Kun tahlili 35-qism

Xalqlarning demokratik partiyasining siyosiy ko'z qarashini “Kurd siyosati” deb qo'lga olishlik qanchalik to'g'ri?

Kun tahlili 35-qism

G’arb va Turkiya xalqining ba’zi sinflari PKK yoki PKK ga yaqin bo’lgan Xalqlarning demokratik partiyasini (XDP) o’jarlik bilan “Kurd harakati”, “Kurd siyosati” deb tilga olishdan voz kechmayapdi. Bunday ifodalar orqali terror tashkiloti va terror tashkiloti bilan aloqasi bor siyosiy partiya, bir xalqning “harakati” yoki “siyosati” sifatida qo’lga olinmoqda.

PKK, dunyoning turli davlatlarida shu jumladan Turkiya, Suriya, Eron va Iroqda turli nomlar ostida, bir guruh yoki tashkilot sifatida to’xtamay; G’arb davlatida esa individual ravishda, vaqti-vaqti bilan terror hujumlariga qo’l urmoqda. PKK terror tashkilotining bu hujumlarining oqibati ham tinch aholidan, ham askarlardan ayol-erkak, katta-kichik demay minglab insonning umriga zomin bo’lar ekan, millionlab inson o’z uy-joyini tark etishga majbur bo’ldi. Bu vaziyat bugungi kunda ham davom etmoqda. Yaqin Sharqni shakllantirishni xohlagan kuchlarning o’rtamchisi sifatida PKK terror tashkilotini kurdlarning vakilidek ko’rsatish say-harakati, albatta faqatgina ularning siyosatidir. Turkiya, Suriya, Iroq va Eronni bo’lish orqali uzoq asrlardan buyon turk va arablar bilan birgalikda Islom dinining bayrog’ini ko’targan kurdlarni, ular asos solmoqchi bo’lgan terror davlati bilan, Isroilning xavfsizligiga xizmat qildirishni xohlagan imperialist muhitlar va ularga ilashgan akademiklarning, yozuvchilarning yo’ndashuvlari esa bugungi kunga kelib yangilik bo’lishdan chiqib, hammaga ma’lum holatga aylandi.

Lekin bu ko’z boyamachilik hech qanday ratsional, ilmiy yoki ijtimoiy mazmunga ega emas. Hamma nemislarni, arablarni, turklarni bitta harakat yoki siyosat deb qo’lga olishlik qanchalik ratsional va ilmiy yondashuv bo’lsa unda kurdlarning hammasini birgalikda qo’lga olishlik ham bir xil yo’ndashuv hisoblanadi. O’z ichiga millionlab, turli-tuman xalqni qamrab olgan yirik jamiyatlarni bitta jamiyat deb qo’lga olishlik totalitar ko’z qarashning ko’rsatkichidir. “Kurd siyosati” degan ifodadan yo’lga chiqqudek bo’lsa unda eng avvalo shuni nazarda tutishimiz shart yani hamma kurdlar Turkiyada yashaydi deyishlik to’g’ri emas. Kurdlar Turkiyadan tashqari Eron, Iroq, Suriya va G’arb davlatlarida ham yashaydi. Shunday ekan “kurdlar” deganda ularning hammasini e’tiborga olishimiz shart. Ha, albatta, davlatlar haqida gapirishimiz mumkin. Lekin xalq sifatida italian, fransuz, turk siyosati deyish mumkinmi? Turklar siyosati? Turkiyadagi kurdlarning siyosati nazarda tutilgan bo’lsa unda har bir harbiy bo’lmagan va demokratik xalqlarda bo’lganidek, kurdlar ham bir xil emas, turli-tumandir. Eng avvalo kurdlarning hammasi ham har bir xalqda bo’lganidek siyosatga qiziqavermaydi. Siyosatga qiziqqanlarning hammasi ham ovoz berish jarayonida ishtirok etadi deyolmaymiz. Ovoz berganlarning hammasi ham XDP yani Xalqlarning Demokratik partiyasiga ovoz beradi degani emas. Adolat va taraqqiyot partiyasi ham kurdlardan XDPlar bilan bap-barobar, teng ovoz olmoqda. HUDAPARning ovozi kam bo’lishiga qaramay ba’zi namoyishlarda, millionlab insonni ortidan ergashtirganini ko’rib turibmiz. Aytaylik, XDPga ovoz berganlarning hammasi ham PKK ni qo’llab-quvvatlamaydi.

