Diyarbakirlik onalar faryodi:“Ko’zimizda yosh qolmadi..."

Toqqa olib chiqib ketilgan farzandlari uchun XDP partiyasi binosi oldida namoyish o’tkazgan diyarbakirlik onalar 2 oydan buyon namoyishni davom ettirmoqda.

Diyarbakirlik onalar faryodi:“Ko’zimizda yosh qolmadi..."

 

 

“Ko’zimizda yosh qolmadi”

Toqqa olib chiqib ketilgan farzandlari uchun XDP partiyasi binosi oldida namoyish o’tkazgan diyarbakirlik onalar 2 oydan buyon namoyishni davom ettirmoqda.

 

Diyarbakirda Hojira Akar ismli ayol Metmet Akar ismli o’g’lining toqqa olib chiqib ketilishida XDP partiyasining qo’li borligini iddao qilib, partiya binosi oldida 22 avgustda namoyish boshlagandi.

Farzandini terror qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida boshlatgan namoyishidan ijobiy natija olgan Hojira ona 24 avgustda farzandini bag’riga bosgandi. Hojira onaning o’z farzandi uchun olib borgan mardonavor kurashi farzandi yo’liga ko’z tikkan boshqa onalarga ham o’rnak bo’lgandi.

 

“Oilalar soni 55 nafarga yetdi”

Hojira onaning kurashidan jasorat olgan Favziya Chetinkaya ismli ayol ham Ramziya Akkoyun va Oyshagul Bicher ismli ayollar bilan birga 3 sentyabrda namoyish boshladi. Bu shaklda namoyishga qatnashgan oilalar soni 55 nafarga yetdi.

Partiya binosi oldida kun bo’yi farzandlarini kutib o’tirgan onalarning namoyishi davom etmoqda.

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu, Oila, mehnat va ijtimoiy xizmatlar vaziri Zuhro Zumrad Selchuk, shahid oilalari, siyosatchilar, san’atkorlar, jurnalistlar, yozuvchilar va nodavlat tashkilotlar rahbarlari jabrlangan oilalar bilan uchrashib, ularning dardiga darmon bo’lishga harakat qildilar. Ularni qo’llab-quvvatladilar.

Qo’llariga farzandining fotosuratini ko’tarib, namoyishni davom ettirayotgan onalar farzandlari keladigan kunni orzuqib kutmoqdalar.

 

“Hayotimizni barbod qildilar”

4 yil avval Istanbulda o’g’irlab ketilgan farzandi Mehmet uchun Diyarbakirga kelib namoyishlarga qo’shilgan Immixon Nilifirka ismli ayol farzandini qidirayotganligini, uni topish istagini ma’lum qildi.

Farzandining yo’qolib qolishida XDP partiyasining qo’li borligini tilga olgan Immixon Nilifirka: “Shuni bilamanki, XDP farzandimni o’g’irlab ketdi. Bolamni qaytarib bersinlar. Undan na xabar bor, na bir telefon keldi. Oilaviy o’likka aylandik. Bolamni o’g’irlab ketdilar. Hayotimizni barbod qildilar. Ko’zimizda yosh qolmadi. Ular mening bolamdan nima xohlaydilar? O’g’lim xatto chumoliga ham ozor bermasdi. Maktabda a’lochi bola edi”,-dedi.

Onaxon 2 oydan beri namoyishda ishtirok etayotganligini bildirib, XDP partiyasidan bunga izoh berishini talab qildi.

“Chiqib bizga ma’lumot berishsin. Ular ham kelib bizga qo’shilib namoyish o’tkazishsin. Men bunday kurdchilikni xohlamayman. Men bir kurd farzandiman. Bolam ustidan siyosat yuritishmasin. O’g’limning erkini, kelajagini oldilar”,-deb aytgan Immixon ona.

U “Namoyishni biron natija olgunimizcha davom ettiramiz”,-deya qo’shimcha qiladi so’zlariga.

 

“Farzandimizni olmasdan bu yerdan ketmaymiz”

5 yil avval Istanbuldan toqqa olib chiqib ketilgan 14 yoshdagi Tunjay ismli o’g’lini terroristlar qo’lidan qutqarish uchun namoyishlarga qo’shilgan Fotima Bingo’l ismli ayol (5 farzand onasi) farzandini topish istagini, uni juda sog’inganligini anglatdi. U 5 yildan beri o’g’lini qidirayotganligini aytdi.

“Farzandlarimizni olib kelib berishsin. Buncha ona bu yerda kutib o’tirmasin. Onalarga uvoldir, gunohdir. Shuncha onani yig’latishga, ularga azob berishga hech kimning haqqi yo’q. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqardik. Farzandlarimizni olmasdan hech qayerga ketmaymiz. Kerak bo’lsa bizni o’ldirishsin. O’limdan qo’rqmaymiz”,-deb nola qiladi Fotima ona.

 

“PKKning kurdlarga ko’rsatgan zulmini ko’rib qo’yishsin”

Vatanga xizmat yo’lida ketar ekan, 2015 yil 2 oktyabrda Tunjelining Pulumur tumanida terroristlar tomonidan olib ketilgan farzandi Muslimni qutqarish uchun namoyishga qatnashgan So’ngul Altintash ismli onaxon 4 yildan beri o’g’lidan darak yo’qligini ma’lum qildi.

“60 kundan beri bu yerda o’tiribmiz. Kerak bo’lsa 60 yil o’tiramiz. Farzandimiz kelgunicha bu yerda namoyish o’tkazamiz”,-deya ta’kidlagan So’ngul ona.

U farzandlari terroristlar tomonidan toqqa olib chiqib ketilgan ota-onalarni namoyishga qo’shilishga chaqirdi.

“Kurd onalarning ko’zi ochilsin. Farzandlari ko’zlari o’ngida yo’q bo’lib ketyabdi. Uyg’onishsiz. PKKning kurdlarga o’tkazayotgan zulmini ko’rishsin! Ular na ota-onaga, na yosh bolaga rahm qiladi. Endi buni sezishsin! Bizning yagona dushmanimiz PKKdir”,-deya faryod qiladi So’ngul ona.

 

“Qizim kelmasdan bir qadam ham jilmayman”

4 yil avval 17 yoshdagi Chiydem ismli qizi Ag’ri viloyatidan toqqa olib chiqib ketilgan Yosin Kaya ismli kishi farzandi qaytib kelishidan umidvor.

Namoyishga qatnashgan barcha ota-onalardan qor-qish demasdan bolalarini qidirib topishini iltimos qilgan ota shunday dedi:

“Biz izoh talab qilamiz. Qizim kelmasdan bir qadam ham jilmayman. Ular kurd ekanligini aytmoqda. Ular kurd emas. Asl kurd bizmiz. Farzandlarimizni toqqa olib chiqib ketgan XDP partiyasidir. Qani bu yerga kelishsin! PKKga la’nat aytishsin! PKKga qo’shilmaymiz deyishsin! Biz ham uyimizga qaytaylik. Biz ularni javobgar deb bilamiz”,-deb nola qiladi qizini qidirayotgan Yosin Kaya ismli otaxon.

 

https://www.aa.com.tr/tr/diyarbakir-annelerinin-evlat-nobeti/gozumuzde-yas-kalmadi/1632854



Aloqador xabarlar