kun tahlili 27-qism

Liviyadagi Milliy Konsensus Hukumatining (MKH) ketma-ket muvaffaqiyatlaridan so'ng barcha tomonlar o'z pozitsiyalarini o'zgartirganliklari kuzatilmoqda.

1448562
kun tahlili 27-qism

                        Liviyada yo'llarni ajratish

Liviyadagi Milliy Konsensus Hukumatining (MKH) ketma-ket muvaffaqiyatlaridan so'ng barcha tomonlar o'z pozitsiyalarini o'zgartirganliklari kuzatilmoqda. Tripolining xavfsizligi endi bahs mavzusi emas va MKH mavjudligiga qarshi tahdidlar yo'qoldi. MKH asosan bu boradagi muvaffaqiyatlarini Turkiyani qo'llab-quvvatlash orqali  ta’min etgan MKH, bir tomondan yangi yutuqlarni qo'lga kiritishda  va  qonuniyligini mustahkamlamoqda, boshqa tomondan,  qo'llab-quvvatlashga va mamlakatni qaytadan tayyorgarlik ko’rmoqda. Boshqa tomondan, Hafter kuchlari hujum pozitsiyasidan mudofaa pozitsiyasiga o'tishdi va sohada yana  ko'proq joy yo'qotmaslik ularning asosiy maqsadiga aylandi. Boshqa tomondan, kurashda g'olib tomonning tarafdorlari bo'lish umidlari ham o'zgarib, endi yutqazuvchilar tomonida bo'lmaslik uchun yo'qotishlarini minimallashtirishga kirishdilar.

Buning uchun ular "MKH"ning harbiy taraqqiyotini to'xtatishga qaratilgan qizg'in faoliyat bilan shug'ullanmoqda. Ilgari bu jarayonga  juda kam  aloqa ko’rsatgan  AQSh MKH  foydasiga nisbatan ancha faol pozitsiyani egallay boshladi.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini  e’tiboringiz havolar qilamiz ...

So'nggi voqealarga ko’ra,  Liviyadagi vaziyat va status va tuproq  nazorati yakuniy emas; vaqtinchalik xususiyatga egadir. Biroq, rivojlanishlar yo'nalishi qaysi tomonga ketishi, taraflar yopiq yoki ochiq e'lon qilgan qizil chiziqlar va bu chiziqlar qanday hal etilishiga bog’liq. MKH va uni qo'llab-quvvatlovchi eng muhim aktyorlar bo'lgan Turkiya uchun Sirte  bilan Jufra qizil chiqizdir,  ammo uning bilan  cheklanib qolmasligi juda aniqdir:

To'ntaruvchi jangchilar va yo’llanma askarlar askarlarning  nazorat ostida tutgan tuproqlardan chiqarilishi va Liviya bo’ylab davlat hokimiyatini o’rnatib  siyosiy va iqtisodiy barqarorligini ta'min etilishidir. Ushbu maqsadga erishishda har qanday bosqichda diplomatik va siyosiy muzokaralarni  chetlamagan ; ammo, zarur bo'lganda harbiy usullardan foydalanishdan tortinmaydi.  Maydondagi muvaffaqiyatsizliklardan so'ng, endi Hafterning shaxsiy ravishda  qizil chiziqni belgilash imkoniyati yo’q. Buning o'rniga, qizil chiziqlar to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita tarafdorlari tomonidan chiziladi. Masalan, Rossiya Liviyada rasmiy ravishda  harbiy ishtiroki yo'q deb da'vo qilsa ham yaqinda MKH  Sirte va Jufrani nazorat qilishiga yo'l qo'ymaslik, va shuningdek Vagner orqali  aralashi bilan bir qatorda Hafter kuchlariga harbiy samolyot bergandir. Fransiya esa yillar davomida Hafter uchun kiritgan  sarmoyalarning foydasini ko'rolmasligini ko’rgandan keyin, hech bo'lmaganda bir qismini olish uchun tashabbus qilib sulh tuzishni takrorlashga chaqirmoqda, boshqa tomondan esa Hafterning mag’lub  bo’lishiga va  orqaga urilishiga  sabab bo’lgan  Turkiyani tanqid qilmoqda. Maqsadi Turkiyani Liviya jarayonidan chiqarishga harakat qilmoqda.

Fransiyaning bunday munosabatiga shubhasiz, Liviyadan tashqari Sharqiy O'rta yer dengizidagi kuchlar kurashida ham yo'qotgan geosiyosiy ta'siri ham bordir. O'z navbatida, BAA va Saudiya Arabistoni bu jarayonda ajralib turmaslikka harakat qilishadi, aksincha Liviyadagi yo'qotishlarini minimallashtirishga va Misr va Arab Ligasi orqali muvozanatda bo'lishga harakat qilishadi. Shu o'rinda aytish mumkinki, Misr BAA va Saudiya Arabistoniga iqtisodiy va siyosiy bog'liqligi ta'sirida so'nggi voqealarga nisbatan to'g'ridan-to'g'ri  bir reaksiya ko’rsatganini aytish mumkin.

 MKH kuchlari Liviyaning  g’arbining to'liq nazoratini qo'lga kiritgandan so'ng, 6-iyun kuni MKH kuchlari Sirte va Jufrani egallab olish uchun "G'alaba yo'li operatsiyasini" boshlagandan keyin  Sisi ma'muriyati  ayni kun  Hafter  va Akile Solih bilan birga Qohirada to'planib, sulh va siyosiy jarayon boshlatishni  talab qilgan edi. "Qohira Deklaratsiyasi" nomi bilan qilingan bu taklif Hafterning  barcha tarafdorlari tomonidan ham  qo'llab-quvvatlandi.MKH Sirte va Jufrani ozod qilinishidan oldin sulh yo'qligini va bu mintaqalarda operatsiyalarga tayyorgarlik ko'rishni davom ettirishni e'lon qilganidan keyin yana bir harakatni amalga oshirgan Sisi, Sirte va Jufrani 20 iyun va Misrning "qizil chizig'i" deb e'lon qilgan edi.

 Va bu hududlar boshqalarining qo’liga o’tsa, Liviyaga harbiy  aralashishi mumkinligi ishorasini bergan edi.  Kelingan nuqtada Liviyada va mintaqada kuch taqsimlashi  yangidan  o'zgarishi muqarrar. Kelgusi kunlar  Liviya taqdirini aniqlaydigan voqealar ro’y berishi mumkin. Liviyadagi o'zgarishlar shubhasiz mintaqadagi o'zgarishlarni  ham shakllantiradi.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini  e’tiboringiz havolar qildik.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #MKH , #Hafter , #BAA , #Fransiya , #Liviya , #Turkiya

Aloqador xabarlar