Kun tahlili 17- qism

Turkiyaning milliy yarashuv hukumat  (MYH)ga  berishga  boshlagan harbiy yordam bilan yangi bir davra kerar ekan,  birinchi marta MYH kuchlari to’ntaruvchi General Hafterga qarshi siljishga boshladi.

1404679
Kun tahlili 17- qism

 

                                Liviya sohasida o’zgargan muvozanatlar

Liviyada uzoq muddatdir davom etib kelgan to’qnashuvlar oxirgi davrda Turkiyaning milliy yarashuv hukumat  (MYH)ga  berishga  boshlagan harbiy yordam bilan yangi bir davra kerar ekan,  birinchi marta MYH kuchlari to’ntaruvchi General Hafterga qarshi siljishga boshladi. MYH kuchlari g’arb tarmog’ida  strategik ahamiyatga ega katta  bir harbiy harakat boshlatib yubordi.

SETA/ Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning mavzu bilan aloqali fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz…

To’ntaruvchi General Hafter Birlashgan Arab Amirlik (BAA) bilan bir qatorda Misr, Saudiya Arabiston, Fransiya, Isroil va eng so’ng  esa Rossiyaning himoyasini olib Birlashgan millatlar tashkiloti  oldida qonuniy  hokimiyat bo’lgan MYHga qarshi bir isyon boshlatgan edi. General mamlakatning sharqiy tomonida Misr chegarasida bo’lgan To’bruk shahariga alternativa bir ma’muriyat  tashkil etib

yuqorida aytib o'tilgan mamlakatlarning  yordami bilan Derne va Beng'ozi kabi mintaqalarni o'z zimmasiga olishga muvaffaq bo'ldi va keyin Tripoli va Misrata kabi MYHning  qo'lidagi katta shaharlarni nishonga olishga harakat qilishdi.

Hafter Liviyaning ichki muvozanatidan ko’proq , manfaatdor mamlakatlarning vakili sifatida harakat qilib, ushbu mamlakatlarning manfaatlarini ko'zlab Liviyada hukmronlik qilishga intilmoqda edi.

MYH  kuchlari, o'z navbatida, BMT oldida qonuniy hokimiyat  bo'lsa ham, yetarli xalqaro yordam ola olmadi. MYHning islomiy harakatlardan  tashqari, BAA kabi mamlakatlarning xalqaro  tashkilotlar ustidagi  ta'siri, ayniqsa AQSh Prezidenti  oldida  olib borilayotgan lobbi faoliyati natijasida  MYHning qo'lini zaiflatmoqda edi.

Turkiya Hafterni  qo'llab-quvvatlagan  koalitsiya qarshisida aniq pozitsiya olib  qonuniy hukumatning  yonida turishni tanladi. Turkiya esa Hafterni qo’llab- quvvatlagan koalitsiyaga qarshi aniq bir pozitsiya olib qonuniy Liviyada Misr yoki Suriya tajribasining sodir bo’lmasligi uchun sa’y-harakat qilar ekan, Liviyaning  faqat latviyaliklarning suvereniteti ostida qolishini ta'minlash uchun siyosiy choralar ko'rmoqda edi. Faqat natijada Hafterga qarashli kuchlar Tripolini tahdid etish bilan birgalikda MYH kuchlari bilan kelishuvga borib, maydonda harbiy haqiqatni o'zgartirish uchun  choralar  ko'rildi.  Bir turk birligi ta’lim va maslahat berish uchun Liviyaga o’rnatildi. Tripoli va Misrata havo hududlarida nazoratni ta'minladi.

MYH kuchlari  zamonaviy harbiy texnikalar bilan qo'llab-quvvatlanar ekan, ayniqsa TB2 uchuvchisiz  havo vositalari Hafter  kuchlarining harbiy ustunligiga yakun yasadi.

Natijada Turkiyaning maydonda o’z ta’sirini  o’tkazish bilan Hafter va himoyachilarining Tripolini   qo’lga olish xayollari puchga chiqar ekan MYH kuchlari qarshi  hujumga  o’tib Tunis chegarasini takror  o’z nazoratiga olishni bajardilar. Mamlakatning g'arbiy tomonidagi strategik ahamiyatga ega havo bazasi al Vatiyyeni   qamal ostiga olar  ekan, Tripolining janubi-sharqiydagi muhim Terhuna shahrini ham  qo'lga kiritish uchun keng qamrovli  bir operatsiya boshlatildi. Maydon haqiqatlari  MYHning  foydasiga o'zgartirildi.

SETA/ Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar