Kun tahlili 11- qism

Opec plyus nomli Opec a'zolari bilan Rossiyaning tashkil etgan tashkilotlanishi uzoq vaqt davomida talab va taklif balansini tartibga solish orqali neft narxlarining ma'lum darajada saqlanishini ta'minlashga harakat qilmoqda.

1377854
Kun tahlili 11- qism

 

Opec plyus nomli Opec a'zolari bilan Rossiyaning tashkil etgan tashkilotlanishi uzoq vaqt davomida talab va taklif balansini tartibga solish orqali neft narxlarining ma'lum darajada saqlanishini ta'minlashga harakat qilmoqda.

Ayniqsa, AQShning  qoya neft ishlab chiqaruvchilari ishlab chiqarishni ko'paytirishi bilan, Opec plyus a'zolari asta-sekin o'zlarining bozor ulushlarini yo'qotib, narxlar barqarorligi o'rtasida dilemma ichida bo'lganliklari kuzatilsa ham ular hamkorlikni bir shaklda davom ettirishni bajardi. 

Biroq, koronavirusi tomonidan vujudga kelgan yangi to'lqin barcha mamlakatlarga zarba bera boshlaganda, jahon bozori chayqalib, yangi turg'unlik jarayoni boshlanganida, neft bozori shokka tushdi va Opec plyus mamlakatlari Saudiya Arabiston  va Rossiya boshchiligidagi qo'l jangi kurashiga kirishdilar.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalari e’tiboringizga havola qilamiz ...

Xitoyning Vuxan shahrida paydo bo'lgan va butun dunyoga tarqalgan korona virusi dunyo iqtisodiyotiga, shuningdek, global sog'liqqa tahdid sola boshladi. Virusdan keyin ishlab chiqarish tez sur'atlar bilan tushib ketar ekan, bu ko'plab rivojlangan iqtisodiyotlarga ta'sir ko'rsatdi, ayniqsa Xitoyda, karantindagi odamlar iste'mol xarajatlarini tezda kamaytira boshladilar.

Bunday holda, barcha tovarlar va ayniqsa neftni iste'mol qilishni tezda kamaytira boshladi.

Xalqaro valuta jamg'armasi va boshqa xalqaro moliya institutlari va banklarning baholashlarida  global inqiroz yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas.

Shu nuqtai nazardan, 2020 yilga kelib neftga talab sezilarli darajada kamayishi taxmin qilinmoqda. Jahon Energiya Agentligining kutishicha kuniga kamida 3-4 million barrel neftga talab kamayadi.

Neft bozorida talabning bunday keskin pasayishi kutilayotgan bir paytda, AQShda  qoya neft qazib olish uzoq vaqt davomida o'sishda davom etmoqda. AQSh kuniga 12-13 million barrel ishlab chiqarishga boshladi. Qoya neftni qazib olish bilan bog'liq.

texnologiyalar ishlab chiqarishi xarajatlarni  kundan-kunga pasaytirmoqda. Ushbu talab va taklifning yon ta'siri an'anaviy ishlab

chiqaruvchilarga, ayniqsa Saudiya Arabiston  va Rossiyaga katta qiyinchiliklar  tug’dirmoqda.

Saudiya Arabiston Opec plyus shartnomasini davom ettirishni va hatto 1,5 million barrelga qo'shimcha bilan ishlab chiqarishni qisqartirishni so'radi, Rossiya esa yangi shartnoma tuzishni istamadi, chunki yetkazib berishning  qisqarishi AQSh singari raqiblarining foydasiga bo’lib va  shunday qilib  bozor ulushini yo'qotdi deya qayd etdi.

Venadagi Opec sammiti muvaffaqiyatsiz tugaganida, qilichlar tortildi. Rossiya ham, Saudiya Arabiston ham ishlab chiqarishni ko'paytirish orqali bozor ulushini oshirish tomon harakat qilishlarini e'lon qilishdi.

Bunday bir holda, neft narxining 30 foizga tushishiga sabab bo’ldi. Tegishli ekspertlarning fikriga ko'ra, neft 20 dollarga qadar  tushishi mumkin. Ushbu raqamlar bilan  neft ishlab chiqaruvchi davlatlar

katta iqtisodiy inqirozga duchor bo'lishini taxmin qilishimiz mumkin deya bildirishdi.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalari e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Koronavirus , #Saudiya Arabiston , #Rossiya , #Neft , #OPEC

Aloqador xabarlar