Turk - Amerika munosabatlaridagi muammolar

Kun tahlili - 60

1586860
Turk - Amerika munosabatlaridagi muammolar

Turkiya - Amerika munosabatlarida to‘rtta muhim muammo bor. Ular hal qilinmay turib Turkiya va AQSh o‘rtasidagi inqirozni yo‘q qilish mumkin emasdek. Ushbu muammolarning boshida S - 400 masalasi mavjud. S - 400 masalasi, Turk-Amerika aloqalarini namoyon etgan eng asosiy namunalardan biridir. Strategik munosabatlar deb ta’riflangan A va B davlati o‘rtasidagi munosabat shaklida bunday muammo bo‘lmasligi kerak aslida. Bu ma'noda, na AQSh Turkiyaning Patriot tizimlariga qarshi Turkiyaning talabini javobsiz qoya olardi na Turkiya, bir NATO ittifoqdoshi sifatida eng katta xavfsizlik va mudofaa raqibidan bunday xaridni amalga oshirardi. Shunday ekan birinchi taxminimizga ko‘ra, Turkiya - Amerika munosabatlarini “strategik sheriklik” deb ta’riflash to‘g‘ri emasdek. Mavjud muammoni hal qilish uchun ikki tomondan biri yo o‘z munosabatini o‘zgartirishi yoki o‘zaro munosabatlariga ziyon yetkazmaydigan bir yo‘l topishi kerak.

Milliy Mudofaa vaziri Xulusi Akarning Krit modeli huddi shu o‘rinda muammoni hal qilish yo‘li sifatida yodga tushadi. Lekin bu modelning aniq qanday ishlashi hozircha noma’lum. Ustiga - ustak Turkiya tomonidan S - 400 larning ikkinchi paketini olishi masalasida “muzokaralarning davom etgani” ma’lum qilingan bir paytda Krit modelini boshqarish judayam murakkabdek tuyulmoqda. Xo‘sh, AQShning S - 400 muammosini hal qilishga qaratilgan yechimni bir variantga tushirib, muzokara qilishga urinishi bu masalani hal qiladimi? Bu savol javobining ijobiy bo‘lishi ham mumkin emasdek. Chunki S - 400ni Turkiyadan chiqarish formulasining Anqara tomonidan savdolashuv masalasi sifatida ko‘rilmagani aniq. Shunday ekan, S - 400 ning ikkala tomon uchun ham muammo yaratgani, buni hal qilmay turib munosabatlarni tiklash ham imkonsizdek ekanini tushinib yetish darkor.

Terror tashkiloti YPG esa Turk - Amerika munosabatlaridagi noaniqlikni yana - da orttirgan muammoga aylangan vaziyatda. YPGning oxirgi paytlarda Suriyaning shimoliga qarshi avj olgan teraktlari, Bayden yetkachiligi va Amerika tashkilotlarining YPGga bo‘lgan munosabati ham e’tiborga olinganida, Turk - Amerika munosabatlarida S - 400 yo‘l ochgan muammoning yana - da terang tus olishi kabi Turkiyani yangi harbiy qadam tashlashga ham majburlashi mumkin. Shu ma’noda YPG masalasi, faqatgina taktik qadam sifatida AQShning Suriyada Turkiya bilan bo‘lgan kelishmovchiligining sababi bo‘lishdan chiqib, o‘zaro munosabatlarning har jihatini shakllantirgan katta muammoga aylandi. Bu yerda ham huddi S - 400 masalasida bo‘lganidek tomonlardan biri o‘z pozitsiyasidan voz kechishi kerak. Unga ko‘ra yo Vashington YPGga madat bo‘lib Suriyani hududiy yaxlitligini buza turgan darajada avtonom yetakchilik tashkil etishdan voz kechib Anqara pozitsiyasiga yaqinlashadi yoki Turkiya YPGga bo‘lgan munosabatidan voz kechib AQShning YPGni “o‘zgartirish” siyosatini tasdiqlaydi. Hozirgi sharoitda ikkala poytaxt ham o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishni afzal ko‘rayotgani bois yaqin kunlarda YPG muammosi hal qilinadigandek emas.

S - 400 va terror tashkiloti YPG masalasiga qo‘shimcha sifatida unchalik terang tus olmasa da Sharqiy O‘rta yer dengizi muammosi ham Turkiya - Amerika munosabatlarini turli nuqtalarga olib boradigan darajaga yetdi. Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasining Turkiya jihatidan xarakterini belgilaydigan Moviy vatan vizyoni Turkiyaning harbiy, siyosiy va iqtisodiy yo‘lini shakllantirar ekan AQSh uchun bu pozitsiya mintaqaviy geosiyosiy mavzu sifatida qo‘lga olinmoqda. Shu nuqtada Qo‘shma Shtatlarining Sharqiy O‘rta yer dengizida Gretsiya harbiy kuchining konsolidatsiyalashga qaratilgan hamlasi va Turkiyaning harakat qilish chegarasini cheklovchi qarshi siyosatlari, o‘zaro munosabatlarda boshqa muammo sohasi paydo bo‘lishiga turtki bo‘lmoqda. Bu vaziyatdan chiqish uchun Turkiyaning mintaqadagi geosiyosiy kuch sohasini toraytirishi va harbiy faolligini minimumlashtirishi kutilar ekan Anqaraning Moviy vatan masalasida shakllantirgan asosiy manfaatlarini muzokaraga ochish orqali kelishib olishi ham mumkin emasdek. Shuning uchun Sahrqiy O‘rta yer dengizi masalasi ustidan yuz bergan va yuz berish ehtimoli bo‘lgan o‘zgarishlar ikki tomonlama yangi taranglik sohasi keltirib chiqarishi mumkin.

Yuqorida aytib o‘tilgan muammolarga FETO masalasini, kiritilayotgan embargolar va yaqinlashayotgan sud jarayonlarini ilova etgudek bo‘lsak unda munosabatlarning kurashga chaqirilayotgandek tus olganini ko‘rish mumkin. Nomi tilga olingan umumiylikning motori sifatida xizmat ko‘rsatgan kongress muammosi esa qisqa muddatda hal qilinadigan masala bo‘lishdan iroqdek. Oxirgi 54 senator qalamga olgan maktubning Turk - Amerika munosabatlarini qayta tiklashga qaraganda ko‘proq jazolash tiliga qamalib, Prezident Erdo‘g‘anni nishonga olgani e’tiborga olinganida munosabatlarni yomonlashtirgan bir kongress muammosi ham borligidan bahs etish mumkin. Bayden yetakchiligining “Tashkilotlar bilan birga tashqi soyosat olib boramiz degan yondashuvi” ham bunga ilova etilganida kongressning tashqi siyosat ustida yana - da ta’sirli bo‘lishi yoki Davlat kotibi Blinkenning kongressni yonida tutish uchun Turkiya kabi masalalarda kutilganidan farqli pozitsiya yaratishi ehtimoli ham bordek.

Turkiya masalasida kongressning tashqi siyosatning maqsadga muvofiqligidan qarash o‘rniga Amerika tashqi siyosatidagi eko - tizimdan qarayotgan bo‘lishi ham bu borada Turkiyaning ishini yana - da murakkablashtirmoqda va Turk - Amerika munosabatlarining har jihatini deyarli kongress soyasiga tark etmoqda.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi direktori, yozuvchi, professor doktor Murat Yeshiltashning “Turk - Amerika munosabatlaridagi muammolar” deb nomlangan mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #S - 400 , #YPG , #Sharqiy O‘rta yer dengizi , #FETO

Aloqador xabarlar