KDP - PKK to‘qnashuvi keng tus ola boshladi

Kun tahlili - 51

1547433
KDP - PKK to‘qnashuvi keng tus ola boshladi

Turkiyaning “Panja – Qoplon” amaliyoti orqali Iroqning shimolida chorasiz qolgan PKK, oxirgi haftalarda IKBY kuchlari ayniqsa, KDP bilan bir - biriga qarama – qarshi bo‘la boshladi. PKK ning mintaqadagi terror lagerlari atrofini o‘rab olgan Peshmerga va tegishli maxsus kuchlar, PKK ga qarshi bosim o‘tkazar ekan Arbil va Bog‘dot o‘rtasidagi PKK ning Sinjardan chiqarilishi to‘g‘risidagi kelishuvi tashkilotni hayratga soldi. PKKga qarashli HPG, Iroqda to‘g‘ridan – to‘g‘ri Peshmergaga qarshi hujumlar uyushtirar ekan tashkilotning Suriyadagi qanoti YPG esa chegara chizig‘ida Peshmergani nishonga oldi. Shuningdek KDPga yaqin ENKSning Suriyadagi ofislariga qarshi hujumlar uyushtirilib, ba’zilariga o‘t qo‘yib yuborildi.

IKBYga qarashli siyosiy unsurlar anchadan beri PKKni o‘z hududlarida turishiga ko‘z yumdi. IShID ga qarshi kurashda foydalanilgan tashkilot, Suriyaning shimoli – sharqidagi o‘rni bilan ham o‘z kuchiga ega edi. Kurd kartidan har doim foydalangan PKK, avj olayotgan kurd milliyatchiligi jihatidan ham o‘zi uchun go‘yo daxlsizlik yaratayotgandi. Turkiyaning barcha bosimlariga qaramay IKBY, PKK uchun ma’lum soha yaratish orqali aralashishdan bosh tortgandi. Lekin oxirgi oylarda yuz bergan voqealar IKBY ayniqsa KDP jihatidan PKKga bo‘lgan sabr – toqatini tugata boshladi. Eng avvalo Turkiyaning qo‘shni davlatlardagi “Panja – Qoplon” amaliyotlari orqali PKK terror tashkilotini, Iroqda kun – o‘tgan sayin yana da ko‘proq nishonga olishi va tashkilot chegarasiga qarshi og‘ir zarbalar berishi PKKning harakat tarzini o‘zgaritishiga yo‘l ochdi. Tashkilot ko‘proq janubga shu jumladan KDPning eng asosiy sohalari tomon tisarila boshladi. Shuningdek, Turk Qurolli kuchlari (TQK) ning samarali harakatlari tufayli KDPni Turkiyaga yordam berishda ayblab, og‘ir so‘zlar bilan tahdid qilishni boshladi.

Bunga qo‘shimcha sifatida yana Sinjarda Arbil va Bog‘dod o‘rtasidagi kelishuvni "strategik jihatdan tahdid" deb qabul qilib, shunga qarshi qadamlar tashladi. Retorik darajada tahdidlarini orttirar ekan vaqti – vaqti bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri Peshmergaga qarshi ham hujum uyushtirdi. Bu yo‘l orqali KDPning ortga tisarilishini kutayotgandi.

PKKning IKBYning iqtisodiy jihatdan muammoga duch kelgan bir paytda neft quvir chiziqlarini nishonga olishi, sabrini toshirgan oxirgi harakatlardan biri bo‘ldi. Prezident Nechirvon Barzoniy bilan Bosh vazir Mesrur Barzoniy PKK ga qarshi kurashda jiddiylashdi va Turkiya bilan birgalikda harakat qila boshladi. Tashkilotning Iroqning shimolidagi terror lagerlari Peshmerga tomonidan o‘rala boshladi. Shuningdek vaqti – vaqti bilan terror unsurlari nishonga olindi. Tez – tez Peshmerga – PKK to‘qnashuvi yuz berishi kuzatildi.

KJK/ PKK liderligi kurd xalqiga murojaat qilib, KDPni nishonga oldi va nihoyat Suriyadagi unsurlarini ham harakatlantirdi. Avvalom bor KDPga yaqin ENKSga oid Xasakada nishonga olindi. Unda yo o‘qqa tutildi yoki o‘t qo‘yib yuborildi. Ortidan YPG to‘g‘ridan – to‘g‘ri  Fishhabur chegarasida Peshmergaga qarshi hujum uyushtirdi.

Endilikda tomonlar o‘rtasida keng ko‘lamli to‘qnashuvning kelib chiqishi mumkin. Mesrur Barzoniy bergan oxirgi bayonotlarida faqatgina PKK / KJK ni emas balki tashkilotning Suriyadagi qanotini ham nishonga olish orqali AQShning ham e'tiborini tortdi. Qandilning Suriyadagi kuchining bartaraf bo‘lishi kerakligini qayd etdi. IKBY, PKK tahdidining haqiqatligini oxiri tushunib yetdi. Turk Qurolli kuchlarining qo‘shni davlatlardagi harakatlari orqali tuproq va kuch yo‘qotgan KDP bilan to‘qnashgan shuningdek, Sinjardan ajrash arafasida bo‘lgan tashkilot uchun Iroqda yo‘lning oxiri ko‘rinay deb qo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.   

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #PKK , #KDP

Aloqador xabarlar