Kun tahlili 65-qism

Turkiyaning milliy razvedka tashkiloti oxirgi yillarda keng ko’lamli harbiy amaliyotlarni amalga oshirib, ayniqsa Iroq va Suriyada terror tashkiloti PKKga og’ir zarba berdi.

1608958
Kun tahlili 65-qism

 

Turkiyaning milliy razvedka tashkiloti oxirgi yillarda keng ko’lamli harbiy amaliyotlarni amalga oshirib, ayniqsa Iroq va Suriyada terror tashkiloti PKKga og’ir zarba berdi.

Ayniqsa, PKK/KJKning Suriyadagi guruhi PYD/YPG qo’mondoni “Shayh Guyi” laqabli jangari Ibrohim Babatni qo’lga tushirib, mamlakatga olib kelgani Turkiya milliy razvedka tashkilotining bugungi salohiyati qanchalik yuqori cho’qqiga erishganini ko’rsatadi.

Turkiya strategik jihatdan ahamiyatli mintaqada joylashgan bo’lib, o’zining geosiyosiy va da’vogarlik siyosati bilan tashqi kuchlarning tazyiqiga duch kelmoqda. Shu sababli Turkiya o’zi joylashgan mintaqada hamda qo’shni davlatlarda milliy manfaatini muhofaza qilish uchun har qanday vositadan foydalanishi zarur. Bu jihatdan diplomatik faoliyatlarni yo’lga qo’yish, do’stona aloqalar o’rnatish va harbiy kuchini o’tkazish bilan qatorda, milliy xavfsizlik xizmati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiya milliy razvedka tashkiloti Turkiyaning milliy maqsadlarini amalga oshirish yo’lida peshqadam ekanligini va yovuz kuchlarga qarshi kurashishda tobora o’z ahamiyatini oshirib borayotganligi yaqqol ko’zga tashlanmoqda.

Turkiya hukumati 15-iyul voqealari ortidan yangicha xavfsizlik dasturi doirasida milliy razvedka tashkilotiga katta ahamiyat bera boshladi. Shu sababli ushbu tashkilotning imkoniyatlari va harakat qolibiyati rivojlandi. Tashkilot o’zining inson manbalari va texnik imkoniyatlaridan foydalangan holda Turkiyaning chegara zonalarida, qolaversa  Iroq va Suriyada juda ahamiyatli harbiy amaliyotlarni amalga oshirdi.

Turkiya davlatining Iroq va Suriyada amalga oshirgan “Firot Qalqoni”, “Zaytun novdasi”, “Barqarorlik harakati” kabi harbiy amaliyotlarida katta ro’l o’ynagan milliy razvedka tashkiloti oxirgi paytlarda PKK terror tashkilotining oliy darajadagi rahbarlarini bartaraf etishda va ularni yo’q qilishda juda faol ishtirok etmoqda.

Ayniqsa, Suriyaning Turkiya chegarasiga 50 km masofada joylashgan Rakka shahrida terror tashkiloti PKKning Suriyadagi guruhi PYD/YPG qo’mondoni “Shayh Guyi” laqabli İbrahim Babatning tashkilot tomonidan ushlanib Turkiyaga olib kelishi ham, terrorizmga qarshi kurashishda muvaffaqiyatli qadamlardan biri bo’ldi. Mutahasislarning fikricha, PKK terror tashkilotining juda ko’p hujralari va faoliyat markazlari bartaraf etildi va unga katta zarba berildi.  Oqilona strategik reja asosida terror tashkilotining yetakchilari va qo’mondonlarini yo’q qilish natijasida terror tashkilotining boshqaruv tizimiga barham berildi.

Natijada, Turkiya o’zining harbiy va strategik tashkilotlariga katta ahamiyat berib o’z mintaqasida ta’sirchan kuch qatorida salohiyatini oshirar ekan, milliy razvedka tashkiloti bu yuksalishda katta ro’l o’ynamoqda.  

                                                                                                                                                                                                 Jan Ajun

                                                                                                                                            SETAning tashqi aloqalar bo’yicha vakili


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Milliy razvedka tashkiloti

Aloqador xabarlar