Kun tahlili 13- qism

Korona virusi butun dunyoda tez tarqalishda davom etmoqda. Global epidemiyaga aylangan kasallik deyarli besh yuz ming kishiga yuqtirilgan vaziyatdadir.

1386394
Kun tahlili 13- qism

 

Korona virusi butun dunyoda tez tarqalishda davom etmoqda. Global epidemiyaga aylangan kasallik deyarli besh yuz ming kishiga yuqtirilgan vaziyatdadir. ko'plab mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishini larzaga keltira boshladi. Ayniqsa Yaqin Sharq mamlakatlari, kuchli davlat asboblariga ega bo'lmagan sog'liqni saqlash tizimlari zaif  mazkur  mamlakatlar  latta qiyinchiliklarga bilan duch kelmoqdalar.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzuga doir va fikr va mulohazalarini  e’tiboringizga havola qilamiz .

Korona virusi butun dunyoda bo'lgani kabi Yaqin Sharqda ham tarqalar ekan, mintaqaning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishini  silkitishga  boshladi. Ayniqsa, davlat qurilmalari yetarli darajada kuchli bo’lmagan, iqtisodiy tuzilmalari zaif va sog'liqni saqlash tizimlari kuchli bo’lmagan davlatlar,  virusga qarshi juda zaif ahvoldadir. Bu doirada  o’rnak beradigan  ikki mamlakat  Suriya va Yamandir. Bu davlatlar ichki nizolar tufayli yetarli darajada,   kuchli bo’lmagan  sog’lik tizimi va  epidemiyaga qarshi kurashishga qodir emas. Afsuski, ularning holatlarini  testdan o’tkazish  va aniqlash va karantin  choralarini ko'rish juda ham qiyin. Shu bilan birga, ushbu mamlakatlarning  bo'lingan tuzilishi epidemiyaga   qarshi bir  markaz orqali aralashish imkoniyati yo’q . Hozirgi  Suriyada rejim, muxoliflar va PKK mintaqasi sifatida uch farqli ma'muriyat mavjud bo’lib, Yamanda ham shunga o'xshash vaziyat mavjud.

Eron esa  korona epidemiyasi bo'yicha davlat uskunalari yetarsiz boshqa  bir davlatdir. Kasallikning tarqalishining  oldini olish mumkin emas ekan, siyosiy irodaga tobora putur yetkazmoqda. O'z navbatida Eron mintaqadagi proksi urushiga sarmoya kiritar ekan,  o'z resurslarini isrof qilishga davom etmoqda. Bundan tashqari, talablarning pasayishi sababli neft narxlari ham  so'nggi yillarning  eng past darajaga yetdi.

Bu vaziyat AQSh sanksiyalari ostida bo'lgan Eron uchun yana ham  bir qiyin bir masaladir. Albatta, neft narxining pasayishi nafaqat Eronni, balki Iroqni va Yaqin Sharqdagi boshqa Ko'rfaz mamlakatlarini  ham majbur qila boshlagan vaziyatdadir.

Iroqda byudjetining 90 foizi neft daromadlariga bog'liq bo'lib etnik va mazhablar aro farli etnik kelishmovchilik  harakatlangan bir davlat sifatida  juda katta xavf ostida. Virus uzoq vaqt davomida tarqaladigan ssenariyda hatto hududiy yaxlitlikka  tahdid solishi mumkin.

Ko'rfazning boy mamlakatlari o'z mablag'larini sarflash hisobidan o'zlarini himoya qilishga harakat qilsalar ham, ular ishlab chiqarish iqtisodiyotiga ega  bo’lmagani uchun oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan jiddiy qiyinchiliklarga  bilanduch kelishlari mumkin. Oxir oqibat, Yaqin Sharq neft eksportiga va hukumatning zaif qurilmalariga qaramli bo’lishi  katta inqirozga  aylanadiganga  o'xshaydi. Iroq va Eron bilan bir qatorda, davlat budjetlarining katta qismi neft eksportidan keladigan daromadlar bilan bog'liq bo'lib, Fors ko'rfazi mamlakatlari ham  katta iqtisodiy inqirozga duch kelish ehtimoli juda katta. Korona virusi qo'zg'atgan global regressiya jarayoni neft narxini 20 dollargacha pasaytiradi va tegishli mamlakat budjetlarini boshqarib bo'lmaydigan holga keltiradi. Sanksiyalar bilan kurashayotgan Eronga  bu vaziyat yanada jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Virus tarqalishi bilan mamlakatda  ijtimoiy  voqealarni ham  avj oldirishi mumkin. Agar virus  tarqalishga davom etgan taqdirda Yaqin sharqada  Turkiya kabi mustahkam davlat apparatiga ega,  ishlab chiqarish  iqtisodiyoti va oziq-ovqat xavfsizligini   ta’min etgan bir necha davlat  omon qolishi mumkin.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu  doir va fikr va mulohazalarini  e’tiboringizga havola qildik 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar