Kun tahlili 40-qism

SETA tashkilotining xavfsizlik bo’yicha tadqiqotchisi yozuvchi, dotsent Murat Yeshiltashning Ozarbayjon-Armaniston mojarolari bo’yicha mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

1501431
Kun tahlili 40-qism

                                            

Armaniston Tovuz shahridan keyin Tog’li Qorabog’da ham o’zining zo’ravonlik siyosatini qo’lladi. Tinch aholiga nisbatan o’t ochish bilan boshlangan jangovar harakatlar Ozarbayjonning qarshi hujumga o’tishi bilan avj oldi. Armanlar tomonidan bosib olingan qishloqlar takror Ozarbayjon nazoratiga o’tdi. Yerevan bu qilmishi bilan xatoga yo’l qo’yganini aytish mumkin. Turkiya “barcha imkoniyatlarimiz bilan Ozarbayjonga yordamga tayyormiz” degan bayonotini yetarlicha anglamaganligi kuzatiladi.

Xolbuki, 12 iyulda Tog’li Qorabog’dan 100 km uzoqlikda energiya liniyalari o’tgan Tovuz tumaniga sodir etilgan hujumlardan so’ng, Ozarbayjon jiddiy tayyorgarliklarni boshladi. Qo’shma harbiy mashg’ulotlar bilan Turkiyaning tajribasidan foydalandi. Bu jarayonda Armaniston-Ozarbayjon to’qnashuvining uzoq yillar davom etishiga yo’l qo’yilishini aytish juda qiyin. BMT, NATO va AGİT Minsk guruhi yetakchilari to’qnashuvlarni darhol to’xtatishga chaqirdi.

Kelgusi kunlarda Minsk guruhining muzokaralarni qayta boshlash to’g’risida takliflar kiritishi ehtimoldan holi emas. Minsk muzokaralarini puchga chiqargan va qurolli to’qnashuvlarni yagona choraga aylantirgan tomon Armaniston va uning tajovuzkor siyosatidir. Yerevan 1991 yili Ozarbayjon tuproqlarining 20 foizini bosib olgan, shu bilan birga BMT xavfsizlik kengashining ishg’ol ostidagi mintaqalarni tark etishi to’g’risidagi to’rtta qaroriga bo’y sunmagan. 1994 yilning 4-5 may kunlari Bishkek protokoli asosida sulh tuzilishiga qaramay, Tog’li Qorabog’ va ishg’ol ostidagi 7 tuman hamon armanlar nazoratida turibdi. Shu sababli, Janubiy Kafkaziyadagi to’qnashuvlarni portlashga shay bombaga qiyoslash mumkin. Rossiya, Turkiya va Fransiya kabi davlatlar ushbu to’qnashuvlar tufayli kuch raqobatiga kirishishini aytish mumkin.

Sharqiy O’rta yer dengizida taranglik pasayar ekan va Turkiya bilan Gretsiya o’rtasida muzokaralar boshlanishi kutilar ekan, Tog’li Qorabog’da to’qnashuvlarning takror avj olgani taajjublantiradi. Bu jarayonda Rossiya Armaniston-Ozarbayjon to’qnashuvini avj oldirib, AQShga yaqinlashishga harakat qilgan Armanistonni o’ziga tobe’ qilmoqchi bo’ldi. Yerevanning darhol yordam uchun Moskvaga intilishidan buni anglash mumkin.

Bu jarayonda shunday savol tug’iladi: Kafkazlarni o’z xalqidan biri sifatida ko’rishdan aslo voz kechmagan Moskva Yerevanga jasorat berishidan maqsad nima?  Suriya, Liviya va Armaniston-Ozarbayjon mojarolari tufayli Rossiya Turkiya bilan yangi raqobat maydoni yaratmoqdami? Ushbu savollarning javobi qanday bo’ladi buni vaqt ko’rsatadi.

Turkiyaning Rossiya bilan yaqinlashganini tanqid qilgan g’arb davlatlari, aslida Turkiya Liviya, Suriya va Janubiy Kafkaziyada Rossiyani qisman jilovlaganligini tan olishi zarur. Dunyoning geopolitik haqiqatlariga ideologik ko’z o’ynaklar bilan emas, balki strategik manfaatlar jihatidan qarash zarur.

SETA tashkilotining xavfsizlik bo’yicha tadqiqotchisi yozuvchi, dotsent Murat Yeshiltashning mavzu bo’yicha mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar