Turkiya oxirgi o‘n yilda mudofaa sanoatida samarali qadamlar qayd etdi

Kun tahlili - 41

1506005
Turkiya oxirgi o‘n yilda mudofaa sanoatida samarali qadamlar qayd etdi

Oxirgi vaqtlarda tez – tez takrorlana boshlagan Ozarbayjon – Armaniston to‘qnashuvlari bu gal avj olib ikkala mamlakat o‘rtasida urushga aylanar ekan Turkiyaning aniq Ozarbayjon yonida bo‘lishi va mamlakatni harbiy texnika bilan ta’minlashi urushning yo‘lini Ozarbayjon qo‘shini foydasiga shakllantirdi. Bu vaziyat esa Turkiyaning kuchini yana bir bor o‘rtaga qo‘ydi.

Turkiya oxirgi o‘n yilda mudofaa sanoatida samarali qadamlar qayd etar ekan ayniqsa 2016 – yilgi to‘ntarish tashabbusidan keyin xavfsizlik byurokratiyasi bilan Turk qo‘shini ham qayta shakllantirildi. Anqara ana shundan beri ko‘zga ko‘ringan harbiy kuchga ega.

Turkiya o‘z mintaqasidagi g‘arbiy o‘qda mo‘’tadil kuch sifatida baholanar ekan Adolat va taqqiyot partiyasining ikki minginchi yillarning boshida iqtidorga kelishi bilan asta – sekin mamlakatning, o‘zgarish yo‘liga kirganiga guvoh bo‘ldik. Bu borada avvalom bor g‘arb olamida siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarmoqda yumshoq kuch unsurlari bilan yana – da iddioli kuchga aylanish say – harakatlari kuzatilar ekan “Arab bahori” yaratgan yangi sharoit Turkiyaning harakat tarzini butunlay almashtirdi.

G‘arb olamining yangi Turkiyani qabul qilishda hazmsizlikka yo‘liqishi Adolat va taraqqiyot partiyasining nishonga olinishi bilan natijalandi. Va nihoyat Turkiya 2016 – yilning 15 – iyuli kuni to‘ntarish tashabbusiga guvohlik qildi. Huddi shu bosqichdan keyin Turkiya global siyosiy aloqalarida g‘arb ta’siridan butunlay chiqib, markazga yakka o‘zini olgan holda Rossiya va Xitoy kabi o‘lkalar bilan g‘arb davlatlarini muvozanatlagan siyosat insho eta boshladi. Ushbu qadamlar keng ko‘lamli amalga oshirilayotganda ham, u yumshoq kuch bo‘lishga qaraganda ko‘proq qattiq kuch unsurlariga jiddiy ma’noda investitsiya kiritib, muhim harbiy kuch yig‘di.

Mudofaa sanoatida kiritilgan investitsiyalar, kuchli tadqiqot va rivojlantirish faoliyatlari yordamida harbiy jihatdan dunyoda yetakchi davlatlardan biriga aylandi. Ayniqsa Uchuvchisiz havo vositasi va Qurolli Uchuvchisiz havo vositasi sohasida AQShdan keyingi eng kuchli davlat bo‘ldi. Turkiya ikki minginchi yillar boshida harbiy texnika ehtiyojining 80 foizini tashqaridan, import yo‘li bilan qo‘lga kiritar ekan bu nisbat bugungi kunga kelib 20 foizgacha tushdi. Turkiya shuningdek, mudofaa sohasida buyuk eksportchi davlatlar kurashiga qo‘shildi.

Turkiya faqatgina mudofaa sanoatida investitsiya kiritish bilan cheklanib qolmay ayni vaqtda siyosiy iroda namoyish etish orqali ham ayniqsa to‘ntarish tashabbusi ortidan xavfsizlik byurokratiyasini butunlay qayta shakllantirdi. Kuchli va professional qo‘shini tuzar ekan Milliy razvedka bo‘yicha ham mintaqaning eng muvaffaqiyatli razvedka tashkilotiga aylandi. Turkiya bir necha yildan beri yangi xavfsizlik doktrinasini qabul qilib, harbiy kuchini mintaqadagi to‘qnashuvlarda foydalanishdan chekinmadi.

Suriya va Iroqda PKK va DEASh terror tashkilotini nishonga olgan keng ko‘lamli harbiy harakatlar va razvedka amaliyotlari uyushtirar ekan shu bilan birga Liviyadagi qonuniy Milliy kelishuv hukumati kuchlarini qo‘llab – quvvatlash orqali urushning yo‘lini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Somalida davlat tashkil etishga bel bog‘lar ekan Qatarda, ushbu mamlakatga qarshi uyushtirilgan ishg‘ol tashabbuslarini bartaraf etishga muyassar bo‘ldi. So‘nggi paytlarda u dengiz flotidan samarali foydalangan holda Sharqiy O‘rta yer dengizi energetik geosiyosatining muhim ishtirokchisi sifatida paydo bo‘ldi. Va nihoyat Ozarbayjon – Armaniston urushida Turkiya bugungacha Ozarbayhon qo‘shini bilan hariby mashq o‘tkazish orqali bergan yordamini yana – da kuchaytirib, Qurolli Uchuvchisiz havo vositalari orqali urushni Ozarbayjon kuchlari foydasiga shakllantirishga erishdi.

Yuqorida nomi tilga olingan barcha harbiy harakatlar va texnologiya jihatidan Turkiya ko‘tarilgan bosqich dunyoning boshqa davlatlari tomonidan yaqindan kuzatilar ekan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida turk siyosiy irodasi jasur va hech ikkilanmagan hamlalari bilan birga Turkiya bundan buyon ajoyib kuch sifatida shaxdam qadamlar ila cho‘qqiga qarab yo‘l olmoqda. 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #mudofaa sanoati

Aloqador xabarlar