Kun tahlili 30-qism

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Ajunning Suriyadagi vaziyat bo'yicha mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

1460512
Kun tahlili 30-qism

 

Suriyadagi ichki urush mana 8 yilni ortda qoldirdi. Ba’zi tomonlar o’z manfaati uchun nayrangbozlik qilar ekan, ba’zilar esa buni puchga chiqargan holda mamlakatdagi inqirozning yana-da avj olishiga zamin yaratmoqda. Oxirgi kunlarda Idlibda turk-rus qo’shma patrul harakatining nishonga olinishi ham buning isbotidir.

Muxoliflar nazoratida bo’lgan va taxminan 3.5 mln aholiga ega bo’lgan Idlib rejim kuchlarining o’ljasiga aylandi. Sodir etilgan to’qnashuvlarda yuz minglab inson uy-joyidan mahrum bo’ldi, minglab inson qurbon bo’ldi. Bu hujumlar vanihoyat Turkiyaning sa’y-harakati bilan to’xtatildi. Turkiya va Rossiya o’rtasida tuzilgan kelishuv asosida sulh bitimi kuchga kirdi. Bu ma’noda turk va rus harbiylari strategik m4 yo’lida patrul xizmatini boshladi. Bosqichma-bosqich bu maydon kengaytirildi.

Idlib hududida amalga oshirilgan 20-qo’shma patrul harakati Badama hududigacha kengaydi. Shuningdek, 21-qo’shma patrul harakati Moskvada belgilangan guzargohning butunini qamrab olishi va shu bilan mushtarak patrul xizmatining qanchalik muvaffaqiyatli bo’lishini ko’rsatish ko’zda tutilgandi. Biroq, bu guzargohda rus harbiylarga qarshi hujum sodir etildi va Turkiya bilan Rossiya kelishib olgan patrul guzargohi belgilanmay qolib ketdi.

Hujumni “Xattob Shishoniy” nomli terror guruhi zimmasiga oldi.  Chechenlarga borib taqalgan ushbu terror guruhi Rossiyaga to’g’ridan ishora qilgandek. Nafaqat Idlibda, balki Suriyaning boshqa hududlarida “Xattob Shishoniy” degan guruhning o’zi yo’qligini hisobga olganimizda, bir savol tug’iladi.  Faqat qog’oz ustidagina tuzilgan bu guruhning “Hurosiddin” nomi ostida Al-Qoidaga xizmat qilish ehtimoli bor ekan, Turk-Rus kelishuvini buzishni ko’zlagan uchinchi tomonlarning ishi bo’lishi mumkinligi ham ehtimoldan holi emas.

Shuningdek, Rossiya havo kuchlari Idlibdagi hujumdan so’ng, muxolif kuchlarga aviazarbalar berdi. Ayni vaqtda Bab shahriga zarbalar berib, bir qancha tinch aholining hayotiga zomin bo’ldi. Rossiya o’z harbiylariga nisbatan sodir etilgan hujumdan foydalanib, Turkiyaga yondosh muxoliflarga zarbalar berishi Moskva kelishuvining qanchalik omonat ekanligini ko’rsatadi. Suriya maydonida Turkiya va Rossiyaning rejalarini oldini olishga harakat qilgan tomonlarning ham bekor turmaganligi va provokatif namoyishlar bilan jarayonni qizitishga harakat qilganligini kuzatish mumkin.

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Ajunning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya , #Suriya , #SETA

Aloqador xabarlar