Kun tahlili 52-qism

SETA tashkilotining xavfsizlik tadqiqotlari bo’yicha direktori dotsent Murat Yeshiltashning Turkşya-AQSh munosabatlari haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

1551496
Kun tahlili 52-qism

 

Oxirgi kunlarda AQSh va Turkiya orasidagi munosabatlar sanksiyalar tufayli sovuqlashdi. Uzoq vaqtdan beri kutilayotgan mazkur sanktsiyalar AQSh tomonidan qay shaklda amalga oshirilishi bo’yicha turli taxminlar bor edi. Xozirgi prezident Donald Trampning o'z vazifasidan ketishga bir oy qolganda kun tartibiga olingan ushbu sanktsiya, ba'zi mutaxassislarning fikricha Turkiyaga berilgan ogohlantirish bo'lib hisoblanadi.

AQSh sanktsiyasining mohiyatini idrok qilish uchun, sanktsiyaning matni, ifoda uslubi, texnik jihatlari va ayniqsa geopolitik siyosiy tomonini mulohaza qilish kerak. Avvalambor, sanktsiyaning matni juda ehtiyotkorlik bilan tayyorlanganligini aytish mumkin. AQSh avvalo, Turkiyaning NATO ittifoqidagi o’rnini e’tirof etar ekan, ikki davlat kuchli ittifoqdosh ekanligiga urg’u bergan. Shuningdek, ushbu sanktsiya Turkiyaning harbiy salohiyatiga zarar berish maqsadida tayyorlanmaganligi alohida qayd etilgan.

Sanktsiya asosan Turkiyaning Mudofaa sanoati rahbariyatiga qaratilganligi oshikor.  Texnik jihatdan esa mudofaa vazirligining loyihalari o'rin olgan. Natijada, ushbu sanktsiya Turkiyaga, Turkiya iqtisodiyotiga va Turkiya armiyasiga qarshi berilmaganligi ma’lum.

Aslida, sanktisyani ikki jihatdan e'tiborga olish kerak. Birinchidan, ushbu sanktsiyaning  bundan keyingi jarayonda Turkiya-AQSh munosabatlariga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligi. Chunki, AQSh Turkiyaga chegaradosh Suriyada PKK-YPG, FETO kabi terror guruhlari va yana bir necha geosiyosiy mavzuda ittifoqdoshlikka zid siyosat yuritmoqda. Shu sababli ushbu sanktsiya bu ziddiyatni yana ham kuchaytirishi mumkin. Vaxolanki, Trampdan so'ng prezidentlik maqomini egallaydigan Jo Baydenning Turkiyaga nisbatan sanktsiyani davom ettirishi ehtimoldan holi emas. Lekin, AQSh kelgusidagi tashqi siyosatida ittifoqdoshi Turkiya bilan munosabatlarini ijobiy tomonga o'zgartirishiga to’g’ri keladi.

Chunki, sanktsiyalar natijasida Turkiya o'zining harbiy sanoatini strategik jihatdan rivojlantirishi aniq. Shuningdek, Yevropa va G'arb davlatlari mudofaa sohasida Turkiyani chetlatgan sari, u o'zining mudofaa sanoatini tobora rivojlantirib bormoqda. Shu sababli Bayden hukumati, sanktsiya natijasida yuzaga keladigan moddiy zararlar bilan geosiyosiy zararlar orasidagi muvozanatni saqlashi kerak bo'ladi.

Turkiya, AQSh sanktsiyalari sababli o'zining mudofaa sanoatidagi salohiyatini yana ham kengaytirish uchun turli rejalar ustida ishlamoqda. Chet eldan olinayotgan ba'zi texnik ehtiyotkor qismlarni boshqa davlatlardan olishi ham asosiy rejalardan biridir. Ishlab chiqaruvchi alternativ variantlarni rejalash mumkin. Ayni vaqtda, boshqa alternativ variantlar mudofaa sanoatiga qanchalik salbiy ta'sir ko'rsatishi ham e’tiborga olinishi zarur.

Ikkinchidan, asosiy majmualarni, Turkiyaning xozirdagi mavjud pozitsiyasiga mos ravishda ishlab chiqarish. Buning uchun harbiy strategiya bilan mudofaa sanoati o'zaro birgalikda reja tayyorlab ish yuritishlari zarur. Turkiya g'arb davlatlaridan oladigan texnik qismlarni o'z imkoniyatlari bilan ishlab chiqarishi yoki AQSh o’rniga boshqa davlatlardan sotib olishi eng oqilona yo'l bo'lib hisoblanadi. Shu sababli, Turkiyaning mudofaa sanoati bugungi kunda o'zining siyosiy pozitsiyasiga katta ahamiyat berishi zarur. Chunki, mudofaa sanoati davlatning harbiy kuchini kengaytiradigan qurollanish jarayonining markazi bo'lib hisoblandi. Qurollanish jarayoni esa faqatgina qurol-aslahaga ega bo'lishdan ham ko'proq ahamiyatga ega. Bu esa o'z o'rnida mudofaa iqtisodiyotiga katta e'tibor berishni taqazo qiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar