Kun tahlili 63-qism

Arab bahori inqilobiga mana 10 yil to’lar ekan, Suriyadagi ichki urush afsuski tinim bilmayotir. Mamlakat aholisining yarmidan ko’pi boshqa davlatlarga sig’inar ekan, bir mlnga yaqin inson halok bo’ldi.

1599904
Kun tahlili 63-qism

 

Arab bahori inqilobiga mana 10 yil to’lar ekan, Suriyadagi ichki urush afsuski tinim bilmayotir. Mamlakat aholisining yarmidan ko’pi boshqa davlatlarga sig’inar ekan, bir mlnga yaqin inson halok bo’ldi. Mamlakat har tomonlama og’ir qiyinchiliklarga uchradi. Yuzaga kelgan buncha talofatlarga qaramay, mamlakatda inqirozga siyosiy yechim topish mumkinmi?

Tunisda boshlangan Arab bahori bir qator mamlakatlarda bostirilgan va yomon sharoitlarda yashashga majburlangan xalq yig’inini isyonga yetakladi. To’ntarilmaydigan, qudratli bo’lib ko’ringan diktatorlar xuddi dinamo toshi kabi birin-ketin yiqila boshladi. Nizolar Tunisdan so’ng Misrda ham boshlandi. Biroq, Suriyada inqilob asta-sekin ichki urushga aylanib, katta judoliklarga sabab bo’ldi.

Beshar Asad rejimiga qarshi boshlangan xalq qo’zg’alonida Eron va Rossiya kabi mamlakatlar rejimni qo’llab-quvvatlar ekan, Beshar Asad ushbu davlatlarga ishonib, harbiy pozitsiyasini ishga solgan holda, urushni yana-da avj oldirdi. Vaqt o’tishi bilan, ba’zi razvedka tashkilotlarining hiylasi bilan terror tashkiloti DEASh Suriyada o’z kuchini oshirdi. Muxoliflar birgalikda harakat qilishga ojizlik qilar ekan, g’arb davlatlar esa Suriya muxolifatiga yordam berishni to’xtatib, rejim, Rossiya va Eronning mintaqada faol bo’lishiga sabab bo’ldi.

Natijada, faqat Turkiyaning ko’magi bilan o’zini qo’lga olgan Suriya muxolifati Idlib va boshqa qutqarilgan hududlarda qisilib qolgan vaziyatda. Turkiya kuchli pozitsiyasi bilan bu hududlarda gumanitar inqirozni bartaraf etishga harakat qilib, barqarorlik o’rnatishga urinmoqda.

Bundan tashqari, Firot sharqidagi keng maydonlar AQSh va PKK terror tashkiloti tomonidan nazorat qilinmoqda. Mamlakat xuddi uch qisga bo’lingandek. Ichki urush tufayli mamlakatdagi talofatlar misli ko’rilmagan darajada katta. Suriya aholisining yarmi sargardonlikda kun kechirar ekan, uchdan biri boshqa davlatlarga qochqin sifatida sig’ingan. Iqtisodiyot har tomonlama inqirozga yuz tutgan, gumanitar jihatdan jiddiy oziq-ovqat xavfsizligi muammosi mavjud. Davlat strukturasi va tuzilishi urush va iqtisodiy inqiroz tufayli butkul cho’kkan vaziyatda.

Arab bahoriga 10 yil to’lar ekan, Suriyada yuzaga kelgan manzara o’ta ayanchli. Bir tomondan inqirozga siyosiy yechim topish yo’lidagi sa’y-harakatlar davom etmoqda. Ayniqsa, Turkiya, Rossiya va Eronning tashabbusi bilan yo’lga qo’yilgan Astana muzokaralari va yangi konstitutsiya tuzish bo’yicha faoliyatlar katta ahamiyatga molik. Biroq, shu kungacha ahamiyatli biron o’zgarish qayd etilmadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Tomonlar ko’zga ko’rinarli biron yechimga yondashmaganligi, faqat vaqtdan yutish uchungina harakat qilgani kuzatiladi.

Bir tomondan, AQSh Firot sharqida terror tashkiloti PKKning Suriyadagi guruhi PYD/YPG bilan hamkorlikda avtonom hudud tashkil etishga harakat qilmoqda. Shu sababli, Suriyada nafaqat ichki tomonlar, balki tashqi kuchlar ham biron bir kelishuvga yondashmaganligini ko’rish mumkin.

                                                                                                                             SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha vakili,

                                                                                                                                                                            tadqiqotchi Jan Ajun. 


Tanlangan kalimalar: #Arab bahori , #Rossiya , #Turkiya , #Suriya

Aloqador xabarlar