Kun tahlili 75-qism

Polsha Turkiyadan tankka qarshi raketalar bilan qurollangan 24 dona uchuvchisiz boshqariladigan qurilma (dron) sotib olishga qaror qildi. Dronlarni sotib olish bo‘yicha kelishuv Polsha prezidenti Dudaning 24 may kuni Turkiyaga tashrifi chog'ida imzolandi.

1651381
Kun tahlili 75-qism

 

Turkiya va Polsha o’rtasida 24 dona Bayraktar TB2 uchuvchisiz boshqariladigan qurilma (qurolli dron) sotish bo’yicha tuzilgan kelishuv tufayli barcha nigohlar takror Turkiyaga qaratildi. Avvalroq, Qatar, Liviya, Ukraina va Ozarbayjonga sotilgan ushbu qurolli dronlar birinchi bor shartnoma asosida NATO va Yevroittifoqqa a’zo mamlakatga eksport qilinadi. Turk mahsuloti bo’lgan uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar va qurolli dronlarga bo’lgan talabning tobora ortib borayotgani va Polsha ham bu qurilmalarga qiziqish ko’rsatayotganining ortida ba’zi sabablar bor desak adashmagan bo’lamiz.

Avvalo, turk mudofaa sanoati mahsulotlarining haqiqiy front zonasida faol qo’llanilishi va muvaffaqiyatli natijalarga olib kelishi xalqaro bozorda ushbu qurolli tizimlarning raqobatbardoshlikni oshirdi. Bu xususda turk mahsuloti bo’lgan dronlar asosiy o’ringa chiqadi. Suriya, Liviya va Tog’li Qorabog’ urushida Bayraktar TB2 dronlarining ustun mahorati xalqaro maydonda ushbu qurilmalarga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi. Ustun qobiliyatlarga ega bo’lgani aytilgan Rossiyaga oid havo mudofaa tizimlari Bayraktar TB2 dronlari oldida yetarsiz ekani qayd etildi, hatto bir qator qurolli kuchlar o’rtasida yangi tortishuvlar kelib chiqishiga sabab bo’ldi.

Turk qurolli dronlari va uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalarining tajribasi urush muhitida nafaqat razvedka, kuzatish, qidiruv xizmatlarida, balki raketa mudofaa tizimlarini urib tushirish yoki dushmanning zirhli vositalarini yo’q qilish kabi muhim vazifalarni ham muvaffaqiyatli ado etishi mumkinligini namoyon qildi.

Turk mudofaa sanoati mahsulotlarining xalqaro mudofaa bozorida raqobatbardoshligini oshirgan yana bir muhim xusus shuki, uning narxini to’lashda maqbul yechimlar taqdim etadi. NATOga a’zo mamlakatlar o’rtasida Amerika mahsuloti bo’lgan qurolli dronlar va uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar hukmronlik qilsa-da, ushbu qurilmalar hatto AQShning o’zi uchun ham o’ta qimmatga tushgan tizimlar ekani barchaga oshikor.

Bundan tashqari, Amerika qonunlariga muvofiq, bunday qurilmalarni eksport qilishda jiddiy nazorat va cheklovlarning mavjudligi xaridor davlatlarni ushbu qurilmalarni sotib olishdan voz kechirmoqda.

Vaxolanki, turk mahsuloti bo’lgan qurolli dronlar va uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar yana ham arzon narxda sotib olish va qulay to’lov imkoniyatlarini taqdim etmoqda.

Turkiya va Polsha o’rtasida tuzilgan shartnoma faqat qurol savdosi bo’libgina qolmay, ayni vaqtda ba’zi geopolitik yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatini ham paydo qiladi. Avvalo, Polshaning NATOga a’zo bo’lishi ushbu shartnomaning Turkiya-NATO munosabatlarini yanada kengaytirishiga zamin yaratishi, shuningdek NATO tarkibidagi hamkorlik ruhini kuchaytirgan omil bo’lishini aytish mumkin.

Qolaversa, Polsha va Ukraina uchun eng katta tahdidning Rossiya ekani ushbu qurolli dron savdosini yana ham muhim qilgan sabablardan biridir. Bayraktar TB2 qurolli droni Ukraina ortidan, Polshaga ham sotilayotgani Rossiya siyosatiga qarshi shaxdam qadam sifatida baholanishi mumkin.  Rossiya mavzu bo’yicha Turkiyani tanqid qilsa-da, rasmiy Anqara ushbu tanqidni ko’rmaslikka olishi diqqat qaratish zarur bo’lgan xususlardan biri hisoblanadi.

                                                                                                                                                                   Professor Murat Yeshiltash                                                                                                                   SETA tashkilotining xavfsizlik tadqiqotlari bo’yicha vakili

 


Tanlangan kalimalar: #Bayraktar TB2 , #dron , #Turkiya , #Polsha

Aloqador xabarlar