Kun tahlili 31 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Ozarbayjon – Armaniston o‘rtasidagi taranglik haqida soz qilamiz.

1464828
Kun tahlili 31 - qism

Shu yilning 12 - iyuli kuni Armaniston chegarasida joylashgan Ozarbayjonning Tovuz tumani arman kuchlari tomonidan nishonga olindi. Hujum natijasida 7 nafar Ozarbayjon askari shahid bo‘ldi. Undan keyin yuz bergan kichik otishmalarda ikkala tomon ham yo‘qotishlarga uchradi. Bunda Armaniston Ozarbayjonni ayblar ekan ozarbayjonlik rasmiylar hujumning “arman provakatsiyasi ekanligini” qayd etdi. Bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv, anchadan beri harakatsiz qolgan Armaniston – Ozarbayjon tarangligini takror xalqaro siyosatning kun tartibiga olib chiqdi.

Bundan 28 yil muqaddam ya’ni 1992 - yili arman kuchlari va armanlar tomonidan qo‘llab – quvvatlangan jangarilar, Tog‘li Qorabog‘ va atrofidagi 7 tuman doxil Ozarbayjon tuprog‘ining deyarli 20 foizini bosib oldi. Millionlab ozarbayjon turki o‘z uyidan haydaldi va ular bugungi kunda mamlakat ichida uy – joyidan mahrum bo‘lgan insonlar qatorida umr surmoqda. Ozarbayjonlik minglab kishi esa vafot etdi. 1994 – yili o‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha shartnoma tuzildi. Ana shundan beri to‘qnashuv “muzlatildi” deyildi lekin 2016 - yilning aprel oyida to‘rt kun davom etgan og‘ir to‘qnashuv ortidan 200 o‘lim qayd etildi. 2018 – yilning yoz mavsumi boshlarida Ozarbayjon kuchlari, Ozarbayjonning Naxchivan avtonom respublikasining tog‘lik hududida strategik jihatdan alohida o‘ringa ega bo‘lgan kichik qishloq, Gunnutning atrofini takror qo‘lga kiritish uchun amaliyot boshlatdi. Bu ikkala voqea 1994 - yildan beri mintaqada yuz bergan yagona o‘zgarish bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.     

Tovuz hujmi Armaniston – Ozarbayjon o‘ztasida yangi muammoning paydo bo‘lganini yaqqol ko‘rsatib turipdi. Bu vaziyat avval ham bo‘lganidek bugungi kunda ham mahalliy to‘qnashuvga qaraganda ko‘proq Rossiya, Eron va Turkiya ham doxil butun mintaqaga yoyilgan geosiyosiy raqobatning muhim bir bo‘lagi deb hisoblanishi darkor. Shu jihatdan qaraganda Tovuz mintaqasiga qarshi uyushtirilgan hujum ortida bir necha sababning borligini aytish mumkin.

Ulardan birinchisi, mintaqaviy raqobatning Kavkaz liniyasiga yoyilishga urinish masalasidir. Bu yerda Rossiyaning ikkala mamlakat o‘rtasidagi to‘qnashuvdan foydalanayotganini aytib o‘tish lozim. Chunki bu to‘qnashuv Rossiyaga, mintaqadagi kuchiga – kuch qo‘sish uchun yangi imkon bermoqda. Rossiya asosiy strategiyasini Armaniston ustidan yuritishiga qaramay, ham Armaniston ham Ozarbayjon uchun eng yirik qurol yetkazib beruvchidir. Mintaqadagi barqarorsizlik esa Rossiyaning ikkala mamlakatga ham qurol sotishi uchun yangi sabab yaratib bermoqda.

