Kun tahlili 19- qism

So'nggi haftalarda Iroq va Suriyada terror tashkiloti DAEShning hujumlari grafikasida keskin o'sish kuzatilgan.

1413612
Kun tahlili 19- qism

 

DEASh koronvirus davrida yangidan o'zini  tiklanish izida

So'nggi haftalarda Iroq va Suriyada terror tashkiloti DAEShning hujumlari grafikasida keskin o'sish kuzatilgan.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning  mavzuga doir fikr va mulohazalari e’tiboringizga havola qilamiz ...

 Bu yuksalishning  ortida terror tashkiloti DAESh tomonidan qabul qilingan yangi  bir strategiya turganini  aytish mumkin.

Tashkilot koronavirus tarqalishini  yangi hujumlarni tashkillashtirish, izdoshlarini rag'batlantirish va Yaqin Sharq, Afrika va Osiyodagi beqaror hududlar uchun alternativa bir aktyor ekanini mustahkamlash uchqun foydalanmoqda.

Ushbu strategiyani cho'l partizanlari strategiyasi sifatida aniqlash mumkin. Ushbu strategiyaning bir qismi sifatida, DEAShning buyuk strategiyasi, Firot daryosining sharqiy va g'arbida  oldingi tarmoqlarini tiklashga urinib, mintaqaviy kuchini yangidan tiklashdan iborat.

Terror tashkiloti DAEShning koronavirus epidemiyasi davrida amalga oshirmoqchi bo'lgan strategiyasini amalga oshirishga intilishi, koronadan kelib chiqqan beqarorlikdan  foydalanib global tirilishga o'tish orzui natijasidir.

Pandemiya boshlanganidan beri, DEASh Afg'oniston, G'arbiy Afrika, Markaziy Afrika, Sohil, Misr va Yamanda operatsiyalarini tezlashtirdi, chunki dunyo bo'ylab xavfsizlik amaliyoti zaiflashdi. Iroq, Maldiv orollari va Filippindagi xurujlar epidemiya sababli yuzaga kelgan bo‘shlikdan foydalanganligi ko'rinib turibdi. Ushbu mamlakatlardan tashqari, u G'arbga hujum qilishga chaqiriqlarni ham e'lon qildi.

Terror tashkiloti DEASH, korona pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqirozni fursat sifatida ko'rib terrorchilik hujumlari strategiyasida qaytadan  ko'rib chiqilganligi tushunilmoqda.

Bu imkoniyat, ayniqsa Iroq va Suriyaning  anti-DAESh koalitsiyasi   davom etgan operatsiya va  mahalliy unsurlaridan tashkil topgan DEAShga qarshi kurash siyosatlarida  koronavirus sababli  o’zgarish kiritishning ortidan yana ko’proq poyda bo’ldi.

Terror tashkiloti bu vaziyatdan tezda foydalana boshladi va yersiz-xalifalik davridan keyin amalga oshirgan yangi moslashuv strategiyasini olib keldi.

Fransiyaning Iroq bilan kelishgan holda o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishi, AQSh harbiy kuchlarining ba'zi harbiy bazalardan olib chiqib ketilishi va  harbiy  mashg'ulotlarining to'xtatilishi Iroqdagi DAEShga qarshi kurashni susaytirgan bo'lsa-da, tashkilotning Iroqdagi hujumlari tez sur'atlar bilan kuchayishga sabab bo’ldi.

Boshqa tomondan, Suriyadagi YPG-SGD nazorati ostidagi Firotning sharqida, DEASh ham ichki halqa sifatida o'zini namoyon qiladi va o'zini harbiy kuch deb belgilaydi, bu Iroqdagi hujumlarni davom ettirish imkoniyatini beradi.

Terror tashkiloti DAEShning Iroqdagi faolligi ko'p keng bir  jug'rofiy hududda tarqalgan sunniy arab yerlarida sodir bo'lmoqda. Hujumlarning namunalari DAESh a'zolari xavfsiz ravishda o'tishlari mumkin bo'lgan ta'minot va qo'llab-quvvatlash tarmoqlarining mavjudligini tasdiqlaydi.

Bu bir vaqtlar "ko'rinmas xalifalik" hukmronlik qilgan hududlarda DAESh qabilaviy tuzilmalaridan foydalanish orqali mumkin.

