kun tahlili 25-qism

Turkiya tashqi siyosatining yaqin tarixida Liviyaga o'xshash boshqa bir hodisa yo'q.  Turkiya Liviyada harbiy kuch ishlatib hech qachon muvaffaqiyatga erisha olaymaydigan bir muvaffaqiyat qo’lga kiritdi. Bo’lib o’tganlarni  navbati bilan ko’rib chiqamiz.

1439392
kun tahlili 25-qism

 

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos Doktor Murat Yeshiltashning Liviya haqidagi fikr mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turkiya tashqi siyosatining yaqin tarixida Liviyaga o'xshash boshqa bir hodisa yo'q.  Turkiya Liviyada harbiy kuch ishlatib hech qachon muvaffaqiyatga erisha olaymaydigan bir muvaffaqiyat qo’lga kiritdi. Bo’lib o’tganlarni  navbati bilan ko’rib chiqamiz.

2019 yil aprel oyida Hafter  boshlatgan  harbiy  to'ntarish tashabbusi bilan Tripolining ichki mahallalarigacha  yetib borgan  Hafter janggarilari, agar Turkiya Liviyaga aralashmagan bo’lsa  edi hozirgacha Tripolini egallab olib hamda Milliy yarashuv hukumatini MYHini   yo'q qilardi.

Tripolining  mag’lub bo’lishi bilan Turkiyaning O'rta yer dengizdagi  geosiyosiy   va raqobat  mudofaa pozitsiyasida yolg'iz qolishi mumkin edi.

Ushbu natijaga to’siq bo’lish uchun Turkiya ikki bosqichli bir strategiya kuzatib bordi. Birinchidan  "MYH"ga frontda to’qnashuvni tashkil etishga imkon beradigan keng qamrovli harbiy strategiyani ishlab chiqdi. Shunday qilib, doimo frontda Hafterga yutqazgan "MYH" kuchlari orasida tartib va nizomni  o'rnatib, mudofaa pozitsiyalarini mustahkamladi.

Ikkinchidan, Turkiya  MYH kuchlarini Hafter  qarshisida harbiy jihatdan  himoya qilib hujumga o'tishga imkon beradi. Zirhli vositalardan tutib  İHA   va SİHAlar bilan MYH quruqlikda tezkorlik va tezlikni ta'minlab havoda  esa Hafterga  qarshi hukmronlik qilishlariga imkon berdi. Mazkur jarayonning  oxirida, MYH kuchlari Hafterni to'xtatish va ularni  orqaga   urushda  umidvor bo'la boshladilar.  Darhaqiqat, Hafter avval Tripolining janubidagi hududlarni yo'qotib qo'ydi va  ortidan  chekinishga majbur bo'ldi. "Vatiyening  olinishi, bir tomondan Tripoliga qarshi operatsiya  bosimini minimallashtirdi, boshqa tomondan  esa Hafter elementlariga nisbatan alternativalarni ko’paytirdi. Aslida, Vatiyening qo’lga  olinishidan  so'ng,   Terhunaning   olinishi Sirtega qarshi keng qamrovli bir  operatsiya boshlanishiga sabab bo’ldi. Bundan keyin mazkur strategik yutuqlarga aylantirish  juda juda muhim edi. Darhaqiqat, Turk  rasmiylari 17-iyun kuni Tripoliga yuqori darajada  tashrif buyurishdi.Tashrifdagi  maqsad  juda aniq edi: Liviyani yaxlitlashtirish va uni barqarorlashtirish. Agar bajarilsa, Turkiyaning O'rta yer dengizi miqyosida muvaffaqiyatli bo'lib  ustuvorliklarni yanada xavfsizroq qilish va O'rta yer dengizi mintaqaviy  kuch sifatida o'zini namoyon qilishi mumkin.

 Ushbu maqsadga diplomatik asosda muvaffaqiyatga erishish bilan  mumkin bo’ladi.  Bu nuqtada  bir necha  masalaning tagini chizish kerak.

Dastlabki fikrlardan biri Liviya muammosi Saudiya Arabistoni - BAA-Misr kontekstidagi mintaqaviy bir  muammo bo’lishidir.Bu Turkiyaning manevr qilish sohasini sezilarli darajada toraytiradi.Shuningdek, yuqorida tilga olingan mintaqaviy qarashlar jihatidan,Turkiyaning har mamlakat bilan o’zaro saviyada muammolari bo’lganidek, Minbtaqaviy nazariyalar  jihatidan ham katta farqlar bahs mavzusidir.Liviyada Turkiyaning ega bo’lgan  pozitsiya   ushbu uch tomonlama ittifoqni  juda ham g’azablantirmoqda.  Biroq, Liviyadagi yakuniy siyosiy yechimga erishish uchun ushbu mamlakatlar qandaydir jarayonning ichida ekanini  bilish kerak. Buning uchun ushbu davlatlarni diplomatik asosda saqlash juda muhimdir.

Aynan shu nuqtada Liviyada mavzusida Rossiya va Turkiya o'rtasida kelishuv  juda muhimdir.Rossiya, xuddi Suriyadagi kabi, Liviyada ham harbiy  vaziyatini  to'liq o'rnata olgani yo’q kabi.Boshqa tomondan, AQSh, Rossiyaning Liviya harakatidan borgan sari  bezovta  bo’layotgani bir haqiqatdir.Shuning uchun  Rossiyaning Liviyada  harbiy maydonlarini boshqa sohalarda aks ettirmasdan yechim  zaminini  qurish kerak.Shunday qilib, Misr-Saudiya-BAA  ittifoqi  operasin  qobiliyati minimallashtirilgan bo'lishi mumkin.Garchi AQSh Liviya tenglamasiga to'g'ridan-to'g'ri kirmasa ham, u Liviyani O'rta yer dengizi miqyosidagi strategiyalari nuqtai nazaridan  juda muhim deb bilishi  bir haqiqatdir. Shuning uchun Turkiya Rossiyaning AQShga qarshi pozitsiyasidan foydalangan holda Liviyada muvozanatni yarata oladi.Turkiyaning Liviyada strategiyasining eng muhim qismi esa MYHning amaldagi mavqeini mustahkamlash uchun islohot qadamlarini tezda  amalga oshirishi kerak. Buning uchun siyosiy o'tish jarayonida, ayniqsa Liviyadagi xavfsizlik sektorida muhim rol o'ynaydigan siyosiy, ijtimoiy va sotsiologik zamini  mustahkamlashishi  juda muhimdir.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos Doktor Murat Yeshiltashning Liviya haqidagi fikr mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik 

 

                     

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AQSh , #Muvozanat , #Hafter , #Liviya , #Turkiya

Aloqador xabarlar