Kun tahlili 53-qism

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Ajunning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

1555807
Kun tahlili 53-qism

 

2020 yil global pandemiya tufayli butun dunyoda o’ta mashaqqatli yil bo’ldi desak adashmagan bo'lamiz. Xitoydan dunyoga tarqalgan koronavirus oqibatida butun dunyoda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy inqirozlar yuzaga keldi. Turkiya ham bundan nasibini oldi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Dunyoda iqtisodiy tangliklar bilan bir qatorda, bir necha mintaqada harbiy to'qnashuvlar davom etar ekan, ayni vaqtda ko’plab tabiiy ofatlar ham yuzaga keldi. Hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish faoliyatlari tufayli, 2021 yilga umid bilan qaralayotgan bo'lsa-da, hamon noaniqliklar davom etmoqda.    

2020 yilning boshida Xitoyning Uhan shahrida paydo bo'lgan koronavirus, asta sekin butun dunyoga tarqala boshladi. Tarixdagi viruslarga qaraganda juda tezlik bilan insonlarga yuqqan Covid-19, dunyoda pandemiya holatiga aylandi va dunyoni o'z ta'siri ostiga oldi. Virus tufayli insonlar o’la boshlagach, virusga qarshi chora-tadbirlar orta boshladi. Xususan, niqob taqish va 1 metrdan uzoq turish va ommaviy karantin cheklovlari joriy etildi. Bu bosqichda davlatlarning sog'liqni saqlash tizimlari o'zining sifatini namoyish qildi. Turkiya xalqaro davlatlarga qaraganda, o’zining sog'liqni saqlash tizimidagi yuqori sifatini isbotladi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Oxirgi yillarda sog'liqni saqlash tarmog'iga qaratilgan e'tibor, bu sohadagi investitsiya, yangi qurilgan kasalxona komplekslari, mahalliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqarila boshlangan o’pkaga sun'iy nafas oldirish jihozlari o'limlarni oldini oldi. Lekin, bunga qaramay, butun dunyoda bo’lganidek, Turkiya ham bu jarayondan iqtisodiy zararga uchradi.

Amerika Qo'shma shtatlari, pandemiya oqibatlaridan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan en ko'p zarar ko’rgan davlatga aylandi. Dastlab, virusga qarshi kurashning e'tiborsiz boshqarilishi natijasida 300 mingdan ziyod inson vafot etdi. Millionlab inson virusga chalindi. Millionlab insonlar ishsiz qoldi. Bu jarayonda AQSh prezidenti Donald Trump saylovda raqibi Jo Bidenga mag’lub bo’ldi.

Shuningdek İtaliya, İspaniya, Fransiya va Britaniya kabi davlatlarda ham pandemiya jarayoni yaxshi boshqarilmadi. Mazkur davlatlarda pandemiya davri boshqa davlatlarga qaraganda juda o'g'ir o’tdi. Uzoq sharq davlatlari esa g'arb davlatlariga qaraganda vaziyatni yana ham yaxshiroq boshqardi.

Ayniqsa Xitoy, virusning o'chog'i bo'lishiga qaramay, tezlik bilan virusnning ta'sirini ozaytirar ekan, Janubiy Koreya va Vyetnam kabi dvlatlarda esa salbiy natijalar yana ham oz bo'ldi. Mutaxassislarning fikricha sharq davlatlarining g'arbdagilarga qaraganda virusga qarshi kurashda yana ham muvaffaqiyatli bo'lishining asosiy sababi, endilikda sharq davlatlarining rivolanayotganligidan dalolat beradi. Ushbu analiz to'g'ri bo'lishi ham mumkin, yoki sharq insonlarining yashash shakli ham bunda o'zini ko'rsatgan bo'lishi ham mumkin.

 

 


Tanlangan kalimalar: #pandemiya , #COVID-19 , #Turkiya

Aloqador xabarlar