Kun tahlili - 64

O‘ninchi yilligida Suriya inqirozi.

1604746
Kun tahlili - 64

Suriyadagi ichki urush o‘n yildan beri tugamadi. Yuz minglab suriyalikning umriga zomin bo‘lgan, qariyb 7 million kishining o‘z uy - joyini tark etishiga yo‘l ochgan ushbu fojia, butun dunyo ko‘z ongida haligacha davom etmoqda. Bundan roppa - rosa 10 yil muqaddam ya’ni 2011 - yilning mart oyida norozichilik namoyishini, xalqini jazoga tortish orqali qarshi olgan Asad rejimi esa haligacha oyoqda. Birlashgan Millatlar bosh bo‘lish bilan birga xalqaro tashkilotlar, AQSh va Yevropa ittifoqi kabi aktyorlarning hech qaysinisi muammoni hal qilish uchun keng ko‘lamli bir yo‘l to‘pmadi. Rossiya bilan Eron kabi aktyorlar esa vaziyatning avj olishiga sabab bo‘ldilar.

Suriyaliklar uchun qo‘lidan kelganidan ko‘pini qilgan davlat esa hech shubhasiz Turkiya. Prezident Erdo‘g‘an “demokratiya, erkinlik va inson huquqlari takror modaga aylangan” kunlarda G‘arbni, Turkiyaning Suriyadagi ichki urushni tugatish say - harakatiga yordam berishga chaqirgan bir yozuv qalamga oldi. Turkiyaning millionlab muhojirga quchoq ochganini, DEASh terror tashkiloti bosh bo‘lish bilan birga terror guruhlariga qarshi harbiy kuchlaridan foydalangan ilk mamlakat ekani va terrordan qutqarilgan joylarda mahalliy unsurlar bilan birgalikda xavfsiz hududlar tashkil etilganini yodga soldi.

Vashington esa ortda qolgan o‘n yilda muammoni hal qilish uchun hech qanday chora ko‘rmadi, bir yo‘l o‘ylab topmadi. Endilikda esa Suriya inqirozi ustidan yangi siyosat izlanishi ichida ekani anglashilmoqda. Demokrat Bayden yetakchiligi uchun Suriya, “demokratiya va inson huquqlari” tushunchasini sinovdan o‘tkazish sohasi sifatida oldingi rejalar qatorida. Erdo‘g‘anning yangi yetakchilikka bo‘lgan ko‘z qarashi esa ochiq - oydin o‘rtada: “Bayden yetakchiligi, saylovoldi kampaniya davrida bergan va’dalarini bajarib, Suriyadagi fojiani to‘xtatish va demokratiyani mudofaa qilish uchun biz bilan birgalikda faoliyat olib borishi darkor”. Bayden yetakchiligi gumanitar yordam masalasiga sl egilib, PKK terror tashkilotining qanoti YPGni biroz qo‘llab - quvvatlab, Suriya masalasini yopti - yopti qilsa unda Obamaning xatolarini takrorlaydi deganidir.  

Prezident Erdo‘g‘anning chaqirig‘i faqatgina AQSh bilan cheklanib qolgani yo‘q. Yozuvning Yevropa ittifoqi Liderlar sammitidan oldingi vaqtga teng keltirilishi bu jihatdan alohida o‘rin kasb etadi. YIning Suriya muammosiga qanday ko‘z qarashda ekani noma’lumliklar bilan to‘la. Turkiyaning insoniy asoslarga tayangan Suriya siyosati bo‘lmasa unda bugun Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning poytaxtlarining deyarli hammasida o‘ta ong qanot ko‘z qarashdagi partiyalar hukrmronlikni qo‘lga kiritgan bo‘lardi.

G‘arblik liderlar Suriyaning shimolidagi xavfsiz mintaqalarga qarshi qo‘l urilgan YPG hujumlariga ham, otilgan rus raketalariga ham qarshilik ko‘rsatishlari darkor. YPG xavfsiz mintaqalarga jami 224 hujum uyushtirdi. Bulardan 64 - i bombali hujum, 64 - i EYP hujmi, 51 - i qurolli hujum, 19 - i minomyot hujmi va 9 - i raketa hujmi.

Anqara nazoratidagi xavfsiz mintaqalar bilan Idlibda 4 - 5 million suriyalik umr surmoqda. Turkiyadagi 4 million muhojirni bunga qo‘shganimizda Suriya aholisining yarmi Turkiyaning qanotlari ostida. Hatto bu haqiqat ham AQSh va YIning xavfsiz hududlarning tashkil topishiga yordam berishi kerakligidan dalolat bermoqda. Suriya tenglamasida Anqaraning yana - da ta’sirli holga aylanishi G‘arb poytaxtlarining foydasiga. Oxiri borib bartaraf bo‘ladigan YPG bilan Suriyadagi manfaatlarini himoya qilolmaydilar.

O‘ninch yili tugar ekan Suriya inqirozining hal qilinishi uchun haligacha ochiq - oydin bir yo‘l xaritasi tashkil etilmadi. XXI asrning eng yirik fojiasi bo‘lgan Suriya inqirozi hal qilinmay turib, mintaqaning kelajagi unchalik ham porloq emasdek.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi direktori, yozuvchi, professor doktor Murat Yeshiltashning “Oninchi yilligida Suriya inqirozi” deb nomlangan mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Suriyadagi ichki urush

Aloqador xabarlar