Armaniston - Ozarbayjon mojarosiga aloqador mintaqadagi boshqa o‘yinchi esa Erondir. Eronning Ozarbayjonning asosiy dushmani Armaniston bilan yaqinligi Bokuni ham tashvishga solmoqda. 1990 - yillarning boshlarida Tog‘li Qorabog‘ urushi paytida Eron, Ozarbayjonning mintaqadagi rolini cheklash uchun Armanistonning oldini oldi. Armaniston - Eron savdosi 2019 - yili rekord darajaga yetdi. Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy o‘tgan yili Armanistonga bo‘lgan tashrifi chog‘ida: "Do‘stimiz va qo‘shnimiz Armaniston bilan har tarmoqda aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga katta ahamiyat beramiz" dedi.

Albatta, tarixiy va madaniy jihatdan Turkiya ham mintaqaning eng muhim o‘yinchisidir va Ozarbayjonning yonida o‘rin olmoqda. Rossiya Turkiyaning e’tiborini Suriya va Liviya kabi nuqtalardan boshqa tomonga burish payida. Janubiy Kavkazdagi haroratni orttirishga qaror berish ehtimoli balkim shuning uchundir. Bu vaziyat Turkiyaning o‘rnini yana – da, hatto biz o‘ylagandan ham muhimroq ekanligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Moskvaning Yerevan yetakchiligi ustidagi ta’sirini hisobga olsak unda bu albatta mumkin.   

Mintaqaviy raqobatga qo‘shimcha sifatida to‘qnashuvning ortida iqtisodiy sabablar ham bor. Nishonga olingan Ag‘dam qishlog‘i, Yevroosiyoning qalbidagi Kaspiy mintaqasini Yevropa va xalqaro energiya bozorlariga tutashtiruvchi yirik neft va gaz quvurlariga yaqin joylashgan. Xaritaga nazar tashlanganida, energiya va tijoratning Yevropa va Osiyo o‘rtasida tashishning faqatgina uch yo‘li borligini ko‘ramiz yani Eron, Rossiya va Ozarbayjon. Kengligi atigi 100 kilometrni tashkil etadigan ushbu kichik savdo yo‘lagi Ozarbayjonning ikkinchi yirik shahri va mintaqadagi eski Ipak yo‘li savdo markazi bo‘lgan Genjening nomi bilan atalgan “Genje bo‘shligi”dir. So‘nggi to‘qnashuvlarning ko‘pchiligi huddi mana shu Genje bo‘shligining qoq markazida bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda Rossiya va Eronni sezilarli darajada hatlagan va Genje bo‘shligidan o‘tgan uchta yirik neft va gaz quvurlari mavjud. Ular Boku – Tbilisi - Jayhon quvur liniyasi, Boku - Supsa quvur liniyasi va Janubiy gaz yo‘lagidir. G‘arbiy Yevropani Kaspiy mintaqasi bilan bog‘laydigan optik tolali kabellar ham muhim magistral va temir yo‘l aloqasi kabi Genje bo‘shligidan o‘tadi. Ochig‘ini aytganda Tovuz hujmi to‘g‘ridan - to‘g‘ri huddi mana shu geo – iqtisodiy nuqtani nishonga olmoqda. Agar Rossiya bir vaqtning o‘zida ham Yevropa, ham Liviya va Suriya yuzasidan Turkiyaga muammo tug‘dirmoqchi bo‘lsa unda buning uchun Genje bo‘shligidan yaxshiroq bahona to‘polmaydi. Armaniston, Rossiyaning bu imkondan foydalanishida katta rol o‘ynaydi. Armaniston shunga qaramay jimjirt. Buning ba’zi sabablaridan biri ichki siyosat, iqtisodiy vaziyatning yomonlashishi albatta.

Armaniston – Ozarbayjon tarangligi yangi mintaqaviy inqirozdan xabar beradi. Bu jihatdan qaraganda vaziyat yaqindan kuzatilib, to‘qnashuvning terang tus olish ehtimoliga qarshi tayyor turilishi kerak.

Markazi Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan fondning Xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi direktori yozuvchi, dotsent, doktor Murat Yeshiltashnnig mavzu haqidagi ma’ruzasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar