Kun tahlili 10- qism

So'nggi haftalarda Idlibdan kelib chiqqan o'zgarishlar Suriya  jangida  yangi  bir bosqichga o'tganligini ko'rsatmoqda.

1373658
Kun tahlili 10- qism

 

So'nggi haftalarda Idlibdan kelib chiqqan o'zgarishlar Suriya  jangida  yangi  bir bosqichga o'tganligini ko'rsatmoqda.

Rossiya tomonidan qo’llab quvvatlangan Asad rejimiga qarashli quruqlik va havo unsurlari Idlibda strategik ahamiyatga ega M4 va M5 magistrallarni  qo’lga kiritish uchun  qilgan tashabbusiga Turkiyaning  qattiq  qarshilik ko’rsatishi Idlib bir lahazada dunyoning birinchi kun tartibidagi masalas holiga keldi. Eng so’ng 27-  fevral kuni Asad rejimiga qarashli havo unsurlari Turk qurolli kuchlariga qarashli askarlarni nishon olishi natijasida Turkiyaning 33 askarini shahid etishi Idblib inqirozini  yana ham avjlantirdi. Turkiyani   rejim qarshi qattiq va keng qamrovli javob berish nuqtasiga keltirdi.

Turkiyaning operatsiyasi Suriya inqirozi bilan aloqali barcha tegishli davlatlarni  pozitsiyalarini ko’zdan kehirishiga sabab bo’ldi.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dotsent  Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz…

Turkiyaning Bahor  qalqon operatsiyasi  haqiqiy ma’noda salohiyatini ko'zlar oldida namoyon qildi. Suriya ichki urush  muddatida bu miqyosda Turkiya bilan  Suriya qarama – qarshi  bo’lmagan edi.

Suriya  havo hududi  Turk jangovar samolyotlariga   yopiq bo'lishiga qaramay,  Turkiya qurolli uchuvchisiz havo vositalaridan foydalanib Idlib atrofida barcha harakatli  elementlarni yo’q qildi.

Amaliyotning ikkinchi kunida Suriya rejimi o'z saflarida jang qilgan 2500dan oshiq (rasmiy ma'lumotlarga ega) askar va militsiyani yo'qotdi. Bundan tashqari, 100ga yaqin  tank  ikkita SU 24 va L36 qiruvchi reaktiv  samolyoti Turkiya tomonidan urib tushirildi.

Rejimning zarari faqat shu bilan cheklanmaydi; havo mudofaa tizimlari, artilleriya batareyalari va ko'plab zirhli mashinalarni   boy berdi. Shunday qilib, Turkiya,  rejimning   faqatgina askarlarga  qarata hujumga qarshi  qasos olish uchun  rejimning qattiq zarar ko’rishiga yo’l ochadigan bir harbiy taktika va strategiya  izladi. Ayniqsa SİHA hujumlari bilan  urush tarixida yangi bir bosqichga o’tishni ham  ta’min etdi Anqara boshqaruvi.  

Strategiyaning asosiy maqsadi aniq; rejimni Sochining shartnomasining asl chizig'lariga chekinishga majbur qilish. Biroq, kelgan xabarlar shuni ko'rsatadiki, katta yo'qotishlarga qaramay rejim o'z pozitsiyalaridan chekinmasligini ko’rsatmoqda. Darhaqiqat, bir vaqtning o'zida M4 va M5 yo'llarini boshqarishga xizmat qiladigan strategik ahamiyatga ega  Serakip mintaqasini  doimiy ravishda  farqli kuchlar  qo’liga  o’tib va  o'zgarib turishi  bunga dalil bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, Moskva operatsiyaning birinchi kunida rejimning jiddiy yo'qotishlariga qarshi hech qanday bir  munosabat bildirmagan bo'lsa-da, undan keyin aniq pozitsiyani ochib berganga o'xshaydi.

Serakip hududiga Rossiya o’z harbiylarini joylashtirgan, Turkiyaning operatsiyani kengaytirish ehtimoliga qarshi  o’z mavjudiyatini birinchi navbatda ilgari surmoqda.

Bu muqarrarki  Turkiyaning  yana ham ehtiyotkorona  munosabat ko’rsatishiga sabab bo’ladi. Chunki ikkala mamlakat ham to'g'ridan-to'g'ri  bir to’qnashuv muhitidan  tarafdor  emas.

Turkiya Sochi shartnomaning  original chegaralari mavzuida qat’iyat ko’rsatar ekan, Moskva bunga    farqli ravishida munosabat ko’rsatmoqda. Aniqlanishicha, ikkala  davlat ham mojaroni kuchaytirishdan  tarafdori emas.

5- mart kuni  uchrashgan Putin va Erdog'an, 2018 yilda imzolangan Sochi kelishuviga 3  modda qo'shimcha qilib Idlib inqirozida yangi  bir sulh chizig'ini ishga tushirish bilan inqirozning chuqurlashuvining oldini oldi.

 O’t ochishni to’xtatishni e'lon qilishi bilan M4 avtomagistralining shimoliy va janubida 6 km atrofini o’z ichiga oladigan  xavfsiz yo'lak qurish to'g'risida kelishuvga erishildi.

Boshqa tomondan, M4 avtomagistralida  Turkiya-Rossiya qo'shma patrullarini boshlash to'g'risida kelishuvga erishildi.

Shunday qilib, Turkiya,  Rossiya  va  rejimning  ko'proq   oldga siljishining oldini olib  yangi  bir qochqinlar inqiroziga to’siq bo’ldi.muxolafat o’z  o'rnini himoya qilish uchun  vaqt qozondi.

Moskva sammitida Idlib  inqirozining doimiy yechimi topilmagan bo'lsa ham, vaqtincha inqirozning avj olishiga yo'l qo'yilmadi.

Rossiya va rejim yangi  bir hujum boshlatmasligi uchun bir garantiya yo’q. kelayotgan davrda  Turkiya vaqt qozonib mavjud soha ustida  hokimiyatini mustahkamlashtirib Idlib inqirozining  takrorlanishining oldini oladi. Moskva sammitining eng muhim natijasi esa Turk- Rus aloqalarining  boshqa jihatlari yana muhim  deb ko’rilib Idlib tufayli xavfga solinmadi. Faqat natijada o’zaro aloqalar Idlib inqirozidan zarar ko’rmadi.

                       SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dotsent  Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarni  e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #Rossiya , #Islib , #Kun tahlili

Aloqador xabarlar