Panja - Shimshek va Yildirim amalyitotlari

Kun tahlili - 70

1631098
Panja - Shimshek va Yildirim amalyitotlari

Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi qarorlilik bilan davom etar ekan Milliy Mudofaa vazirligi Iroqning shimolida “Panja - Shimshek” va “Panja - Yildirim” amaliyotlarini boshlatgani haqida ma’lumot berdi. Bugungacha bahor va yoz oylarida Turkiyaning ayniqsa, Iroqda yirik amaliyot uyushtirishi haqida gap bo‘lgandi.

Turkiya PKK terror tashkilotiga qarshi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda shu jumladan Iroq va Suriya kabi tashkilot a’zolari joylashgan mintaqalarda ham o‘z kurashini davom ettirmoqda. Bu borada terror tashkilotiga qarshi tajovuzkor lekin samarali strategik kurash usuli tanlangan vaziyatda. Bu strategiyaning oxirgi yillarda jiddiy natija bergani hammaga ma’lum. Tashkilotning Turkiyada hujum uyushtirish imkoni ancha ozayar ekan qishloq joylardagi tashkilot a’zolari soni 300 nafardan kamaydi.  

Lekin Turkiyaning PKK terror tashkilotiga qarshi eng ta’mal kurashi Iroq bilan Suriyada davom etmoqda. Turkiyaning nomi tilga olingan mintaqalardagi tashkilot o‘rniga nisbatan asosiy strategiyasi eng avvalo terror tashkilotining Turkiya chegarasidan uzoqlashtirilishi, sohada hukmronlik qilish va tuproq nazoratining tamomlanishi va Iroq bilan Suriya chizig‘idagi aloqaning butunlay uzilib, izolyatsiya qilinishiga borib taqaladi. Shuning uchun Turk Qurolli kuchlari Iroqning shimolida Metina, Avashin - Basyan mintaqalarida yangi harbiy harakat boshlatdi. “Panja - Shimshek va Yildirim” deb nomlangan amaliyotlar orqali Turkiya, PKK terror tashkilotini Iroqning shimolidagi tog‘li hududlardan butunlay tozalash niyatida. Harbiy havo va quriqlik kuchlari qo‘mondonligi tomonidan ijro etilayotgan amaliyotlarda shu bilan birga mintaqadagi strategik tepalarga maxsus topshiriqli kuchlar joylashtirildi. TQK u yerdagi hukmron strategik tepalarni nazorat ostiga olib ortidan,  harbiy bazalar qurishi mumkin. Bu orqali, ham Turkiya chegarasida xavfsizlik o‘rnatilib ham da tashkilotning mintaqadagi mashq sohalari bilan buyruqni boshqarish markazlari yo‘q qilinadi. Bugungacha mintaqada PKK unsurlari jiddiy ravishda oyoq tirolmadi. Tashkilotning mintaqadagi mudofaa chiziqlari keng miqyosda yo‘q qilinar ekan qariyb 60 nafar tashkilot a’zosi faoliyatiga ham yakun berildi.  

TQKning bu mintaqalardagi muvaffaqiyati ortidan 2021 - yili davomida janubdagi Gara va nihoyat Qandil tomon buyuk harbiy amaliyot uyushtirishi ehtimoli borligini aytishimiz lozim. Shunga qaramay Iroqda Sanjar mintaqasidagi o‘zgarishlar Turkiya radarida qolishni davom etadi. Agar ushbu mintaqada Bog‘dod va Arbil o‘rtasida tuzilgan kelishuv doirasida terror tashkiloti PKK barcha pastki unsurlari bilan tozalanmasa unda TQKning Sinjarni ham nishonga olishi ehtimoldan yiroq emas.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Tashqi siyosat boyicha ish olib borgan vakili Jan Ajunning, “Panja - Shimshek va Yildirim amalyitotlari” deb nomlangan mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar