Kun tahlili 04- qism

O'tgan hafta Germaniyaning poytaxti Berlinda bo'lib o'tgan Liviya sammiti Liviyadagi  to’qnashuvni hozircha to'xtatdi. Ammo Liviya inqirozini to'liq hal qilishga imkon beradigan natijalar bermadi.

Kun tahlili 04- qism

 

                

                      O'tgan hafta Germaniyaning poytaxti Berlinda bo'lib o'tgan Liviya sammiti Liviyadagi  to’qnashuvni hozircha to'xtatdi. Ammo Liviya inqirozini to'liq hal qilishga imkon beradigan natijalar bermadi.

Liviyadagi muammoni hal qilish uchun birinchi navbatda xalqaro hamjamiyatning tegishli ishtirokchilari, Liviyadagi mintaqaviy va mahalliy aktyorlar bilan  kelishib olishlari kerak. Berlin sammiti aktyorlar kelishuvi uchun diplomatik asos yaratdi, ammo to'liq kelishuvga erisha olmadi.

2019 yil aprel oyidan boshlab xalifa Hafterning boshchiligida Liviya milliy armiyasi deb atalmish va  Liviyaning BMT tomonidan qonuniy deb hisoblangan yagona vakili bo'lgan Milliy Konsensus Hukumatini ag'darish uchun harbiy harakatlar olib borilmoqda.

 Hafterni, Birlashgan Arab Amirliklar bilan  bir qatorda Misr, Saudiya Arabistoni va Fransiya kabi davlatlar qo'llab-quvvatlaydi. Fransiya  to’ntaruvchi  Hafterni qo'llab-quvvatlayotgani juda  ham g'ashlikdir. Chunki, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolaridan biri bo'lgan Fransiya Hafterning   Liviyada sodir etgan harbiy jinoyatlarini deyarli qo'llab-quvvatlaydi va BMT tan olgan hukumatga qarshi  esa noqonuniy operatsiyalarga   ko’z yumadi.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dotsent Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzu bo'yicha fikr  va mulohazalarini  e’tiboringizga  havola qilamiz …

          BAA (Birlashgan Arab Amirliklari) va Misr Hafterning eng katta tarafdorlaridan biri. Liviya,  BAA aviabazasi tomonidan boshqarilgani va Hafterni qo'llab-quvvatlagani tufayli Hafterga bog'liq bo'lgan kuchlar mamlakatning katta qismini nazorat ostiga olishdi. Misr ham bu jarayonda Hafterga  harbiy jihatdan  yordam ko'rsatdi va hatto o'z askarlarini sohaga joylashtirdi. BAA, Misr va Saudiya Arabiston Liviyada bir  avtoritar va harbiy  ma’muriyatdan tarafdordir. Ushbu fikr  arab bahoridan keyin bu mamlakatlarning asosiy siyosati bo'ldi.

Berlin sammitidan keyin e'lon qilingan 55 banddan iborat deklaratsiyaga ko'ra, hozirgi harbiy muvozanat hafter va uning tarafdorlarining  foydasiga ko'proq natijalar berishi mumkinligi tushuniladi. Chunki yakuniy deklaratsiya Hafterning  noqonuniy harbiy aralashuvlarini e'tiborsiz qoldiradi va Hafterni   qonuniy aktyor holiga  aylantirdi.

Shu nuqtada,  Hafterga  sarmoya kiritgan ko'plab xorijiy aktyor, xususan Misr va BAA, Hafterni  Tripoliga siyosiy va harbiy ta'sirini doimiy qilishini xohlamoqdalar. Shunday qilib, Hafterni  neft vazirligi va Liviya Markaziy bankining nazoratida so'zga ega bo'lib  mamlakat kelajagida  salohiyatga  ega bo'lishini xohlaydi.

Eng muhimi, Liviyaga og'ir qurol embargosining davom etishi va mamlakatda xorijiy unsurlarning chiqib ketishi haqidagi Berlin sammitining yakuniy bayonotida  o’rin   olsa ham, Birlashgan Arab Amirliklari bu talablarga javob bermadi. Bu sohadagi vaziyatni  yana ham kuchaytiradi va siyosiy yechimni murakkablashtiradi.

Berlin sammitiga ishtirok etgan Turkiya bir siyosiy yechim foydasiga Milliy Yarashuv hukumati yonida o’rin olib yechimdan tarafdor bir siyosat olib borishni  afzal ko’rdi. Garchi  sammitning  deklaratsiyasi  xulosasi bilan to'liq qoniqmasa ham, Milliy yarashuv hukumati  bilan birga bo'lib  ularga  yolg'iz emasligini ko'rsatdi. Agar Turkiya davraga kirmasa edi. Hafter kuchlari Tripolini   bir lahzada egallab  olishlari mumkin edi.

 2019- yili 27-  noyabr kuni imzolangan, Liviya va Turkiya o'rtasidagi shartnoma katta  ehtimol bilan  buni ta'min etdi. Endi  Turkiya  Liviyada ham harbiy hamda diplomatik  ravishda eng muhim tomonlardan  biridir. Turkiya muammoni harbiy yo'l bilan hal qilishning iloji yo'qligini biladi va Berlinda  tomonlarni kuchli ravishda  diplomatik yechimga chaqirgan.

Berlin sammiti Liviya muammosiga doimiy yechim topmadi, ammo u bundan keyin qanday  bir yo'l xaritasiga rioya qilish kerakligini ko'rsatdi. Agar Hafter va uning tarafdorlari harbiy yechimni talab qilsalar, bu Liviya inqirozining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bu nazariya  Suriya inqirozi kabi chuqur mintaqaviy inqirozga olib

kelishiga sabab bo’ladi, Shuning uchun Berlinni  bir imkoniyat  va fursat sifatida ko'rish kerak.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dotsent  Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir  fikr va  mulohazalarini  e’tiboringizga havola qildik.  

 

 


Tanlangan kalimalar: Germaniya , Sulh , Deklaratsiya , Konferenasiyasi , Liviya , Berlin

Aloqador xabarlar