Kun tahlili 80- qism

Amerika Qo'shma Shtatlardagi saylovlardan keyin Baydenning hokimiyatga kelishi bilan yanada ijobiy doirada rivojlanishi kutilgan AQSh-Eron munosabatlarining vaziyati

1672559
Kun tahlili 80- qism

 

Amerika Qo'shma Shtatlardagi saylovlardan keyin Baydenning hokimiyatga kelishi bilan yanada ijobiy doirada rivojlanishi kutilgan AQSh-Eron munosabatlari, xususan, Iroq-Suriya yo'nalishida, yadroviy muzokaralar to'xtab qolishi bilan to'qnashuvlarga aylana boshladi. Eron  vakillari  AQSh harbiy bazalarini nishonga olar ekan , AQSh to'g'ridan-to'g'ri Eronga bog'liq kuchlarni bombardimon qilmoqda. Ikki mamlakat o'rtasidagi to’qnashuv jarayoni  Suriyani ham o’z ichiga olib  kuchayishi mumkin.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr mulohazasini  taqdim etamiz ...

Tramp davrida AQShning Eronga nisbatan siyosati asta-sekin  shiddatlanar ekan, oxir-oqibat Eronga qarshi "maksimal bosim" sifatida ifodalangan narsaga aylandi.

AQSh yadroviy kelishuvdan chiqib, Eronga qarshi iqtisodiy sanksiyalar va embargolarni boshlaganida, bu davlatga biron bir tarzda neft eksport qilishiga ruxsat berilmadi.

Shunga qaramay, Eronga qarshi  bo’lgan unsurlar Iroq-Suriya-Yaman yo'nalishida qo'llab-quvvatlanar ekan, Eron Isroil va Fors ko'rfazi mamlakatlari bilan tuzilgan koalitsiya tomonidan ham  bosim borgan sari  qo'llab-quvvatlandi.

 Quds kuchlari qo'mondoni Qassem Sulaymonining  o'ldirilishi va Eronning harbiy  jangchilari bilan ikki mamlakat to'g'ridan-to'g'ri urush arafasiga  kelib qoldi. Biroq Bayden AQSh prezidenti etib saylanishi bilan  birgalikta Eronga qarshi koalitsiya parchalanar ekan AQShning Eronga nisbatan siyosati  ham yumshashga boshlandi. Bayden Eron bilan yadroviy muzokaralarni qaytadan boshladi va ikki davlat o'rtasida nisbatan ijobiy kayfiyat paydo bo'ldi. AQShning Yamandagi urushni qo'llab-quvvatlashni bekor qilishi ham bu holatni kuchaytirdi.

Biroq, tomonlarning murosasiz munosabati va yadroviy muzokaralarning bloklanishi bilan ikki mamlakat o'rtasidagi ziddiyatlar kuchaya boshladi.

Isroil va Fors ko'rfazining AQSh nazaridagi lobbichilik faoliyati ham ushbu munosabatlarga ta'sir ko'rsatdi, deb baholash mumkin. Oxir oqibat, tomonlar, ayniqsa Iroqda katta hokimiyat uchun kurash olib borar ekan, Eron ta'sirida harakat qilgan shia militsiya  unsurlari (Hashd ash-Shaabi) AQSh bazalari va logistika konvoylarini nishonga ola boshladilar.

AQSh joylashgan Erbil aviabazasi va Ayn al-Assad harbiy bazasi kabi joylar tez-tez raketalar va bomba yuklangan uchuvchisiz samolyotlar bilan nishonga olingan. AQShning mintaqadagi harbiy kuchi esa  shia jangarilariga  qarshi havo bombardimonlari bilan javob qaytarishga  harakat qildi. Ikki mamlakat va ularning ishonchli vakillari o'rtasidagi bu past intensiv ziddiyatlar  kutilganidek Suriyaga tarqaldi. Eron qurolli kuchlari Dayr Ezzor sharqidagi El-Omar neft qudug'i hududidagi AQSh bazasiga uchuvchisiz samolyot bilan hujum qildi. Boshqa tomondan, AQSh Ebu Kamol mintaqasidagi shialar qurolli kuchlarining qarorgohlarini  bombardimon qildi.

Endi haqiqiy savol  shu tomonlar o'zaro ushbu nizolarni avj oldirishni afzal ko'rishadimi degan savolda. Ikkala tomon ham yadro muzokaralarida qo'llarini kuchaytirish uchun choralar ko'rayotgan bo'lsa-da, o'zlarining harbiy kuchlarini  ham namoyish qilishdan tortinmaydilar.Iroq va Suriya kabi mamlakatlar buning badalini to'lamoqda.  Amerika Qo'shma Shtatlar Yaqin Sharqdan harbiy jihatdan asta-sekin chiqib ketadigan davrni Eron jasorat  beruvchi deb hisoblashi mumkin. Biroq, Isroil va Fors ko'rfazi davlatlarining  ham muvozanatlashtiruvchi rolini unutmaslik kerak

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzudagi fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #Munosabat , #Eron , #AQSh

Aloqador xabarlar