Kun tahlili 12- qism

Yanvar oyida Xitoyning Uuxan  viloytida  paydo bo'lgan va uch oy  kabi  qisqa  bir vaqt ichida butun dunyoga tarqalib ketgan Korona virusining yangi turi (Covid 19), global tizimni larzaga solganga o'xshaydi.

1381454
Kun tahlili 12- qism

 

Yanvar oyida Xitoyning Uuxan  viloytida  paydo bo'lgan va uch oy  kabi  qisqa  bir vaqt ichida butun dunyoga tarqalib ketgan Korona virusining yangi turi (Covid 19), global tizimni larzaga solganga o'xshaydi. Jahon siyosati so'nggi o'n yil ichida global o'zgarishlarga guvoh bo'ldi.

11- sentabr bilan global  xavfsizlik tizimi  inqiroziga duch keldi, keyin DAEShning  paydo bo'lishi va tarqalishi bilan global xavfsizlik inqirozi yana  chuqurlashdi. 2008 yilda butun dunyo global moliyaviy inqiroz bilan  duch keldi.

O'tgan o'n yilga  qaramay, global tizim yaxshilanish o'rniga, yomonlashishga qarab davom etdi.  iqtisodiy ko'rsatkichlar qaytadan   ziddiga   aylanishga boshladi. Aslida, AQSh va Xitoy o'rtasidagi savdo urushlari so'nggi yillarda global iqtisodiy tartibga tahdid solayotgan bir paytda, yangi  bir global inqiroz  bo'lishi yana ham kuchayib bordi.

Global siyosiy inqirozlar, o'ng qanotning ko'tarilishi, xalqaro institutlarning faoliyati borgan sari yo'qolishi va Suriya inqirozi kabi chuqur muammolar esa global tizimning kelajagini  ko’zdan kechirishga sabab bo’ldi. Biroq, hech kim bu muammolarni umidsiz va kelajakka ishonchsiz deb talqin qilmadi. Shu bilan birga, Korona epidemiyasi kutilgan va ko'rinishida   yana ham chuqurroq inqirozga ishora qilmoqda va global tizimning kelajagini  tobora noaniq  holga kelmoqda.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor  va Muallif Dotsent  Doktor Murat Yeshiltashning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.  

Korona  birinchi navbatda inson salomatligi bilan bevosita bog'liq global bir  sog'liqni saqlash muammosidir. 1980 yillaridan beri inson xavfsizligi dunyo siyosati va dunyo xavfsizligining markaziy masalalaridan biri sifatida ko'rib chiqilmoqda.

Korona epidemiyasi odamlarning xavfsizligi va global sog'liqni saqlashdan tashqari ta'sir ko'rsatishga  boshladi. Birinchi va eng asosiy ta'sir shubhasiz global iqtisodiyotga  bo’lgan ta'siridir. Epidemiyaning  qay darajada tarqalishi, qachon uni nazoratga olish mumkinligi, inson salomatligiga yetkazadigan zarari va qaytalanishi bilan bog'liq. Ushbu noaniqliklar jahon iqtisodiyotga ta’sir tashlashga boshladi.

Xitoyning o'sish ko'rsatkichlari teskari tomonga o'zgarganligi, Xitoyning mahsulot  ishlab chiqarishi faoliyati  ba'zi nuqtalarda to'xtab qolishi,  Italiya, Fransiya, Germaniya va Ispaniya kabi Yevropaning lokomotiv iqtisodiyotlari Korona tufayli AQSh kabi o'yinchilarni safarbar qilgan. Amerika markaziy bankining FED tomonidan 700 milliard dollarlik yirik aralashuviga qaramay, bozorlar bu aralashuvga ijobiy javob bermagan. IMF kabi global iqtisodiy tashkilotlarning taniqli nomlaridan biri  bo’lgan Kennet Rogoff dunyo iqtisodiyoti ketma-ket qisqarishini ta'kidlagan. Oksford tadqiqot instituti, shuningdek, tashqi qarzga ega rivojlanayotgan davlatlar  o’z qarzlarini to'lashda qiyinchiliklarga  bilan duch kelishini bildirdi.

Boshqa tomondan, AQSh markaziy banki pulni kengaytirish siyosatini amalga oshiradi, bu usul  esa  unchalik ko’p  qo'llanilmaydi. O'z navbatida, Fransiya Koronaga qarshi kurash uchun 500 milliard yevrolik  katta budjet 'ajratishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Ko'rilayotgan choralar iqtisodiyotdagi retsessiyani sekinlashtirmaydi, chunki haqiqiy bozorlar to'xtab qolgan. Agar shu yo'l bilan boradigan bo'lsak, yaqin ikki yil ichida global iqtisodiyotning tiklanishi dargumon ko’riladi.

