Kun tahlili 61-qism

Turkiya kutilmaganda Iroq shimolidagi Gara hududida terror tashkiloti PKKga qarshi harbiy amaliyot o’tkazdi. Shuningdek, 2021 yilda ham nafaqat Iroqda balki, Suriyada keng ko’lamli harbiy amaliyotlar vositasida PKK jangarilariga zarba berishni ko'zlamoqda

1591064
Kun tahlili 61-qism

 

Turkiya kutilmaganda Iroq shimolidagi Gara hududida terror tashkiloti PKKga qarshi harbiy amaliyot o’tkazdi. Shuningdek, 2021 yilda ham nafaqat Iroqda balki, Suriyada keng ko’lamli harbiy amaliyotlar vositasida PKK jangarilarini yo’q qilishni rejalashtirmoqda. Hozirgi kunda terror tashkiloti PKK ayniqsa, Turkiya va Iroqda katta bosim ostida turibdi. Biroq, Suriyadagi sherigi PYD/YPG Turkiya chegaralariga tahdid solishda davom etmoqda. Ushbu terroristik harakat AQSh yordamida terror davlati tuzishni ko’zlamoqda.

Suriyadagi ichki urushda yuzaga kelgan xaosdan foydalanib, Suriya shimolidagi maydonlarda o’z safini kengaytira boshlagan PKK terror tashkilotining Suriyadagi guruhi PYD/YPG ayniqsa, 2014 yildan e’tiboran DEAShga qarshi kurash bahonasida AQShdan yordam olib, mamlakat shimoli-sharqida boshqaruv tizimi tashkil etib, hukmronlik territoriyalarini mustahkamladi. Terror tashkiloti safiga arab jangarilarni ham qo’shib, mamlakatning tabiiy zahiralarini nazorat qilib, o’z iqtisodiyotini ta’minlashga kirishdi. Shu bilan birga, Asad rejimi, Rossiya, Turkiya va Eronga qarshi strategik ustunlik qo’lga kiritish yo’llarini qidirishga o’tdi.

Asad rejimi esa, o’z hokimiyatini davom ettirish uchun Suriyadagi tabiiy manbalarni takror qo’lga kiritish uchun turli harbiy va siyosiy hamlalar payiga tushsa-da, AQShning to’sqinligiga uchradi va ko’zlagan maqsadiga erisha olmadi. Terror tashkiloti mamlakatning tabiiy zahiralarini bosib olib, ulardan boylik qo’lga kiritibgina qolmay, ayni vaqtda AQSh tomonidan ham moddiy ta’minlanmoqda. AQSh o’zi yetkazib turgan yordamlardan tashqari, Saudiya Arabistoni va BAAdan YPG jangarilariga pul o’tkazib kelmoqda.

Mavjud harbiy nazorat maydoniga ko’ra, YPG hozirda Suriyaning 40.000 kvadrat mertlik territoriyasida hukmronlik qilmoqda. Bu Suriya umumiy yer maydonining 30 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, terror tashkiloti hukmronlik qilgan ushbu hududlarda unumdor ekin maydonlari, o’ta bebaho neft, tabiiy gaz va suv resurslari ham mavjud.  Suriyaning sug’oriladigan unumdor ekin maydonlarining 50 foizi, energiya manbalarining 70 foizi va suv potanstialining 95 foizi YPG terror tashkiloti bosib olgan hududlarda joylashgan.

AQSh himoyasi ostida mintaqada kuchaya boshlagan va mamlakatning muhim iqtisodiy zonalari nazoratini qo’lga kiritgan PYD/YPG jangarilari avvalo avtonom, so’ngra mustaqil terroristik davlat tuzishni ko’zlamoqda. Turkiyaga nisbatan xudkush hujumlari, mashinaga bomba joylashtirib portlatish, aholiga nisbatan zo’ravonlik, ularni o’ziga to’be qilishga urinish kabi jinoyatlarga qo’l urmoqda. Ayni vaqtda, Rossiya va Asad rejimi bilan til biriktirgan holda, o’z kuchini saqlab qolish payiga tushgan vaziyatda.

Ayniqsa, Turkiyaning “Tinchlik bulog’i” harbiy amaliyotidan so’ng, bu urinish o’zini yaqqol namoyon qila boshladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Biroq, Turkiya o’z chegaralari atrofida terroristik davlat tuzilishiga aslo yo’l qo’ymaydi. Turkiya 2021 yil davomida ham nafaqat Iroq shimolida, balki Suriyada ham harbiy amaliyotlar o’tkazib, terror tashkilotini yo’q qilishga doir sa’y-harakatlarini davom ettiradi. Shu jihatdan, avvalo Tel Firot, Menbich, Ayn Iso va Tel Temur kabi jangarilar qo’lida bo’lgan hududlar nishonga olinishi mumkin. Jangarilar zulmida qolgan arab qabilalar va kurd aholiga yordam berilib, terror tashkilotining kuchini zayiflatish mumkin. Xulosa qilib aytganda, Turkiya terror tashkiloti PKKning nafaqat chegaralari atrofida, balki qo’shni mamlakatlar Suriya va Iroqda ham kun kechirishiga aslo yo’l qo’ymaydi.

                                              

                                                                                                                                                            Jan Ajun 

                                                                                                                            SETA tashkilotining tashqi aloqalar bo’yicha vakili

                                                                                                                  

 


Tanlangan kalimalar: #PKK terror tashkiloti , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar