Armanistondagi inqiroz davom etmoqda

Kun tahlili - 62

1595837
Armanistondagi inqiroz davom etmoqda

O‘tgan hafta Armaniston Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi, Bosh vazir Nikol Pashinyanni o‘z vazifasidan ketishga chaqirdi. Pashinyan esa bu vaziyatni bir “to‘ntarish tashabbusi” deb baholab, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisini vazifasidan olishga urindi va xalqni ko‘chalarga chaqirib, qarshilik ko‘rsatdi. Hukumat tarafdorlari va muxolif guruhlar bir vaqtning o‘zida Yerevanda yig‘ila boshladi. Armaniston Prezidenti, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisining iste’foga chiqishini tasdiqlamadi va Pashinyan bu vaziyatni “prezident ham to‘ntarish tashabbusiga doxil bo‘ladi” deb tushindi.

Armanistondagi vaziyat ortida bir - biri bilan aloqali uchta sabab bor. Ulardan birinchisi Armanistonda davom etayotgan qashshoqlik va korrupsiya. Yomon yetakchilikdan kelib chiqqan bu holatga aslida Pashinyan aybdor emas lekin Pashinyan bu muammoni hal qilishga ham urinmadi. Pashinyanning 2018 - yili hokimiyatga kelishida G‘arb davlatlarining qo‘llab - quvvatlashi qadar qashshoqlik va korrupsiyaga qarshi kurash umidi ham katta ta’sir qilgandi. Uni qo‘llab - quvvatlaganlar Rossiya bilan yaqin aloqada bo‘lgan mahalliy tartib muammolarni hal qilolmas ekan Pashinyanni bir alternativ sifatida qabul qilib, unga umid bog‘lagandi.  

Ikkinchi sabab - Qorabog‘ urushidagi Ozarbayjonning g‘alabasi va Armanistonning mag‘lubiyati. Armaniston hukumatlari o‘nlab yillar davomida olib borilgan diplomatik muzokaralarda murosasiz munosabatda bo‘lish orqali o‘zlarining bosib olish siyosatini davom ettirdi. Pashinyan esa mamlakatda tiqilib qolgan vaziyatdan chiqish uchun "tinchlik uchun tuproq" o‘rniga ishg‘olni kuchaytirish uchun "yangi urush" modelini yo‘lga qo‘yishga urindi. Natijada yuz bergan Ikkinchi Qorabog‘ urushida esa Armaniston yangi tuproqlarni ishg‘ol etish bir chetda tursin bosib olgan tuproqlarini ham tark etishga majbur bo‘ldi. Armaniston xalqiga urushning borishi to‘g‘risida aniq ma’lumot bermagan Pashinyan, 10 - noyabr kuni Uch tomonli deklaratsiya e'lon qilinar chog‘ida kameralar oldiga chiqolmadi va sulh shartlari Armaniston xalqiga kutilmaganda keldi. Shuning uchun Ikkinchi Qorabog‘ urushi natijalari nafaqat Pashinyan ma’muriyati, balki Armaniston siyosati, armiyasi va xalqi uchun judayam qiyin davr darvozasini ochdi.

Uchinchi sabab esa Armanistonda to‘xtamay davom etgan hokimiyat uchun kurash masalasi. Mikro o‘lchamda Armanistonda o‘z kuchlarini saqlab qolishni va kengaytirishni xohlagan Qorabog‘ klani va turli mamlakatlardagi arman diasporasi doxil bo‘lgan guruhlar mavjud. Ushbu guruhlarning hokimiyat uchun kurashda kuch va qonuniylikni qo‘lga kiritish uchun turli mamlakatlar bilan tuzgan hamkorliklari esa makro hokimiyat kurashining boshqa jihatini tashkil etadi.

Makro hokimiyat kurashini tamalda Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi kurashga bog‘lash mumkin bo‘lishiga qaramay bu kurash mikro kurash bilan birlashganda o‘z - o‘zidan murakkab tus olmoqda.

Ogohlantirish mazmunidagi bayonotga qarshilik ko‘rsatgan Pashinyan, bir muncha vaqt o‘z kuchini saqlab qoladiganga o‘xshaydi. Biroq, bu vaziyat Armaniston siyosatida barqarorlikka erishildi degani emas. Chunki, yuqorida biz aytib o‘tgan uchta sabab haligacha o‘z kuchini yo‘qotmadi. Ustiga - ustak Pashinyan hukumatining ham, qurolli kuchlarining ham, yangi harbiy bo‘lmagan hukumatning ham qo‘lida ushbu muammolarni hal qila oladigan sehrli tayoqcha yo‘q.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi direktori, yozuvchi, professor doktor Murat Yeshiltashning “Armanistondagi inqiroz davom etmoqda” deb nomlangan mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Nikol Pashinyan

Aloqador xabarlar