, Turkiya bu rejalarni, avvalo "Furot qalqoni" operatsiyasi, so'ngra "Zaytun novdasi" operatsiyasi bilan barbod qilishga muvaffaq bo'ldi.

Keyin, "Tinchlik bulog'i" operatsiyasi bilan Furotning sharqiyda joylashgan Tel Abyad va Rasulaynni terror tashkilotidan tozalash orqali "PKK davlati" rejasini keng ko'lamda buzishga muvaffaq bo'ldi.

Bu davrda Turkiya AQSh askarlarini keng miqyosda mintaqadan olib chiqqanda, Rossiya va Asad rejimiga tegishli kuchlar Furot sharqiydagi ma'lum hududlarga joylashdi. Bularning hammasiga qaramay, terror tashkiloti PYD/YPG Furotning g'arbidagi Tel-Rifat va Manbij hududlarida, Ayn al-Arabdan Malikiyagacha, Furotning sharqiyda, Rakka va Deyr-ezning ba'zi hududlarida mavjud bo'lishda davom etmoqda.

Turkiya AQSh va Rossiyaga bosim o'tkazib, terror tashkilotining samaradorligini pasaytirishga urinayotgan bo'lsa-da, tashkilot a'zolariga aloqa liniyalariga aralashib  milliy Razvedka va uchuvchisiz havo vositalari bilan tashkilotning yetakchi xodimlarini samarali nuqtali operatsiyalari bilan   yo’q etdi.

MIT va SIHA  operatsiyalari yordamida.  Turkiya terror hukmronligi ostida yashashi kerak bo'lgan kurd va arablarni ularni tashkilotga qarshi jalb qilib, ularni himoya qilib  va yo'naltirishga harakat qilmoqda.

Turkiyada terrorchilik tashkiloti minimallashtirilgach, Iroqda samarali harbiy amaliyotlar o'tkazib, tor doiraga siqishib qoldi,  Suriyada AQSh himoyasi ostida mavjudligini saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Biroq, bu haqiqatni bilgan holda, Turkiya, Suriyadagi maydon  ham terror tashkiloti uchun xavfsiz hudud emasligini har fursatda ko'rsatib, u yerdagi mavjudligini nishon olishga  davom etmoqda.Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUN  fikr va mulohazalarini  e’tiboringizga  havola qildik. 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kurash , #YPG , #PYD , #PKK , #Turkiya

Aloqador xabarlar