Kun tahlili 01- qism
2011 yilda "Arab bahori" tomonidan yaratilgan Liviyada Muammar Qaddafiyga qarshi qo'zg'olon boshlanganda, Fransiya kabi davlatlar vaziyatdan foydalanib, harbiy aralashuvni boshladilar.

2011 yilda "Arab bahori" tomonidan yaratilgan Liviyada Muammar Qaddafiyga qarshi qo'zg'olon boshlanganda, Fransiya kabi davlatlar vaziyatdan foydalanib, harbiy aralashuvni boshladilar va keyinchalik NATOning aralashuvi bilan Tripolida joylashgan bir ma'muriyat tashkil etilgan edi.
Ammo, boshqa misollar singari, Liviyada siyosiy, iqtisodiy va harbiy barqarorlikka erisha olmadi, Shimoliy Afrikaning boy energiya manbalari va geosiyosiy joylashuvi ko'plab mamlakatlarning ishtahasini qo'zg'adi, Ko'rfaz mamlakatlari esa muvaffaqiyatli demokratik bir rejimning o'rnatilishidan xavotirda edi.
SETAdan Tadqiqotchi Muallif Jan AJUNning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz…
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qonuniy tuzilma sifatida belgilangan milliy yarashuv hukumati o'z manfaatlariga xizmat qilmaydi deb hisoblagan ayrim davlatlar ayniqsa Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Fransiya davlatni to'ntarishiga boshchilik qilib Hafterni himoya qildilar. Faqat ularning qilgan rejalari amalga oshmagandan keyin Tobrukda Tripoliga muqobil ma'muriyatni qo'llab-quvvatlab va Mistara va Sirte kabi shaharlarni o'z nazoratiga olish orqali ular mamlakatda defekto hukmronligini qo'lga kiritdilar.
AQSh Prezidenti Trumpni Hafterni himoya qilishi uchun BAA va Saudiya Arabiston lobbilari orqali qo'llab-quvvatlashga ishontirgan ushbu koalitsiya, General Haferga bergan barcha harbiy yordamlar va hatto to'g'ridan-to'g'ri urushga ishtirok etganiga qaramay poytaxtni egallab ololmaganligi sababli boshqar o’zgarishlar bo’ladi. Ushbu bo’shlikdan foydalangan Rossiya, maxsus pulli armiyasi bo’lgan Vagnerni mamlakatga yo’llab Hafter safida to'qnashuvlarga ishtirok etishga boshladilar.
Turkiya esa Liviyada harbiy aralashuvga boshdan beri qarshi edi, Fransiyaning ushbu aralashuviga qarshi muvozanatni ta’min etish uchun masalaga aralashdi. Tripolida joylashgan hukumatni qo’llab- quvvatladi. Liviyada boshqa mamlakatlarga o’rnak bo’ladigan bir ma’muriyat tashkil etish uchun yordam berishga boshladi. Milliy yarashuv hukumati bilan hamkorlikda faoliyat olib borib o’z tajribalarini Liviyaga yetkazishga harakat qiladi. Hafterni qo’llab- quvvatlagan koalitsiya, harbiy operatsiya boshlaganda esa Tripoli hukumatini harbiy jihatdan himoya qilishga boshladi.
Turkiya jihatidan tarixiy bir o’tmishi bo’lgan zamonaviy davrda birinchi o’rinda pudratchilik xizmatlari bilan bir qatorda, savdo hajmi jiddiy saviyada o’sgan Liviyada Ayniqsa Sharqiy o’rta yer dengiz geosiyosiy jihatidan ham Turkiya uchun hayoti ahamiyatga ega bir o’lka hisoblanadi.
Turkiya bu jihatdan Liviya bilan dengiz salohiyatini cheklash bo’yicha bitim imzolab Sharqiy o’rta yer dengizda kuchayar ekan, bir tomondan harbiy hamkorlik shartnomasi tuzib amalga oshirmoqda. Liviyadagi qonuniy Tripoli hukumatini Hafter tarafdori koalitsiyaga qarshi himoya qilishda qarorli ekanini ko’rsatdi. Turkiya oldin ham Liviyada bir harbiy yechim uslubini ma’lum qilsa ham ittifoqdosh Tripoli hukumatini Hafter koalitsiyasiga qarshi harbiy muvozanatni ta’min etish uchun siyosiy bir yechim ehtimoli borligining farqida.
SETAdanTadqiqotchi va Muallif Jan AJUNning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.