2020 yil aprel oyi davomida DEASh terror tashkiloti dunyoning turli mintaqalaridagi faoliyatini sarhisob qiladigan ikkita infografikani nashr etdi ("Jangchilar hosili"). 2020 yil 2-8 aprel kunlarini  o’z ichiga olgan  infografik ma'lumotlarga ko'ra, ushbu davrda 60 ta hujum amalga oshirilgan.

Eng ko'p qurbonlar G'arbiy Afrikada bo'lishiga qaramay, DAESh tadbirlarining yarmi Iroqda amalga oshirilgan. 16 aprelda DAESh 2020 yil 9-15 aprel kunlari orasida  global miqyosdagi  faoliyati  sarhisob qiladigan yana bir infografikani nashr etdi. Ushbu davrda 49ta hujum amalga oshirildi, ulardan 33 tasi Iroqda.

Iroqdagi hujumlarning katta qismi aprel oyida,  koronavirus  tufayli komendantlik soati cheklangan paytlarda ro'y bergan. Ammo hukumat Iroqdagi tartibsizliklar, ziddiyatli hududlardagi mojarolar, epidemiya sababli harbiylar sonining kamayishi va AQShning o'zgaruvchan pozitsiyasi DAEShuchun imkoniyatlar yaratmoqda.

Ushbu holat Iroqdagi razvedka ma'lumotlarida aks etgan DAESh jangarilarining soni 3000 atrofida ekanligini va bu davrda hujumlar qanday ko'payishini tushuntiradi. Suriyadagi noaniqlik DAESh uchun ushbu imkoniyatni yanada kuchaytiradi. Suriya qamoqxonalaridan qochgan 500ga yaqin DAESh jangarisi Iroqda yashirin terrorchilik kampaniyasini olib borishda yetarli ko'rsatkichga ega.

Koronadan oldingi davr bilan taqqoslaganda, Iroq  DAEShga qarshi amalga oshirilgan operatsiyalarning oyiga o'rtacha 20 tani tashkil etib, DEASh terror tashkiloti ortib borayotgan tahdid ekanligini isbotlamoqda.

Yana, DAESh xurujlari zarbasi, bu mahalliy qo'rqitishdan murakkabroq hujumlarga o'tganligini ko'rsatadi.

Ularning hujumlari  oldindan mahalliy amaldorlarning suiqasdlariga va unchalik murakkab bo'lmagan hujumlarga qaratilgan edi, terror tashkiloti DEASh koronavirus tarqalishi bilan birga IYP, politsiya va askarlarga ko'proq hujum uyushtirdi.

Hujumlarning yaxshilangan va yanada uyushgan xarakteri Iroqning harbiy kuchlariga ko'ra, DEASh terror  tashkilotining yangi rahbari Abu Ibrohim al-Xashimiy al-Qurayshining 2019 yilda AQSh tomonidan o’ldirilgandan  keyin ta'siri ottirishga xizmat qiladi.

 Suriyada ham Iroqda bo'lgani kabi, DAEShning Suriyadagi hujumlarini kuchaytirganini ko'rsatmoqda. Suriyadagi eng muhim hujumlardan biri 9-aprel kuni DAESh jangarilari Suxna shahri va  rejimiga qarashli joylarni nishonga olishgan paytda ro'y bergan.

Rossiya havo hujumlarini qo'llab-quvvatlaganiga qaramay, Suriyadagi Inson huquqlari kuzatuv uyi  ma'lumotlariga ko'ra, ikki kun davom etgan to'qnashuvlarda 32 rejim harbiy xizmatchisi  halok bo'ldi va 26 DAESh janggari o'ldirildi.

Hozircha na DAESh, na boshqa biron bir tashkilot hujum uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olgani yo'q. DEASh bir yildan beri Suriya armiyasi, shia militsiyasi va SDG uchun faol bir faoliyat olib bormoqda. Ushbu harakatlarning namunasi shuni ko'rsatadiki, DAESh bomba vositalariga hujumlarni kuchaytirish, pistirma, minalarni o'rnatish va qurolli hujumlar kabi tez-tez ishlatiladigan hujumlarni ko’rsatmoqda.

Natijada, terror tashkiloti DEASh, korona epidemiyasini fursat sifatida ko'rayotganligi tushunilmoqda. Kuzatilishicha, Suriyani  va  Iroq  ko'proq nishonga olingan ikkinchi mamlakat. Biroq, Iroqni yanada diqqat bilan kuzatib borish kerak.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning  mavzuga doir fikr va mulohazalari e’tiboringizga havola qilamiz ...

 

 

                     

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Terror tashkilot , #DEASh , #19- qism , #Kun tahlili

Aloqador xabarlar