Kun tahlili 29- qism

FETO’ tomonidan 2016 yil 15- iyulda saylangan hukumatni to’ntarish uchun uyushtirilgan harbiy to'ntarish tashabbusi ustidan to'rt yil o'tdi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

1456972
Kun tahlili 29- qism

 

FETO’ tomonidan 2016 yil 15- iyulda saylangan hukumatni to’ntarish uchun uyushtirilgan harbiy to'ntarish tashabbusi ustidan to'rt yil o'tdi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

SETA / Xavfsizlik tadqiqotlari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini  e’tiboringizga  havola qilamiz ...

To'ntarish tashabbusining  muvaffaqiyatsiz bo'lishiga ko'plab  sabablar bor edi. Ulardan eng muhimi, xalq to'ntarishning oldini olishi  va to'ntaruvchilarga qarshilik ko'rsatish uchun ko'chalarni to’ldirib  to’ntaruvchilarga qarshilik ko’rsatishi edi. Natijada xalq  muvaffaqiyat qozondi va to'ntaruvchilar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Siyosiy  tashkilotning  to'ntarishga qarshi munosabati  esa to'ntarishning  muvaffaqiyatsizligining yana bir muhim sababi edi.

Aslida, 2007 yil 27- aprelda fuqaro hukumati,   TQKning hukumatga qarshi kuchli bayonotiga qarshi  esa  hukumat ham keskin munosabat bildirdi va bu bayonotlar armiya vakolatini  oshib ketgan harakat ekanligi ifoda etildi.

Bunday munosabat fuqarolik siyosatining kuchayishiga sabab bo’ldi va fuqarolik hukumati –harbiylar munosabatining   demokratlashtirish nuqtai nazaridan tarixiy  bir davrni ochdi.

15 iyuldan keyin Turkiyaning ichki va tashqi siyosatida ko'plab muhim o'zgarishlar yuz berdi. Ichki siyosatdagi to'ntarish tashabbusidan so'ng darhol boshlangan FETO’ dan tozalash jarayoni muvaffaqiyatli boshqarildi.

Xavfsizlik, adolat, sog'liqni saqlash va ta'lim kabi muhim sohalarda FETO bilan aloqasi bo'lgan shaxslar lavozimlaridan chetlatildi; ularning ko'plari sud tomonidan aybdor deb topildi.

Ulardan eng muhimi, TQKdan chetlatilgan odamlar edi. Muhim vazifada bo'lgan harbiy xizmatchilar o'z lavozimlaridan chetlatilib, Armiya safidan  uzoqlashtirildi.

 O’xshash shaklda , xavfsizlik tashkilotidan  politsiyani boshqargan va FETO’ bilan aloqasi bo'lgan minglab politsiyachilar haydab chiqarildi.

15-iyuldan keyin xavfsizlik sohasida olib borilayotgan islohotlar ham hayoti  ahamiyatga ega edi.Bu doirada, Jandarmeriya va Sohil xavfsizlik  qo'mondonliklari  Ichki ishlar vazirligi tarkibiga kirdi va Milliy Mudofaa vazirligi kuchlar qo'mondonlari ustidagi  Bosh shtab boshlig'i roli  o'zgartirilib Milliy mudofaa vazirligi yana ham  ahamiyat kasb etishga boshladi.

Xavfsizlik byurokratiyasi  FETO’dan tozalanib va xavfsizlik sektorini isloh qilishning birinchi natijasi terrorizmga qarshi kurash edi. PKKga qarshi yanada samarali strategiya amalga oshirilayotgan bir paytda Suriyada DAESHga qarshi Furot qalqoni operatsiyasi boshlandi va ikkala terror tashkilotining ta'sir doirasi minimallashtirildi.Ichki siyosatdagi eng muhim voqealardan biri ancha muhimroq edi. 2017 yil 16 aprelda Turkiyada bo'lib o'tgan referendum bilan hukumat  tizimi o’zgartirilib  prezidentlik tizimiga o’tildi.Ushbu o'zgarish bilan parlament tizimi tugadi; birinchi bo'lib o'tgan saylovlardan keyin Turkiya to'liq tizimni amalga oshira   boshladi.Tashqi siyosatda 15 iyul deyarli bir burilish nuqtasiga sabab bo’ldi.

