kun tahlili 23-qism

Yangi koronavirusning tarqalishi butun dunyo uchun to'liq shokka sabab bo'ldi. Ushbu shok AQShdagi namoyishlar bilan  yana ham kuchayganga o'xshaydi.

1430276
kun tahlili 23-qism

                                                        

                       Global o’zgarishning qiyinchiliklari

Yangi koronavirusning tarqalishi butun dunyo uchun to'liq shokka sabab bo'ldi. Ushbu shok AQShdagi namoyishlar bilan  yana ham kuchayganga o'xshaydi.

Ba'zilarining fikriga ko'ra, ushbu epidemiya  xalqaro hamjamiyat  uchun Ikkinchi Jahon Urushidan beri ko'rgan eng keng qamrovli inqirozdir.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga taqdim etamiz ...

Garchi inqiroz global sog'liqni saqlash bilan bog'liq bo'lsa-da, xalqaro siyosatda  uzoq vaqtdan beri muhokama qilinib kelgan  mavzularidan biri bo'lgan dunyo tartibini muhokamasining  takror avj olishidir . Ba'zilarining aytishicha, Xitoy rahbariyatida  yangi dunyo tartibi  poyda bo’lishini taxmin qilinmoqda. Boshqalari AQSh rahbariyati  yo’q bo'lishiga  sabab bo'ladi deya iddao etmoqda. Ba'zilarining aytishicha,  epidemiya globalizatsiyani  tugatadi; ayrimlar esa  global hamkorlik uchun yangi  bir davrni  boshlatishini   umid qilishmoqda.

 Taxminlar ular bilan  ham cheklanmaydi.  Epidemiya  milliy miqyosda millatchilikni kuchaytirishi, global savdo tarmoqlarini zaiflashtirishi va turli mamlakatlarda rejim o'zgarishiga olib kelishini  taxmin qilmoqdalar.

Bu o'zgarishlarning barcha shamollaridan xalqaro siyosat ta’sirlandi. Biroq, korona epidemiyasi global tartibni tubdan o'zgartirishga olib keladi deb da'vo qilishi juda qiyin.

Hozirgi inqiroz global  kuch  qobiliyatini qayta taqsimlash bilan bog'liq bir qiyinchilikdan   emas, balki global boshqaruv duch kelgan inqiroz sifatida paydo bo'lib davom etgandir.

Ehtimol, ushbu inqiroz hozirgi global tartibni o'zgartirish jarayoniga yanada qattiqroq bosim o'tkazishi mumkin.

Biroq, koronadan keyingi dunyo na yangi Xitoy tinchligi, na Amerika tinchligining tiklanishiga guvoh bo'ladi.

Aksincha, ikkala kuch bir-biri bilan musobaqada eskiradi va yanada muvozanatli dunyo tartibini yaratish uchun ko'proq imkoniyatlar paydo bo'ladi. Eng muhimi, AQSh va Xitoy o'rtasidagi geosiyosiy va iqtisodiy kurashning mazmuni va miqyosiga qarab, xalqaro tizimning umumiy xarakteristikasi va mintaqaviy quyi tizimlardagi geosiyosiy raqobat yangi davrda farq qiladi.Xalqaro miqyosda inqiroz global miqyosda  iqtisodiyotning qisqarishi sifatida his qilinadi. Jahon iqtisodiyotida tiklanish va  normallashish  jarayoni esa  epidemiyaning  qachon tugashiga qarab davom etadi.

Boshqa tomondan, AQSh-Xitoy raqobati ba'zi bir geosiyosiy oqibatlarga olib keladi. AQShning Xitoyga nisbatan qattiqqo'l munosabatni qabul qilish orqali yanada qattiqqo’l  strategiyasini qabul qilishi Osiyo-Tinch okeani geosiyosiy va xavfsizlik muammolarini chuqurlashtirishga AQShning  ba'zi xalqaro shartnomalar va institutlardan chiqish orqali global boshqaruv masalalarini yanada diversifikatsiya qilishga olib keladi.Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan noaniqliklar Xitoyning o’xshash strategiyani o’zlashtirishi bilan AQSh strategiyasini teng ravishda muvozanatlashtiradigan ko'chirish strategiyasining qabul qilinishi bilan yanada ko'payadi. Ushbu raqobat natijasida global geosiyosiy muhit mo'rt tuzilishga ega bo'ladi. Shuningdek, AQSh-Xitoy asosidagi qattiq raqobat boshqa mintaqaviy quyi tizimlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu sababli, Yevropa Ittifoqi, Transatlantik munosabatlar, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo miqyosidagi geosiyosiy tebranishlar  xayoli juda yuqoridir. Biroq, bularning barchasi dunyo tartibining tugashini e'lon qilish uchun yetarli emas

Korona epidemiyasi dunyoni qanday o'zgartirishi AQShda nima bo'lishiga bevosita bog'liq. So'nggi namoyishlar natijasida paydo bo'lgan yoriqlar AQShning global yetakchiligini yanada zaiflashtiradi. Koronaning ta'siri bilan yangi  bir siyosiy  zamin  shakllangan vaziyatda.  Bu zamin Amerikada irqchilikka qarshi namoyishlar sifatida paydo bo'lar ekan, boshqa  hududlarda boshqa sabablar bilan  paydo bo'lishi va keng tarqalishi mumkin.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzu bo'yicha fikr va mulohazalarini e’tiboringiz havola qildik. 

 


Tanlangan kalimalar: #Kuch , #Xitoy , #AQSh , #O'zgarish , #Koronavirus

Aloqador xabarlar