Kun tahlili 05- qism

Asad rejimi uzoq vaqtdan beri Rossiya va Eronning ko'magi bilan Idlibga hujum qilmoqda. So'nggi ikki oy ichida 200 mingdan oshiq odamlar boshqa joylarga ko'chirilgan, minglab odam  halok bo’lgan  yoki jarohatlangan.

Kun tahlili 05- qism

 

Idlibda insoniy inqiroz

Asad rejimi uzoq vaqtdan beri Rossiya va Eronning ko'magi bilan Idlibga hujum qilmoqda. So'nggi ikki oy ichida 200 mingdan oshiq odamlar boshqa joylarga ko'chirilgan, minglab odam  halok bo’lgan  yoki jarohatlangan. Rejim va uning ittifoqchilari nafaqat harbiy maqsadlarni, balki tinch aholini ham nishonga olishmoqda, mintaqani avval  insonsizlashtirib  va keyinchalik egallab olishga harakat qilishmoqda. Suriya muxolafati uchun oxirgi markaz vasiyatida bo’lgan İdlibda  o’z uy- joyini tark etmoq majburiyatida qolgan to’rt million odam yashar ekan, Turkiya  barcha kuchi bilan bu yerdagi  gumanitar inqirozni to'xtatish uchun sa’y- harakat qilmoqda.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning mavzuga doir fikr va mulohazalarini  e’tiboringizga havola qilamiz  

2018 yil sentabr oyida imzolangan Sochi kelishuviga qaramay, rejim  Idlibga qarshi hujumlarini  vaqti-vaqti bilan davom ettirgan va ortidan ruslar havo hujumlarini boshlaganlaridan so'ng, Idlib yana to’qnashuv markaziga aylangan. 2019 yil aprel oyida boshlangan hujumlardan keyin rejim Hama shimolida siljishga  erishdi va bu jarayon Turkiya Qurolli kuchlarining Morek  bazasini  qamal qilishi va  muxoliflar tomonidan Xan Sheyhun shahrini boy berishi bilan natijalandi.

Ushbu jarayondan beri davom etayotgan hujumlar  va Rossiyaning havo hujumlari natijasida yuz minglab tinch aholi o'z uy- joylarini  tark etdi. Idlib havzasida amalga oshirilgan barcha hujumlar natijasida ko'chirilgan tinch aholi soni 1,6 millionga yaqin deb zikr etilmoqda.  Bundan tashqari, 322 million dollar miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aytilmoqda. So'nggi hujumlar natijasida Suriyada TQK ga qarashli kuzatuv bazasi rejim kuchlari tomonidan qurshab olingan vaziyatda.

2019- yili dekabr oyidan beri  amalga oshirilgan hujumlar  natijasida  taxminan 400 ming tinch fuqaro Turkiya chegarasiga kelganligi ma’lum qilinmoqda. Rejim Idlibning janubiga va Halabning g’arbiy hududiga   qilgan  o’xirgi hujumlar bilan M5 yo'llarini nazorat qilib  va shunga mos ravishda Maarat el Numan shahrini egallab  oldi. Rossiya va rejim Idlibdagi qisqa muddatli rejalari M4 va M5 yo’llarini nazorat qilib Idlib shahrining markazini ham quruqlikdan bombalashni  mumkin  qiladigan nuqtaga keltirish asosiy  maqsadi.

Bunga qo'shimcha ravishda, Rossiya, Eron va rejimning Idlib hujumlariga yana bir turtki esa  fuqarolik aholi punktlarini vayron qilish, mintaqa aholisini ko'chib  ketishga majbur qilish va shu bilan Suriyada boshqariladigan demografiyaga salohiyatiga erishishdir. Shu bois tinch aholini ko'chirishga majbur qilmoqda  yoki  ularni o'ldirmoqda. Aytish mumkinki, Idlibning nishonga aylanishning  asosiy sababi   muxolif xalq ommasi qurolli guruhlarga ega  bo’lishi deb  aytish mumkin. rejim va uning ittifoqchilari İdlibdagi harakatlariga Turkiya esa  12 kuzatish nuqtasi bilan Rejim va ittifoqchilar  qarshisida Idlibdagi  gumanitar inqirozga to’siq bo’lishga va tinchlik uchun kamida sa’y- harakatini  davom ettirmoqda. Turkiya bir tomondan Rossiya ustidagi o’zining  siyosiy / diplomatik  nufuzidan foydalanishga harakat qilmoqda.  Boshqa  tomondan  xalqaro hamjamiyatni  Idlib  inqirozni tinchlantirishga chaqirmoqda. Afsuski, xalqaro hamjamiyat Idlibdagi millionlab tinch aholidan yuz o'girishda davom etmoqda.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning mavzuga doir fikr va mulohazalarini  e’tiboringizga havola qildik 

 

                     

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Bosim , Qochqin , Rossiya , Idlib , Rejim , Suriya

Aloqador xabarlar