Kun tahlili 6- qism

Idlib uzoq vaqtdan beri Suriya inqirozining eng qizg'in jabhalaridan biri bo'lib kelmoqda. Moskva va Anqara o'rtasida Sochida 2018 yil sentabr oyida erishilgan kelishuvga qaramay, Rossiya va Asad rejimi Idlibdagi muxoliflar va tinch aholini nishonga olish

Kun tahlili 6- qism

 

Idlib uzoq vaqtdan beri Suriya inqirozining eng qizg'in jabhalaridan biri bo'lib kelmoqda. Moskva va Anqara o'rtasida Sochida 2018 yil sentabr oyida erishilgan kelishuvga qaramay, Rossiya va Asad rejimi Idlibdagi muxoliflar va tinch aholini nishonga olish orqali oldinga siljishni davom ettirmoqda. Rejimning maqsadi Idlibdagi muxolafatni yaxshilab zaiflashtirgandan keyin   harbiy jihatdan  bartaraf qilish  va shu bilan Suriya fuqarolar urushida o'zining harbiy g'alabasini e'lon qilish. Bu maqsadga erishishda to'siq bo’lgan mamlakat Turkiya sifatida ko'rilmoqda. Turkiyaning Idlibning janubida joylashgan kuzatuv nuqtalari  rejimini bezovta  qilmoqda. Rejim Anqaraning   qarshilik kuchini  sindirish uchun bir strategiya bilan ta'qib  etdi. 3- fevralda boshlab Suriya rejimi Idlib shahridagi hujumlarini yangi bosqichga olib chiqdi va turk askarlarini to'g'ridan-to'g'ri nishonga olishi, 8 askarning o'limiga sabab bo'ldi. Bu holat Idlib inqirozida yangi bir  bosqichni ko’rsatmoqda.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dotsent Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir  fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz...

Idlibda sodir bo'lgan voqealarni  va bu mavzuni diqqat bilan kuzatib borganlar uchun kutilmagan  bir voqea emas. Uzoq vaqt davomida Rossiya va Suriya rejimi  Idlibda o'z strategiyalarini bosqichma-bosqich amalga oshirib kelishgan. Ushbu strategiyani amalga oshirishga olib kelgan ko'plab katta kichik sabablar mavjud.

Birinchisi, Idlibdagi muxolafat  unsurlari o'zaro birlasha olmadilar. Darhaqiqat, bu holat HTSh kabi radikal guruhlarning maydonni nazorat qilishiga olib keldi. Ikkinchi sabab, Rossiyaning rejimning kurashish qobiliyatini oshirish borasidagi qadamlari edi.

Rossiyadagi harbiy xodimlar ham rejimni harbiy jihatdan qo'llab-quvvatladilar va tartibsiz guruhlarga qarshi qanday kurashishni o'rgatdilar. Albatta Rossiyaning havo hujum strategiyasi esa o'ta shafqatsiz edi.  Grozniy modelini qabul qilgan Rossiya havo hujumlari bilan dastlab shaharlarni bombardimon qiladi, keyin shaharni oppozitsiya guruhlaridan butunlay tozalab  yashab  bo'lmaydigan holga keltiradi. Uchinchisi, mintaqaviy konyunktura Rossiya va Suriya rejimlari uchun yanada erkin muhitni tayyorladi. Rejim, Suriya inqirozining befarqligini mintaqaviy miqyosda bir imkoniyat sifatida ko'rdi va Idlibni to'liq nazorat qilish uchun choralar ko'rdi.

3 fevral voqealaridan keyin Idlibda yangi bir bosqichga o'tganligi  mumkinmi? Bu savolga javob haqiqatan ham muhim va inqirozning kelajagiga ta'sir ko'rsatadigan  unsurlarni  o'z ichiga oladi.  Bu  nuqtadan  keyin Turkiya qanday harakat qilishi juda muhim. Turkiya uchun faqat xavfsizlik masalasi esmas, Idlibdan keladigan yangi qochqin oqini Turkiyani qiyin ahvolga  tushirishi mumkin. Prezident Erdo’gan  Ko’ra 1 million yaqin  qochqin Turkiya chegarasiga tomon harakatga boshladi. Shuning uchun Turkiya chegarasiga tomon  qarab harakat qilgan qochqinlar  harakatining  oldini olish uchun vaziyatni qaytadan muhokama qilish majburiyatida.

Turkiyaning alternativalar orasida  ikkita variant bor. Birinchisi, hozirgi vaziyatni  yanada chuqurlashishiga yo'l qo'ymaslik uchun rejimga qarshi harbiy pozitsiyani yaratish. Albatta, Turkiya  turk askarlarining shahid qilinishining ortidan Turk Mudofaa vaziriga ko’ra   Turkiya  rejim  saflaridan  70 askarni  yo’q qiladigan tarzda harbiy bir  javob berdi. Biroq, bu variantni davom ettirish mumkin emas, Turkiya-Rossiya munosabatlariga bu  katta  putur  yetkazishi mumkin . Ikkinchi variant esa  mavjud vaziyat  orqali   Rossiya va Turkiya  yangi  bir Idlib shartnomasi  yaratishi mumkin. Na Rossiya, na  ham Turkiya munosabatlarning yomonlashuvidan tarafdor emas . Ikkala aktyor bir foyda o’rniga balki katta zarar  olib kelishini bilishadi. Shuning uchun Idlib inqirozi ikki mamlakat munosabatlari uchun bir  sinovdir.

Idlib inqirozining insoni tomoni xalqaro hamjamiyatning kun tartibida. Yevropa qochqinlar inqirozining faqat bir qismi bilan qiziqqadi  u ham Qochinlarning mamlakatlariga kelish xavfi.    Ular, qochqinlarning  sabab bo’ladigan gumanitar fojiasi va Turkiyaning  ishini yengillashtirishdan juda uzoq. Amerika Qo'shma Shtatlari Idlib mavzusida Turkiyani faqat siyosiy bayonotlari bilan qo'llab-quvvatlaydi.  Inqirozning haqiqiy qurbonlari tinch aholi, jumladan bolalar, ayollar va qariyalar va Idlib inqirozi chuqurlashsa buning zarari faqat Turkiya uchun emas, balki  Yevropa uchun ham  bahs mavzusi. Shuning uchun Idlib inqirozini  faqat Turkiyaning  bir masala sifatida ko’rish o’rniga  Turkiyaning yonida bo’lishlari kerak.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                     

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Rossiya , turk askar shahid , Nuqta , Kuzatuv , Turkiya , Idlib , Suriya

Aloqador xabarlar