Kun tahlili 69-qism

Erbildagi AQSh harbiy bazasi bilan Turkiyaning Mo’suldagi Bashika harbiy bazasiga bir vaqtning o’zida hujum sodir etildi. Bu esa barcha nigohlarni takror mintaqaga jalb etdi.

1626452
Kun tahlili 69-qism

 

Kuni kecha Iroqning Mo’sul viloyatiga 25 km masofada joylashgan Turkiya harbiy bazasiga hujum sodir etildi. Bu ayniqsa oxirgi vaqtlarda Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashini yana-da kuchaytirgan paytga to’g’ri keldi.

Iroq shimolida Turkiyaning ko’plab harbiy bazalari va kichik harbiy zonalari mavjud bo’lsa-da, bular orasida Bashikadagi harbiy baza kattaligi va harbiy jihatdan to’liq ta’minlanganligi jihatidan boshqalaridan ajralib turadi. Qolaversa, ushbu harbiy baza nafaqat DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash jihatidan strategik ahamiyatga ega, balki Mo’sulni DEASh jangarilaridan tozalash va mintaqada barqarorlik va muvozanatni saqlashga ham xizmat qiladi.

Ushbu harbiy baza bir paytlar “Hashdi Vatani” kuchlariga ham mezbonlik qilgan va turk harbiylari “Hashdi Vatani” kuchlarini DEAShga qarshi kurash uchun tayyorlagan. “Hashdi Vatani” kuchlari Bag’dod hukumati tomonidan tashkil etilgan bo’lib, Turkiya tomonidan ham qo’llab-quvvatlangan Mo’sullik ko’ngillilardan tashkil topgan qurolli guruh hisoblanadi. Albatta, bu vaziyat mintaqada mazhabchi siyosat yuritgan ba’zi unsurlarni, ayniqsa “Hashdi Shabi” tarkibida faoliyat ko’rsatgan radikal guruhlarni o’ta bezovta qildi. Ayniqsa, bosh vazir Malikiy davrida Eronga yaqin kuchlarning tazyiqlari bilan Turkiyani harbiy bazani bo’shatishi uchun tahdid qilingandi. Biroq, Turkiya buni diqqatga olmagan holda, Bag’dod vakillari bilan masalani tinchliksevar yo’l bilan hal qilish maqsadida muzokaralar olib borgandi.

Bashika harbiy bazasiga sodir etilgan hujumdan so’ng takror butun nigohlar Hashdi Shabi terroristik guruhiga qaratildi. Bu oxirgi paytlarda Turkiyaning Sinjar hududini terror tashkiloti PKK jangarilaridan tozalash maqsadida harbiy harakatlarga ishora qilgan bir vaqtga to’g’ri keldi. Hashdi Shabiga qarashli kuchlar Sinjarda kundan kunga yana ham yaxshiroq joylashib bormoqda va Erbil-Bag’dod kelishuvining aksiga, bu yerda PKKning mahalliy unsurlari bilan hamkorlik qilgani nazarda tutilganda, Eronga yaqin kuchlar go’yo Turkiyaga qarshi harakatga qo’l urganligini kuzatish mumkin. Natijada, Eron uchun Sinjar strategik ahamiyatga ega, bu hududni Suriyaga erishish yo’lida logistika markazi deb biladi va qo’ldan boy berishni xohlamaydi. Biroq, bu pozitsiyasini PKK bilan hamkorlikda kuchaytirishi juda katta xato bo’ladi.

Natijada, Turkiya Iroq va Suriya atrofidagi PKK jangarilari hukmronlik qilayotgan hududlarni ulardan tozalashga qat’iy bel bog’lagan vaziyatda. Bunga qarshi chora ko’rishdan ham toymayotir. Eronga yaqin guruhlar Suriyada ham ayniqsa, Afrin hududida bunga o’xshash tashabbuslarga qo’l urgandi biroq, buning oqibati ular uchun og’ir bo’lgandi. Turk qo’shini ko’plab shiya jangarilarni PKK jangarilari bilan birgalikda yo’q qilgandi.  Endi, Eronga yaqin kuchlar Turkiyani Iroq shimolida sinab ko’rmoqda. Buning oqibati ham ular uchun o’ta og’ir bo’lishini aytish mumkin.

                                                                                                                                                                                         Jan Ajun 

                                                                                                                 SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha mas’ul vakili


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Iroq , #Bashika

Aloqador xabarlar