Kun tahlili 9-qism

SETA-Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondining tashqi siyosat bo’yicha mas’ul xodimi, tadqiqotchi Jan Ajunning Turkiyaning Suriya bilan bog'liq pozitsiyasi haqidagi mulohazalari...

1367784
Kun tahlili 9-qism

 

                                                    

Idlibdagi gumanitar inqiroz tobora keskin tus olib bormoqda. Oxirgi oylarda uy-joyidan mahrum bo’lganlar soni 1 mlndan oshdi. Suriya hukumati qo’shini va shiya jangarilar quruqlikdan, Rossiya esa, havodan hujum qilishni davom ettirmoqda. Ular nafaqat harbiylarni, balki tinch aholini ham ayovsiz nishonga olmoqda. Turkiya esa, Idlibdagi gumanitar inqirozni to’xtatish uchun siyosiy va harbiy choralar ko’rishga harakat qilmoqda. Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan Bashar Asad rejimiga berilgan muxlat poyoniga yetmoqda.

Turkiya Rossiya bilan muzokaralarni davom ettirgan holda inqirozga siyosiy jihatdan barham berishni ko’zlamoqda, qolaversa zarur holatlarda harbiy chora ko’rishdan ham toymasligini aytmoqda.

Idlibdagi to’qnashuvlar ikki asosiy yo’nalishda davom etganligini guvohi bo’lib turibmiz. Birinchisi, strategik ahamiyatga molik Neyrab-Serakip liniyasi… Bu hududda m4 va m5 quruqlik yo’llari to’qnashgan o’ta muhim turar-joy punktlari mavjud. Bir muddat avval Suriya hukumati qo’shini Rossiyaning yordami bilan ushbu hududlarda hukmronlikni qo’lga kiritdi. Endilikda, Turkiya Qurolli kuchlarining qo’llab-quvvatlovi bilan muxolif kuchlar Suriya hukumati qo’shiniga qarshi hujumga o’tdi va Neyrabni takror ozod qilishni uddaladi. Ortidan esa, qo’shni tuman Serakibga tomon yurish qila boshladilar.

To’qnashuvlar davom etgan ikkinchi jabha esa, Jebetul Zaviya hududini ham qamrab olgan janubiy Idlib hisoblanadi.

Suriya hukumati kuchlari bu mintaqadan Shimolga tomon yurish qilib, m4 quruqlik yo’ligacha kirib borishni ko’zlamoqda. Turk armiyasi muholiflarga ko’mak berish maqsadida bu maydonga joylashgan vaziyatda. Suriya armiyasi bugungacha bir necha qishloqni egallay oldi xalos.

Mintaqada harbiy jihatdan yuqorida ifoda etilgan o’zgarishlar ro’y berar ekan, vaziyat yana ham muhim tus oldi. Turkiya bir tomondan ruslar bilan muzokara o’tkazar ekan, boshqa tomondan esa xalqaro hamjamiyatni Idlib masalasida harakatga undamoqda. Ayniqsa, AQSh va yevropalik turli mamlakatlar bilan olib borilayotgan diplomatik faoliyatlar bilan Rossiya va Eronga qarshi tazyiq o’tkazish ko’zda tutilmoqda.

Idlib masalasida AQSh va Yevropa davlatlari bilan Turkiyaning manfaatlari bir-biriga to’g’ri kelganligini kuzatish mumkin. Yevropa davlatlari qochqin masalasi jihatidan ehtiyotkorlik bilan harakat qilar ekan, AQSh esa Suriyada hukumat armiyasi, Eron va Rossiyaning g’alaba e’lon qilishini xohlamayotir. Biroq, asl mavzu AQShning faqat shunchaki qadamlar bilan Turkiyaga yordam beradimi yoki Idlib masalasida o’z pozitsiyasini saqlab qoladimi? AQSh, Idlibda o’z manfaatini himoya qilishni xohlasa, yana ham aniq qadam tashlashga majburdir.

 

Hurmatli tinglovchilar SETA- Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondining tashqi siyosat bo’yicha mas’ul xodimi, tadqiqotchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Turkiya , #Kun tahlili

Aloqador xabarlar