15- iyulgacha Suriyadagi inqiroz tufayli kelib chiqqan xavfsizlik muammolarini minimallashtirish uchun o'zining qudratli qo'shinidan foydalanishda harakatsiz qolgan hukumat, to'ntarishga urinishdan bir oy o'tib Suriyada DAESH terror tashkilotiga qarshi harbiy operatsiya o'tkazdi.Ushbu harakat natijasida  Turkiyaning Suriya siyosatida  yangi bir  davrga kirganidan darak beradi.Furot qalqoni operatsiyasi  bilan  DEASHni chegaradan tozalagan Turkiya  PKKning  Furotning g'arbida mavjudiyat ko'rsatishga imkon bermadi.

Darhaqiqat, Furot qalqoni amaliyotidan keyin bu safar nishon to'g'ridan-to'g'ri PKK edi.

2018 yil 20- yanvarda boshlangan Afrin operatsiyasi bilan PKK Afrindan olib tashlandi.

Shunday qilib, Turkiya Suriyadagi inqirozda, yana faolroq ishtirok eta boshladi. 2019 yil oktyabr oyida Turkiya  Furotning sharqiyda PKKni nishon olib  Tinchlik  bulog’i  nomida  bir operatsiya o'tkazdi, shuunday qilib  PKKning Suriyada faol bo’lmasligini va  shimolda bir  davlat tashkil etishining oldi olindi.

Turkiya, shuningdek, Idlib inqirozini hal qilish uchun tashabbus ko'rsatdi, İdlibda, Suriya rejimiga  2020 yil mart oyida og'ir zarba berdi. 15 iyuldan keyingi barcha bu harbiy harakatlar Turkiyaga diplomatiya stolida yanada faol bo'lishga imkon berdi.Ushbu voqeaning  eng muhim bo'lgani esa  boshqa bir sohada Liviya edi. 2011 yilda  Liviya inqirozida diplomatiyani afzal ko'rgan Turkiya 2019- yili 4- iyulda BMT tomonidan tan olingan qonuniy  Tripoli hukumatini to’ntarishga harakat qilgan  Hafterga qarshi milliy yarashuv hukumatini  qo’llab- quvvatladi. Bu doirada , MYH bilan shartnoma imzolab , Hafter kuchlarining  Tripolini egallab olishining oldi olindi. Keyinchalik Hafternig orqa chekinishini ta’min etib Liviya bo'ylab mintaqada amalga oshirmoqchi bo'lgan o'yinni buzib tashladi. Natijada, 15 iyul Turkiya uchun  ko'plab jihatdan bir burilish nuqtasi  edi. ichki siyosatda  yanada faol  bo’lgan Turkiya tashqi siyosatda ham yana faol va mustaqil bo’la boshladi.  Albatta, Turkiyaning  bu faolligi  va Turkiyaning  raqiblarining  birlashishini ta’min etdi.  Turkiya Yaqin Sharqda  geosiyosiy tazyiqlarlar   bilan duch keldi.

Boshqa tomondan, G'arb; ayniqsa 15-iyuldan keyin AQSh bila  ta'miri qiyin inqirozlarni  boshdan kechirdi.To'rt yildan so'ng 15 iyul kuni Turkiya ko'plab qiyinchiliklarni yengib o'tdi, ammo qolgan to'rt yil davomida unga zarur energiyani ta’min etmoqda. Bu energiya xavfsizligi va tashqi siyosatda yana demokratik bir  Turkiya uchun imkoniyat deb ko’rish kerak.

SETA / Xavfsizlik tadqiqotlari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini  e’tiboringizga  havola qildik...

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #PKK , #15- iyul , #Kun tahlili

Aloqador xabarlar