Kun tahlili - 72

Yangi Yaqin Sharq

1639281
Kun tahlili - 72

AQShdagi hokimiyatning o‘zgarishi Yaqin Sharqqa jiddiy ta’sir ko‘rsatganga o‘xshaydi. Ayniqsa, Trampning shartsiz qo‘llab - quvvatlashidan mahrum qolgan valiahd shahzodalar siyosiy mavqelarini qayta ko‘rib chiqish payida. Shunga qaramay, AQSh bilan Eron yadroviy muzokaralarni qayta boshlatar ekan ayniqsa Isroilning qattiq e’tirozi va provokatsiyalariga duch kelindi. Turkiya esa ushbu yangi tenglamada o‘z manfaatlarini maksimal darajada oshirishga harakat qilmoqda.

Yaqin Sharq dunyodagi eng dinamik mintaqalardan biridir. Mintaqada barqarorlikka qaraganda ko‘proq tartibsizlik haqida gapirish mumkin. Afsuski, bu geografiya to‘qnashuvlar va kuch kurashlari ta’sirida shakllangan. Xususan, biz tashqi aralashuvlar oqibatida paydo bo‘lgan tartibsizlik haqida gapiryapmiz. Garchi Turkiya faqatgina Yaqin Sharq davlati bo‘lmasa - ham albatta, mintaqadagi o‘zgarishlar ta’sirida. Shu nuqtai nazardan, ayniqsa AQShda hokimiyat almashgandan so‘ng, mintaqa siyosatda jiddiy dinamizm va qayta ko‘rib chiqish izlanishlari mavjud. Lekin, bundan ham ijobiyroq ta’sirlar haqida gap ketishi mumkin. Bir tomondan Bayden Amerikasining Eron bilan yadroviy muzokaralarni boshlatishi, ikkinchi tomondan esa Eron ustidagi bosimini kamaytirishi, boshqa jihatdan esa Trampning Saudiya va BAA valiahd shahzodalariga berilgan mutlaq yordamni kamaytirishi mintaqadagi muvozanatlarni tubdan larzaga keltirdi.

Isroil va Ko‘rfaz mamlakatlari jiddiy xavotirda. Biroq, ular hozirgi voqealarga turlicha javob berishga harakat qilayotganga o‘xshaydi. Isroil tashlagan qadamlari orqali to‘g‘ridan - to‘g‘ri AQSh bilan Eronning yumshayotgan munosabatiga monelik qilishni istaydi. U Eronni to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘z hududida ham da Suriya kabi mamlakatlardagi o‘rni ustidan nishonga olmoqda. Shunga qaramay Ko‘rfaz va Qizil dengizda ikkala mamlakat ham bir - biriga tegishli kemalarni nishonga olishmoqda. Biroq, Eron bugungacha Isroilning asil maqsadi bo‘lgan eskalyatsiyadan qochish yo‘lini tanladi.

Ko‘rfaz mamlakatlari esa AQShning Tramp davrida taqdim etgan mutlaq himoya soyaboniga bugungi kunga kelib ishona olmasliklarini tushunib yetgan holda qayta ko‘rib chiqish payiga tushdi. Avvalom bor Qatar blokadasidan ortga tisarilib bu mamlakat bilan normalizatsiya jarayonini boshlashdilar. Shunga qaramay, ularning Turkiyaga bo‘lgan munosabatida jiddiy iliqlik kuzatildi. Garchi hali hanuz aniq siyosatga aylanmagan bo‘lsa - da, alomatlar yaqqol o‘rtada.

Shunga qaramay Turkiyaning mintaqadagi eng muhim davlatlardan biri sifatida ushbu o‘zgarish va qayta ko‘rib chiqish harakatlariga befarq emasligining guvohi bo‘lyapmiz. Tramp davrida Turkiyaga qarshi jabha tashkil etgan davlatlar bilan munosabatlarni normallashtirish uchun turli xil o‘zaro tashabbuslar mavjud. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan shu ma’noda telefon orqali turli xil muloqatlarni o‘tkazar ekan haqiqiy o‘zgarishlar Misr bilan davom etmoqda. Qohirada Turkiyadan borgan bir hay’at muhim muzokaralar o‘tkazdi va har ikkala davlat ham yo‘qotish emas umumiy manfaatlarga e’tibor qaratayotganga o‘xshaydi. Albatta, Liviyadagi siyosiy yechim jarayoni ham munosabatlarga ijobiy tusda ta’sir ko‘rsatdi.

Ushbu o‘zgarishlar kontekstida bizning Yaqin Sharqdagi mamlakatlarning siyosiy pozitsiyalariga ta’sir ko‘rsatadigan yangi jarayonda ekanligimiz aniq. Barcha mamlakatlar o‘z mavqelari va ishlarini biron - bir tarzda qayta ko‘rib chiqadigandek. Yaqin kelajakda vakolatlar urushi va nizolar bir muddat to‘xtatilishi mumkin. Biroq, Isroil va Eron tomonidan tashlanadigan qadamlar shu nuqtai nazardan muhim bo‘ladi. Ikki mamlakat o‘rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan otashli mojaro butun mintaqani o‘z ichiga qamrab oladi va buning kengayishga moyilligini ko‘rsatadi. Turkiya jihatidan esa Iroq va Suriyada terrorizmga qarshi kurash doirasidagi harakatlarning davom etishini taxmin qilishimiz mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Eron , #AQSh , #Isroil , #Yaqin Sharq

Aloqador xabarlar