Kun tahlili 42-qism

Dasturimizning bugungi sonida SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Ajunning Turkiyaning Rossiyaga nisbatan siyosati haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

1509894
Kun tahlili 42-qism

 

Rossiya geografik joylashuvi jihatidan, qolaversa harbiy va iqtisodiy qudrati jihatidan Turkiya uchun eng muhim davlatlardan biri bo’lib kelgan. Yaqin tariximizga nazar tashlaydigan bo’lsak, Turkiyaning g’arb blogida o’rin olishi va Rossiyaning mintaqaga qaratilgan qahraton urush muhitidagi mavjud siyosati doirasida kuchli raqobat mavjudligiga guvoh bo’lish mumkin. Biroq, Ak partiya hukmronligi va 15 iyul voqealaridan so’ng, Turkiyada siyosat o’zgarganligini kuzatish mumkin. Turkiya endi Rossiya bilan bo’lgan munosabatiga g’arb blogiga va rivojlanib borayotgan Xitoyga nisbatan muvozanat unsuri sifatida qaramoqda.

15 iyul voqealari Anqaraning tashqi siyosat bo’yicha tashabbuslarida katta islohotlarning amalga oshirilishiga turtki bo’ldi. Natijada, oxirgi bir necha yilga nazar tashlaganimizda, Isroilga nisbatan munosabati, Fathulloh Gulen harakatiga berilgan tashqi yordamlar va Suriya siyosati Turkiyaning g’arb davlatlari bilan aloqasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.

Bu jarayonda ekosiyosiy va harbiy jihatdan yana-da mustaqil va rivojlangan, o’z manfaatlarini himoya qilishga qodir Turkiyani g’arb davlatlari ko’ra olmasligini kuzatish mumkin. Bu jihatdan munosabatlar taranglasha boshlagan bir davrda Fathulloh Gulen harakatining to’ntarish tashabbusiga to’g’ridan yordam berilgani Turkiyaning tashqi siyosatda muvozanat izlanuviga kirishishiga sabab bo’ldi va natijada, Xitoy va Rossiyaning muhim davlat sifatida Turkiya bilan aloqalarida mustahkam o’rin egallaganligini ko’rish mumkin.

Suriya masalasi bo’yicha Astana muzokaralarida davom etgan hamkorlik, Liviya va boshqa notinch mintaqalarda olib borilayotgan muzokaralar, shuningdek, mudofaa sanoati va atom energiya bo’yicha davom etgan yaqin hamkorliklar buning isbotidir.

Albatta, ikki davlat o’rtasida hamon to’liq ittifoqdoshlik aloqasidan yoki strategik sheriklikdan bahs yuritishga hali erta. Sababi Suriya va Liviyada ikki davlat manfaatlari bir-biriga qarama-qarshi vaziyatda. Rossiyaning kurd masalasiga munosabati Anqarada jiddiy xavotirlarga sabab bo’lmoqda. Biroq, bunga qaramay, g’arb davlatlaridan yuzaga kelayotgan tahdid ikki davlatni birgalikda harakat qilishga undamoqda. Turkiya jihatidan Rossiya va Xitoy bilan yo’lga qo’yilgan yangi aloqalar g’arbdan butunlay yuz o’girdi degan ma’noni bildirmaydi. Aksincha, xalqaro maydonda Turkiyaning g’arb va sharq muvozanatini qo’lga olib, o’z manfaatini himoya qiladigan yangi muvozanat yaratishni ko’zlamoqda desak mubolag’a bo’lmaydi.

 

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Ajunning Turkiyaning Rossiyaga qaratilgan siyosati haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #SETA , #Turkiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar