Kun tahlili 32-qism

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Ajunning Suriyadagi vaziyat bo'yicha mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

1468514
Kun tahlili 32-qism

 

Suriya neftini YPG terror guruhi nazoratida bo’lgan hududlardagi quvurlardan qazib olish va qayta ishlash bo’yicha YPG bilan AQShning “Delta Crescent Energy” nomli kompaniyasi o’rtasida tuzilgan shartnoma Turkiyaning e’tiroziga sabab bo’ldi.

AQShning prezident Tramp vositasida Suriyadan butunlay chekinish siyosati o’rniga, yana ham yaxshiroq joylashishni ko’zlagan bu shartnoma Suriya hududiy yaxlitligi va Turkiyaning YPG/PKK bo’yicha xavotirlarini yana-da kuchaytirdi. AQSh siyosati Trampni neftni qo’riqlash uchun Suriyada qolishga undagan bir muhitda bu shartnomaning paydo bo’lishi Oq Uyni ham Suriyada qolishga va mahalliy hamkor sifatida YPG/PKK bilan munosabatlarni davom ettirishga undashi ehtimoldan holi emas.

2019 yili tashkil etilgan “Delta Crescent Energy” kompaniyasi mintaqada neft ishlab chiqarishga ruxsat berilgan birinchi litstenziyaga ega AQSh kompaniyasi ekanligi va hamkorlari orasida AQShning eng tajribali siyosatchilari borligi diqqat jalb etadi. Shu bilan birga, Suriyada neft qazib olish bo’yicha tajribali Buyuk Britaniyaning “Gulf Sands” kompaniyasining sobiq rahbarlaridan John P.Dorrier Jr kabi vakillarning borligi ham ahamiyatga molik xususlardan biridir.

Asosan, AQSh litstenziyasiga ega bo’lgan kompaniya bilan YPG terror guruhi o’rtasidagi muzokaralar anchadan buyon davom etayotgani barchaga ma’lum edi. Vaholanki, o’tmishda ham bu mavzuda bir qator kompaniyalar va mamlakatning nomi tilga olingandi. Biroq, AQShning bu mavzuda belgilovchi omil ekanligini aytish mumkin.  Suriyani qayta tiklash bo’yicha moddiy homiy sifatida ko’rilgan Turkiya tomonidan zikr etilgan neft manbalari AQShning marifati bilan YPG/PKKning o’z-o’zini ta’minlashiga xizmat qilmoqda.

Shubhasiz, Turkiya tashqi ishlar vazirligining bayonotida; “PKK/YPG terror guruhi bu tashabbus bilan Suriya xalqining tabiiy manbalarini egallab, bo’lginchi siyosatini yana bir bor namoyon qildi. Suriyaning tabiiy manbalari Suriya xalqiga oiddir. AQShning xalqaro huquqni oyoq osti qiluvchi, Suriyaning hududiy yaxlitligiga, birdamligiga va mustaqilligiga rahna solgan bu tashabbusini qat’iyan qoralaymiz!”,-ifodalariga o’rin berildi.

Turkiyaning bu jarayonda mintaqada katta o’zgarishlarga olib keladigan harbiy hamlalarga qo’l urishga majbur bo’lishi ehtimoldan holi emas.

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Ajunning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Suriya , #SETA

Aloqador xabarlar