Bunday vaziyat global iqtisodiy inqirozga olib kelishi mumkin va iqtisodiyoti zaif mamlakatlarning cho'kishiga olib kelishiga  sabab bo’ladi . Shu sababli, Korona epidemiyasi global iqtisodiyotni inqirozga emas balki tarixiy inqirozga solib qo'yishi mumkin va bu global iqtisodiyotdagi tarkibiy vaziyatni keltirib chiqarishi  hammumkin.

Dunyo tizimining kelajagiga tegishli bo'lgan korona epidemiyasining ikkinchi yo'nalishi global xavfsizlikka bevosita daxldir bo’lishidir. Turkiya Respublikasi  ma’lum qilganidek  muammo "global, lekin kurash milliy ".Har davlat  o'zini qutqarish uchun kurash usulini qo'llashga harakat qilmoqda.

Xitoy, Italiya, Fransiya, AQSh, Ispaniya va Yevropaning ko'plab mamlakat  keskin choralar ko'rishga boshladilar. Boshidan buyon Turkiya respublikasi eng qiyin chora-tadbirlar  olgan davlatlar qatorida.

Barcha mamlakatlar deyarli bir-biri bilan havo aloqalarini to'xtatmoqdalar . Fransiya barcha quruqlik chegaralarini yopganini e'lon qildi. O'z navbatida Britaniya ham Yevropa va dunyoga qarshi turlicha strategiyani qo'llab-quvvatlamoqda.

Britaniya jamoatchiligida vahima havosi tarqalayotganini ko'rsatmoqda. Boshqa tomondan, Fransiyada mahalliy saylovlarning ikkinchi davri bekor qilindi.

O'z navbatida Britaniya ham Yevropa va dunyoga qarshi turlicha strategiyani qo'llab-quvvatlamoqda. Ispaniya xususiy shifoxonalarni boshqarish ishi  davlatga o'tganligini ma'lum qildi.

Gollandiyada, 1973 yilgi neft inqirozidan keyin birinchi marta bosh vaziri millatga murojaat qilib  nutq so'zladi. AQShda virusdan eng ko'p zarar ko'rgan hududlarda  qurollanishlar  kuchaydi. Agar shunday bo'lsa, vahima havosi milliy xavfsizlikka  chuqur muammolarni  keltirib chiqarishi va keyinchalik davlatlar aro ta'sirga  tashlashga olib kelishi mumkin.

Korona pandemiyasi global iqtisodiyot va global xavfsizlik kabi ikkita fundamental tizim ustunini silkitgan vaziyatda. Ushbu ikki ustun global tizimning kelajagining  qanday shakllanishiga bevosita ta'sir qilishi mumkin. Keyingi tajribalar barcha aktyorlar uchun moslashuv jarayoniga aylanadiganga  o'xshaydi. Birinchidan  chidamlilik fardi ravishda mamlakat iqtisodiyoti orqali amalga oshiriladi.

Bu global tizimning kelajagiga qanday bir shakl berish va  to’g’ridan ta’sir qoldirishi mumkin.

Kuchli iqtisodiyotlar  epidemiyaga qarshi olinadigan tadbirlar mavzusida moliyaviy qiyinchilik chekmasligi mumkin.  Faqat global iqtisodiyotlarda o’rtaga chiqqan to’lqinlar natijada  ulkan iqtisodiyotlarga yana ko’p ta’sir qoldiradi.  Baribir zaif iqtisodiyotlarda  yo‘qotadigan  ko'p narsa bo'lmasa kerak. Ikkinchi chidamlilik sinovi esa  ijtimoiy va  shaxsiy  psixologiya  borasida  bo'ladi.

Vahima ko'taradigan shaxslar ortgan sari  ijtimoiy psixologiya harakatlari tufayli  siyosiy taranglikka olib keladi. Ijtimoiy chidamliligi  kuchli bo’lgan jamiyatlar oz ziyon bilan jarayonni  boshidan o’tkazadi.  Uchinchi sinov davlatning barqarorlik sinovidir. Institutsionalizatsiya qilingan, standart protseduralarga ega va qarorlar  olish mexanizmi  kuchli  bo'lgan davlatlar ushbu davrni  kamroq zarar bilan o’tkazishi mumkin. Zaif davlatlar yana  ham zaiflashadi; ehtimol nochor  davlatlarga aylanadi.

Katta ehtimol bilan,  epidemiya tugaganda , o'rtada global   bir xaroba  bilan duch keladi. Ushbu  vayronagarchilik yangi bir  global tartib uchun qanday bir zomin  tayyorlaydi uni kutib  kutib  ko'ramiz.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor  va Muallif Dotsent  Doktor Murat Yeshiltashning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik .  

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Davlatlar , #Zarar , #Global , #Itisodiyot , #Korona

Aloqador xabarlar