kun tahlili 22-qism

15 iyul  to'ntarish tashabbusidan so'ng, Prezident Erdo’g'an rahbariyatida milliy xavfsizlik sohasida Turkiya tomonidan qabul qilingan yangi doktrinasi.

1425853
kun tahlili 22-qism

 

Turkiyaning xavfsizlik doktrinasi

15 iyul  to'ntarish tashabbusidan so'ng, Prezident Erdo’g'an rahbariyatida milliy xavfsizlik sohasida Turkiya tomonidan qabul qilingan yangi doktrinada  tahdid manbai  Turkiyaga yetib  kelmasdan turib  yo'q qilishni maqsad qilib olinib   shu bilan birga harbiy operatsiyani amalga oshirishni  maqsad qilib qo'ygan, Turkiya bilan ko'plab davlatlar harbiy hamkorlik shartnomalari tuzgan holda, u yerlarda   o’z bazalarini o'rnatdi, Turkiya  faqatgina  yumshoq bir  kuchdan ko’proq bosqichma bosqich hududda yirik bir harbiy kuch holiga keldi. Turkiya  yana sanoat sohasiga kiritgan sarmoyalar bilan o’z harbiy ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda muhim bir eksportchi  davlat holiga keldi.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzuga doir  fikr va mulohazalarini e’tiboringizga taqdim etamiz ...

Turkiyaning milliy xavfsizligi  tushunchasi va siyosatida ayniqsa 15 iyul to'ntarish tashabbusidan keyin keskin o'zgarishlar kiritildi.

To'ntarish tashabbusiga olib keladigan jarayonda Turkiya ham, PKK terror tashkiloti  hamda DEASh tashkilotining nishoni  edi,  Suriya  masalasi bilan  birgalikda muhokama qilinib Turkiya o’ziga qarshi tahdidlarni  o’z  manbaida yo'q qilishga qaratilgan yangi xavfsizlik doktrinasini qabul qildilar.

Shu nuqtai nazardan, to'ntarish tashabbusidan so'ng darhol Firot  Qalqoni operatsiyasi boshlandi va Azezdan Jerablusgacha  bo'lgan katta hududni, shu jumladan Bab shahrini DAESh va PKKdan tozalash orqali xavfsiz bir  hudud yaratildi.

                      Turkiya, PKK terror tashkilotining Suriyada  DEAShga qarshi kurash bahonasi bilan  AQShning  bir terroristik davlat qurish harakatiga aralashganligini ko’rib  va uning oldini olish uchun to'g'ridan-to'g'ri choralar ko'rishga boshlagandir. Firot qalqoni amaliyotidan so'ng Suriyada Zaytun novdasi  va Afrin operatsiyasi bilan Tinchlik rejasi harakati  va Tel Abyad va Rasulayn kabi mintaqalarni  terrorizmdan tozalagandir.

                      Turk Qurolli Kuchlari bilan bir qatorda, ta’lim ber va jihozlantir  dasturi doirasida qatnashgan Suriyaning muxolif guruhlarini hissasi bor.

Turkiya, Idlibda Bahor qalqoni amaliyoti bilan mintaqadagi gumanitar inqirozni to'xtatdi va yangi  bir qochqinlar oqimining oldini olishga harakat qildi. Turkiya, Iroq shimolida ham chegara janglarini davom ettirmoqda. Qarorli  operatsiyasi bilan mintaqadagi PKK terror tashkilotining  unsurlarini  yo'q qilmoqda.

 Yana Turkiya, razvedka tashkiloti yordami  bilan  PKKning yuqori darajali kadrlarini Iroq-Suriya hududlarida  yo’q qilmoqda. Turkiya bu harbiy harakatlarning barchasini quruqlik va havoda ayniqsa o'z mudofaa sanoati  bilan ishlab chiqilgan uchuvchisiz havo vositalari  juda samarali ishlatildi.

Turkiya barcha bu harbiy harakatlarda o’z mudofaa sanoatini  rivojlantirib  uchuvchisiz havo vositalari bilan bir qatorda quruqlik va havo vositalarini juda ta’sirli ravishda qo’llanmoqda. Turkiya rivojlantirgan harbiy kuchi, yo’ldan uruvchi jihatdan muhim bir burilish nuqtasini  tashkil etmoqda.

Turkiya Iroq va Suriyada operatsiyalarga davom etar ekan, boshqa bir tomondan, Liviyadagi Milliy Yarashish Hukumati bilan harbiy bitimlar tuzish jarayonida bu o'lkada muhim bir  harbiy mavqega ega  bo’ldi , Qatarda, Somalida harbiy bazalar tashkil etdi.  Somalida tom ma'noda bir davlatni tiklash ishlarini amalga oshirgandir.

Turkiya yangi harbiy doktrina bilan endi yumshoq bir kuch bo’lishdan tashqari  yo’ldan uruvchi bir harbiy vaziyatiga kelgandir. Milliy mudofaa sanoatida o’z qurol tizimini ishlab chiqargan bir kuch vaziyatiga keldi.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning  mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga taqdim etdik.

 



Aloqador xabarlar