Kun tahlili 36-qism

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Ajunning Turkiyaning xalqaro siyosatiga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

1484660
Kun tahlili 36-qism

 

AQSh va g’arb davlatlari e’tibori tobora orqaga ketishi sababli “liberal tuzim” tobora zayiflab bormoqda. Qolaversa, jahon bo’ylab geo-siyosiy jihatdan ham o’zgarishlar ro’y bermoqda.  Kun o’tgan sari to’qnashuvlar va xaos muhiti ham ortib bormoqda. Turkiya atrofida esa Iroq, Liviya va sharqiy O’rta yer dengizi kabi g’alva va to’qnashuvlar yuzaga kelib, bu voqealar Turkiyaning milliy manfaatlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Turkiya Respublikasi ham bunday muhitda, o’zining tashqi aloqalar sohasidagi strategiyasini ko’zdan kechirib, faqatgina g’arb davlatlari bilangina emas balki Rossiya Federatsiyasi va Xitoy kabi rivojlanayotgan davlatlar bilan yangi ittifoq tuzgan holda milliy manfaatlarini mustahkamlashga harakat qilmoqda.

So’nggi yillarda Turkiyaning tashqi siyosatini shakllantirgan bir necha muhim voqea bo’ldi. 15 iyul voqealari - davlatni to’ntarishga tashabbus, Suriya masalasi va sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar shular jumlasidandir.

2016 yilda davlatni to’ntarishga urinish hodisasiga duch kelgan Turkiya, Fathulloh Gulen harakatining g’arb davlatlari tomonidan himoyalanishi umidlarni puchga chiqardi. Turkiya bu holatning ittifoqdoshlik munosabatlariga to’g’ri kelmasligini ilgari surdi va tegishli davlatlar bilan ayniqsa AQSh va Germaniyaga nisbatan ishonchsizlik yuzaga keldi. Buning ortidan Turkiya Suriyada g’arb davlatlar tomonidan yolg’iz tashlab qo’yildi. Ayni vaqtda AQShning terror tashkiloti PKKni Suriyada kuchaytirib, terror davlati tuzish harakatini sezdi. Turkiya “Tinchlik bulog’i” harbiy amaliyoti vositasida bunga chek qo’ydi.

Bu kabi hodisalar ro’y berar ekan, muvozanatni qo’lga olish maqsadida Rossiya bilan siyosiy va harbiy jihatdan hamkorlikda qadam tashlay boshladi. S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilish, Suriyada AQShni chetlatadigan shaklda Astana muzokaralariga qo’shilish, Xitoy bilan eko-siyosiy aloqalarni rivojlantirishga harakat qilishi shular jumlasidandir.

Albatta, Turkiya Rossiya bilan har masalada hamfikr emas, qarama-qarshi bo’lgan bir qator geo-siyosiy mavzular bor. Rossiyaning Asad rejimini qo’llab-quvvatlashi, Liviyada marshal Xalifa Haftar bilan harbiy hamkorligi, Qrim masalasi kabi muhim mavzularda ikki tomonning qarama-qarshi ekanligini kuzatish mumkin. Biroq, AQSh va g’arb davlatlari Turkiyaning manfaatlarini nazar pisand qilmay, FETO kabi terror uyushmalarini qo’llab-quvvatlashlari, Suriya va sharqiy O’rta yer dengizida Turkiyaga qarshi pozitsiyada turishlari, Turkiya bilan Rossiya Federatsiyasining ittifoq tuzishiga turtki bo’lmoqda.

Liberal tuzimlar zayiflagan, lekin yangi tuzim kuchga kirmagan ushbu davrda Turkiya Respublikasi o’z manfaatlarini himoya qiluvchi strategiyasini o’rnatishga harakat qilmoqda. Bu borada Rossiya Federatsiyasi va Xitoy bilan strategik hamkorlikni orttiradigan qadamlar tashlashi kutilmoqda.

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Ajunning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar