Bayden, qanday Amerika barpo etish niyatida?

Kun tahlili - 56

1569081
Bayden, qanday Amerika barpo etish niyatida?

20 - yanvardan e’tiboran Jo Bayden AQShning 46 - prezidenti sifatida o‘z vazifasini boshladi. Bayden tarix sahifalarida, oxirgi 70 yilda eng ko‘p ovoz olish orqali prezident etib saylangan demokrat partiya nomzodi sifatida qayd etildi.  

Noyabr oyidan yanvar oyigacha bo‘lgan davr tahmin qilinganidek xaotik edi. Trampning prezidentlikni tinchlik yo‘li bilan topshirmasligi kutilayotgandi lekin voqealarning bu nuqtaga yetib kelishini hech kim tasavvur ham qilmagandi. 6 - yanvar kuni Amerika tarixida bir yangilik yuz berdi va Trampni qo‘llab - quvvatlaganlar kongress binosiga qarshi bosqin uyushtirdi. Qonli bosqin 5 kishining umriga zomin bo‘ldi. AQShning dunyo ko‘zi o‘ngida yomonlashgan qiyofasi battar yomonlashib, yer bilan yakson bo‘ldi. Qonli bosqindan keyin Tramp ustidan ikkinchi marotaba o‘z vazifasidan chetlatish masalasi ovozga qo‘yildi. AQSh poytaxti Vashington, Iroq poytaxti Bog‘dodda biz ko‘rishga o‘rganib qolgan manzaralarga sahna bo‘ldi. 25 000 dan ortiq Amerika askari poytaxt ko‘chalarida  barrikadalar o‘rnatib, kongress binosining ichiga joylashtirildi. Bularning hammasi yuz berar ekan AQShda Covid - 19 pandemiyasidan halok bo‘lganlar soni kundalik 4000 nafardan oshdi. Shunday ekan Bayden o‘z zimmasiga, bir falokatni ilib oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xo‘sh, Bayden bunday sharoitda qanday Amerika barpo etish niyatida?

Bu savolga Bayden va guruhining javobi aniqdek. Bayden, “Amerikaning qaytganini” ma’lum qildi. Bu bayonot ko‘pchilik tomonidan Baydenning umumiy olib qaraganda ichki va tasqhi siyosat tushunchasining ko‘rsatkichi sifatida qabul qilindi. Xo‘sh, Amerikaning qaytishi qanday ma’noni anglatadi? Baydenning tashqi siyosat doirasini aks ettiruvchi ushbu yondashuvning birinchi ustuni Amerika rahbariyatini qayta tiklashdir. Davlat kotibi Blinkenning ta’kidlashicha, agar AQSh global tizimni boshqarmasa, unda u bo‘shlik avtoritar kuchlar tomonidan to‘ldiriladi va bu vaziyat ham xalqaro tizimda beqarorlikka yo‘l ochadi. Bayden tashqi siyosatda eng avvalo Amerika yetakchiligini qaytarib olishga harakat qilishi kerakligini biladi. Ushbu yetakchilikning ikkita muhim tarkibiy qismi mavjud. Ulardan biri AQShning buzilgan ko‘rinishini qaytarish, ikkinchisi esa Xitoy va Rossiyaga qarshi kuchli yetakchilik mavqeini tiklashdir.

Baydenning ikkinchi ustuvor yo‘nalishi esa xalqaro tashkilotlarning ahamiyatini takror oshirishdir. Trump davrida AQSh BMT, NATO va Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti kabi dominant xalqaro institutlar bilan jiddiy muammolarga duch keldi. Baydenning tashqi siyosati avvalom bor xalqaro tashkilotlarni qayta kuchaytirish orqali Amerika rahbariyatini ushbu tashkilotlar ustidan qayta tiklashga asoslanadi. Shu nuqtai nazardan, Bayden davrida ko‘p qirralilik Amerika tashqi siyosatida muhim o‘rin tutishini aytishimiz mumkin.

Baydenning uchinchi ustuvor yo‘nalishi - jahon iqtisodiyotida Amerikaning yetakchiligini tiklaydigan yangi tartib. Bu nuqtada Tramp davridagi AQSh - Xitoy savdo urushlari yodga tushadi. Baydenning Xitoyni raqib deb bilishi aniq ammo Xitoyni Tramp yoki respublikachilardek ham ko‘rmaydi. Milliy Xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Sullivan, “Xitoy bilan birga yashash” formulasining tashqi siyosatning eng asosiy yo‘nalishi ekanligini ta’kidlashi, Baydenning Xitoyga qarshi kurashishga qaraganda ko‘proq u bilan murosaga kelish orqali uni o‘zgartirish siyosatini olib borishi mumkinligini aks ettirmoqda. Lekin Baydenning iqtisodiyot bilan aloqali muammosi faqatgina Xitoy emas. Covid - 19 pandemiyasi yo‘l ochgan iqtisodiy vaziyat Baydenning iqtisodiy siyosatini yetarlicha band qiladigandek. 

Baydenning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi esa xalqaro huquq va qoidalarga asoslangan liberal tartibni qayta tiklashdir. Shu nuqtai nazardan aytishimiz mumkinki, xalqaro me’yorlarni o‘z o‘rniga tushirish orqali Amerika boshchiligida yo‘qolgan qiyofani tuzatishga urinadigan siyosatni qo‘llashi mumkin. Ushbu maqsad AQShdan global tizimni saqlab turadigan global qoidalar ustida yangi tartiblar o‘rnatishni talab qiladi. Buning uchun esa AQShning ko‘proq ittifoqchilarga ehtiyoji bor.

Ushbu to‘rt yo‘nalish AQShni xalqaro tizimga qaytarishi mumkinmi degan savol nihoyatda muhimdir. Baydenning Trampdan qabul qilib olgan muammolari va dunyo siyosatining o‘zgaruvchan xarakteri buni amalga oshirishning qiyin ekanini ko‘rsatmoqda.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan fondning Xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi direktori, yozuvchi, dotsent, doktor Murat Yeshiltashning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar