2020 - yildagi geosiyosiy tashvish

Kun tahlili - 54

1562225
2020 -  yildagi geosiyosiy tashvish

Koronavirus pandemiyasi bo‘lmaganida edi 2020 - yili eng ko‘p muhokama qilingan geosiyosiy mavzular 19 yil ortidan AQShning Afg‘onistonda Tolibon bilan muzokara o‘tkazishi va Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘lardi. Chunki bu ikki voqea qay jihatdan qo‘lga olinishiga qaramay muhim masalalar edi. Lekin koronavirus pandemiyasi 2020 - yildagi xalqaro siyosatni tubdan o‘zgartirib nafaqat o‘tgan yilning balki butun tarixning “eng yomon yili” deb e’lon qilinishiga yo‘l ochdi.

Pandemiyaning ahamiyatli tomoni shundaki, u global tizimga chuqur ziyon yetkazuvchi bir qator muammolarni yaratdi. Uning birinchi bosqichida koronavirusning global siyosatga bo‘lgan ta’siri haqidagi ma’lumotlar hukmronlik qildi. Keyinchalik, ushbu yo‘nalishdagi gap - so‘zlar yana - da zaiflay boshladi. Bugungi kunda esa tashvishlar, xavotirlar, global tus oldi. Ushbu xavotirning uchta o‘ziga xos xususiyati mavjud. Ular xavf, noma’lumlik va noaniq kelajak masalasi.

Ushbu yangi global tashvish holatining uchta xususiyati, “geosiyosiy xavotir” deb nomlangan yangi vaziyatni paydo qildi. Xavotirlik umumiy tashvishga to‘g‘ri keladi. Bu xavf, noma’lumlik va noaniqlik tufayli yuzaga kelgan tashvishdir. Ushbu vaziyatni shakllantiradigan birinchi tashvish shakli esa global tizimning kelajagi haqida. Global tizimning kelajagi uchun tug‘ilgan eng katta tashvish G‘arbdan esmoqda. G'arbning strategik ustunligi tugashi lekin o‘rniga keladigan strategik ustunlikning nihoyatda noaniq bo‘lishi G‘arbdagi tashvishni borgan sari orttirmoqda.  

Koronagacha bo‘lgan davrda ham G‘arbning o‘z ichida, ham da global miqyosda “G‘arbsizlik” deb ta’riflangan ushbu xavotir korona bilan birga yana - da chuqurlashgandek. G‘arbning strategik ustunligini qaytarish say - harakati sifatida namoyon bo‘ladigan “Amerika qaytmoqda” yondashuvi va Yevropaning “strategik avtonomiya” ga intilishi huddi shunday xavotirdan xalos bo‘lish izlanishiga mos kelmoqda.

Global tizimning kelajagi uchun tashvishlarni orttiruvchi boshqa xusus esa, G‘arbdan keyingi tartibni o‘rnatish uchun eng kuchli nomzod sifatida ko‘rsatilgan Xitoy kabi aktyorlarning moddiy kuch unsurlaridan tashqari global ufqni chizolmayotganidir. Global iqlim o‘zgarishlaridan mushtarak global muammolarga nisbatan Xitoyning “yondashuvlari” masalasida o‘rinli savollar va shubhalar mavjud. G‘arbdan keyingi dunyoga tayyorgarlik ko‘rish borasida yana - da moslashuvchan bo‘lgan o‘rta va yuqori hokimiyat toifasida o‘zlarini tutgan aktyorlarning o‘rnini almashtirgan tashabbuslari esa markazi G‘arbda joylashgan bu geosiyosiy tashvishni yana - da chuqurlashtirgan vaziyatda.

Ushbu geosiyosiy tashvishni chuqurlashtiradigan yana bir jihat - bu xatarlarning xilma - xilligi. Koronavirus pandemiyasi ham ko‘rsatganidek, global sog‘likka qarshi xavf tug‘ilishi terrorizm yo‘l ochgan xavfdan battarroq. Terror global hodisadir ammo boshqa global pandemiya tufayli kelib chiqadigan tektonik safarbarlikka ega emas. Ushbu noaniqlik xatarni sotib olinish narxini oshirar ekan, barcha tizimning takror surishtirilishini talab qiladi. Chegarasi noma’lum xavf, geosiyosiy xavotirning global tus olishiga yo’l ochadi. Davom etayotgan harbiy mojarolar va davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar geosiyosiy tashvishlarni boshqarishni qiyinlashtirmoqda va bu davlatlarni mustaqil siyosat yuritishga undaydi. Shuning uchun koronavirusdan keyingi dunyoni tasvirlaydigan eng muhim manaviy holat, geosiyosiy tashvish sifatida ajralib turadi.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan fondning Xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi direktori yozuvchi, dotsent, doktor Murat Yeshiltashning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #geosiyosiy tashvish , #koronavirus

Aloqador xabarlar