Kun tahlili 81-qism

Beshinchi yilida 15-iyul Hukumatni to'ntarish va Turkiyani o'z nazoratiga ostiga olish uchun 2016 15- iyulda FETO’ tomonidan uyushtirilgan muvaffaqiyatsiz harbiy to'ntarish tashabbusi ustidan besh yil o'tdi.

1676232
Kun tahlili 81-qism

 

Beshinchi yilida 15-iyul

Hukumatni to'ntarish va Turkiyani o'z nazoratiga ostiga olish uchun 2016 15- iyulda FETO’ tomonidan uyushtirilgan muvaffaqiyatsiz harbiy to'ntarish tashabbusi ustidan besh yil o'tdi. Davlat to'ntarishiga urinishning muvaffaqiyatsiz bo'lishining ko'plab sababi bordir. Ushbu sabablarning eng muhimi, turk demokratiyasini himoya qilgan xalqning jasoratli munosabatidir. Siyosatning ham davlat to'ntarishiga qarshi ochiq pozitsiya olishi eng muhim omillaridan biridir. To'ntarishga qarshi ijtimoiy va siyosiy munosabat Turkiyaning demokratik va ijtimoiy chidamliligini mustahkamlashga imkon berdi. Besh yildan so'ng, 15-iyulning nima ma'no kelgani yana ham yaxshiroq tushunilmoqda.  SETA / Xavfsizlik tadqiqotlari bo'yicha direktor Muallif Prof. Doktor Murat Yeshiltashning mavzuga doir fikr va mulohazalarini taqdim etamiz...

Besh yildan so'ng Turkiyaning ichki va tashqi siyosatida muhim o'zgarishlar yuz berdi. FETO unsurlaridan tozalash jarayoni besh yildan so'ng muvaffaqiyatli davom etmoqda.Davlatning muhim muassasalariga kirib joylashib yashiringan ko'plab FETO a'zolari haydab yuborilgan yoki sudga berilgan

Shu doirada ko'plab FETO’ a'zolari aniqlanib, Turk Qurolli Kuchlari safidan chiqarildi va muhim operatsiyalar paytida armiyaning duch kelishi mumkin bo'lgan xatarlar kamaytirildi. Xuddi shunday tozalash faoliyati bilan xavfsizlik sohasida terrorizmga qarshi kurashda samarali usulni amalga oshiradigan xavfsizlik va razvedka kabi muassasalarda o'tkazildi va bu sohada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlar minimallashtirildi. 15 iyuldan keyin eng katta muvaffaqiyat esa xavfsizlik sohasida amalga oshirilgan islohotlar bilan sodir bo'ldi. Shu doirada Jandarmiya va Sohil Xavfsizlik qo'mondonliklari Ichki ishlar vazirligi tarkibiga  qo’shildi  va Bosh shtab boshlig'ining kuch qo'mondonlari ustidagi ro'li o'zgartirildi va Milliy Mudofaa vazirligi birinchi o'ringa chiqarildi. Xavfsizlik byurokratiyasini FETOdan tozalanishi va xavfsizlik sektorini isloh qilishning birinchi natijasi terrorizmga qarshi kurashda yuz berdi. Shu nuqtai nazardan, terror tashkiloti PKKga qarshi yanada samarali strategiya amalga oshirildi. Suriyada DAEShga qarshi Evfrat qalqoni operatsiyasi boshlanib, har ikkala terror tashkilotining ta'sirini minimallashtirildi va bu mintaqalar terrorizmdan tozalandi. Bu jarayonda Iroqda qayta joylashishga boshlagan PKKga qarshi amalga oshirilgan yangi terrorga qarshi strategiya yordamida tashkilotning u yerda ta'siri cheklab qo'yildi. Ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlar yangi siyosiy strategiyani amalga oshirishga imkon berdi, bu esa Turkiyaning Liviya, Suriya, Iroq, Tog'li Qorabog' va Sharqiy O'rta yer dengizi kabi muhim tashqi siyosiy sohalarda faolroq bo'lishiga imkon berdi.

Tashqi siyosatda esa 15 iyul deyarli bir burilish nuqtasiga sabab bo'ldi. 15-iyuldan keyingi eng muhim qadam Suriyada tashlandi. "Furot qalqoni" operatsiyasi bilan DEAShni chegaradan tozalagan Turkiya, PKKning Firotning g'arbida mavjud bo'lishini imkonsiz qildi. 2018 yil yanvar oyida boshlangan Zaytun novdasi operatsiyasi bilan PKK Afrindan haydaldi. Shunday qilib, Turkiya Suriya inqirozida faolroq rol o'ynaya boshladi.

 Furotning sharqiydagi terror tashkiloti PKKga qarshi 2019 yil oktabr oyida amalga oshirilgan Tinchlik bahori operatsiyasi bilan nishonga olgan Turkiya, shu tariqa bilan PKKning Suriyada faol bo'lishiga va shimolda go'yo bir davlat qurishiga to'sqinlik qildi. Idlib inqirozini hal qilish tashabbusi bilan Turkiya 2020 yil mart oyida Idlibdagi Suriya rejimiga og'ir bir zarba berdi. Ushbu barcha harbiy harakatlar Turkiyaga 15 iyuldan keyin diplomatik stolda faolroq bo'lishiga imkon berdi.

Ushbu faoliyatning eng muhim bo'lgan bir yo'nalishi esa Liviya edi. 2011 yildan beri Liviya inqirozida diplomatik usullarni afzal ko'rgan Turkiya, 2019 yil 4 iyulda BMT tomonidan to'ntarishga tan olingan qonuniy Tripoli hukumatini uringan Xaftarga qarshi Milliy kelishuv hukumatini qo'llab-quvvatladi.

Shu nuqtai nazardan, u GNA bilan shartnoma imzolab Xaftar qo'shinlarining Tripolini egallashiga to'sqinlik qildi. Keyinchalik, Xaftarga chekinishga imkon berib, Liviyada yangi bir davr boshlandi.

2020 yilda Tog'li Qorabog' masalasida Ozarbayjonni qo'llab quvvatlashi bilan Armanistonning orqaga chekinishini ta'min etgan Turkiya deyarli barcha mintaqaviy masalalarda diplomatik jihatdan faol va harbiy aralashuv pozitsiyasini namoyish etdi.

 Besh yildan keyin yana 15 iyulga nazar tashlasak, Turkiya uchun har jihatdan tarixiy bir burilish  nuqtasi bo'lgani tushuniladi.

SETA / Xavfsizlik tadqiqoti bo'yicha direktor Muallif Prof. Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini e'tiboringizga taqdim etdik

                  …


Tanlangan kalimalar: #PKK , #Suriya , #Liviya , #Turkiya , #FETO , #15- Iyul.

Aloqador xabarlar