Kun tahlili 67-qism

Turkiya SIHA qurolli dronlari bilan urush ideologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Hatto, AQSh va Britaniya kabi mamlakatlar ham Turk qurolli dronlariga asoslangan yangi urush konseptini muhokama qilishni boshlab yuborgan.

1617616
Kun tahlili 67-qism

 

Jahon matbuotida Turkiya qurolli dronlarining ustun muvaffaqiyati keng yoritilishda davom etmoqda. Suriyada boshlanib, Liviya va Qorabog’da davom etgan turk qurolli dronlarining samarali xizmati bir qator mamlakatlarning diqqatini o’ziga jalb qilmoqda. Hatto, AQSh va Britaniya kabi mamlakatlar ham Turk qurolli dronlariga asoslangan yangi urush konseptini muhokama qilishni boshlab yuborgan.

Uzoq yillar mobaynida milliy xavfsizligi jihatidan yirik tahdidlarga duch kelgan Turkiya nafaqat terroristik tashkilotlarga qarshi, balki mintaqaviy joylashuvi jihatidan bir qator konvansional tahdidlarga qarshi yangi urush ideologiyasini ishlab chiqqan vaziyatda. Qurolli dronlarga asoslangan ushbu ideologiya hozirda butun dunyoning diqqatini o’ziga jalb qilar ekan, ayni vaqtda, “zamonaviy urush ideologiyasi”ni tubdan o’zgartiradigan yangi tizimga turtki bo’lmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi.

Turkiya oxirgi 10 yilda mudofaa sanoati sohasida yirik loyihalarni amalga oshirar ekan, ayniqsa uchuvchisiz havo vositalari va qurolli dronlar texnologiyasi bo’yicha juda katta qadamlar tashladi desak adashmagan bo’lamiz. Ayniqsa, davlatga tegishli TAİ-Aselsan kabi kompaniyalar, Baykar kabi xususiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan Anka va TB2 kabi qurolli dronlar va ular bilan bog’liq texnologiyalar bir qator jabhalarda va keskinlik davom etayotgan zonalarda keng qo’llanila boshladi. Ayniqsa, terror tashkiloti PKKga qarshi nafaqat Turkiya hududlarida, balki chegara ortida, jumladan Iroq va Suriya kabi davlatlarda faol qo’llanilayotgan qurolli dronlar terroristik tashkilotlarning harakatini chekladi. Natijada, terror tashkiloti PKK Turkiyaga qarshi terroristik harakatini amalga oshirish qobiliyatini yo’qotdi.

Bundan tashqari, Turkiya qurolli dronlari Suriya, Liviya va Qorabog’ urushida keng qo’llanildi. Dushman qo’shini turk qurolli dronlariga bas kela olmadi, hatto Rossiya mahsuloti bo’lgan havo mudofaa tizimlari ham bunga qarshi yetarsiz ekani kuzatildi.

Faqatgina, Tog’li Qorabog’ urushining o’zida TB2 qurolli dronlari Armaniston qurolli kuchlarining yuzdan ortiq tankini, zirhli vositalarini, yuqori texnologiyali havo mudofaa tizimlarini, minglab piyoda askarlarini yo’q qildi, Armaniston qo’shini og’ir yo’qotishga uchradi va Tog’li Qorabog’dan chekinishga majbur bo’ldi. Turk qurolli dronlari dushman kuchlariga zarba berar ekan, ayni vaqtda buning tasvirini qaydga olish xususiyati bilan ham ustun qobiliyatini dunyoga namoyon qildi.

Endilikda, rivojlangan zamonaviy davlatlar qurolli kuchlari Turkiyaning ushbu urush texnologiyasini idrok qilishga va qo’shinini bunga qarshi tayyorlashga harakat qilmoqda. Turkiya esa, ANKA va TB2 kabi qurolli dronlarining yana ham yuqori modellari bo’lgan AKINJI va AKSUNGUR dronlarini ishlab chiqarishga kirishib ketgan vaziyatda. Turkiya qurolli dronlari texnologiyasi bilan mintaqada rivojlanayotgan kuch sifatida o’z o’rnini egallar ekan, faqat super kuchlargina g’olib kela oladigan Suriya, Liviya va Qorabog’dagi kabi muhim urushlarning taqdirini tubdan o’zgartirib yubordi desak adashmagan bo’lamiz.

                                                                                                                                                                               Jan Ajun  

                                                                                                                SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha mas’ul vakili.

                                                                           


Tanlangan kalimalar: #Bayraktar TB2 , #qurolli dron , #Turkiya , #SIHA

Aloqador xabarlar