Qisqasi, dunyoning boshqa hech qaysi xalqi uchun ishlatilmagan ifodaning, bir qabiladek kurdlarga nisbatan foydalanilishining hech qanday ma’nosi yo’q. Bu kurdlarni pastga urgan va idologik tusdagi munosabatdir. Men Turkiyada bir necha ehtiyotko'r va uquvli insonlardan biri sifatida, PKK va XDPning bir tutilmasligini va XDP yuritmoqchi bo’lgan va tinch aholining yaxshiligini ko’zlagan siyosatga yo’l berilishini xohlayman. Lekin XDP rasmiylari PKK terror tashkiloti bilan munosabatini uzmas ekan mendek insonlarning ular haqida qanday firklashining hech qanday ahamiyati yo’q. Siyosat demokratiyaning, erkinlikning, tinch aholi hayot sharoitining emas terror tashkiloti va uning totalitar bosimining vositasiga aylantirilgudek bo’lsa unda unga harbiy bo’lmagan va demokratik maydonda qadam tashlashi uchun imkon berilmasligi tabiiy holatdir albatta.

Xo’sh, hammasi ochiq-oydin o’rtada ekan unda Turkiya xalqining ba’zi sinflarining PKK va XDPni “Kurd siyosati” deb ko’rsatishga o’jarlik bilan harakat qilishining sababi nimada? Bu say-harakat faqatgina Turkiyada emas, mintaqadagi boshqa mamlakatlarda ham mutlaqo kuzatilayotgandir.

Bu borada ikki masala ustida turishimiz mumkin. Ulardan biri PKKdan qorqish, ikkinchisi esa yo’ldosh bosimi.

PKKdan qorqish: Bizga o’xshab hayotni demokratik va erkin tusda yashagan insonlar ko’pincha terror tashkilotining bosimlari, ular yaratgan va o’limga yetaklaydigan qorquvlarni tezroq unitadi. Chunki terror tashkilotlari faqatgina ular terror hujumiga qo’l urganidagina yodlariga keladi. Ko’p o’tmay kun tartibidan chiqib ham ketadi. Holbuki terror tashkilotlarining qorqitish, bosim yaratish, ma’lum shaxslarni to’g’ridan to’g’ri nishonga olishdek odatlari bordir. Shuning uchun ham barcha kurdlarni “kurd siyosati” degan ifoda bilan totalitarizatsiya qilish say-harakatining bir qismi PKK yaratgan qorquv bilan ifoda etilishi mumkin. PKKga qarshi chiqqan kurd olimlarning, tinch aholining yo’q qilganligi ma’lum.

Yo’ldosh bosimi: “Kurd siyosati” degan ifodani foydalanganlarning muhim qismi sol qanot siyosiy ko’z qarashga ega bo’lgan turk muhitidir. Ular orasida taniqli kishilarning ko’pchiligining o’tmishi inqilobiy an’anaga borib taqalgani ma’lum. “Kurd siyosati” degan ifodadan o’jarlik bilan foydalangan sol qanot siyosiy ko’z qarashga ega bo’lgan turk muhitining bu say-harakati Marksist-Leninist an’anadan kelgan PKK bilan “inqilobda birdamlik” deb ifoda etilishi mumkin. Buning sababi ularning inqilobiy an’anadan butunlay qutila olmaganligiga borib taqaladi desak mubolag’a bo’lmaydi.  

Turkiyaga qarshi xalqaro hamjamiyat bilan bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarish fikri: “Kurd siyosati” degan ifodani o’jarlik bilan foydalanganlarning bir qismining esa Turkiyaga qarshi ko’z qarashdagi xalqaro hamjamiyat bilan integratsiyalashuvi ekanligi kuzatildi. Yuqorida nomi tilga olingan muhitlar tomonidan moddiy jihatdan yordam olgan qismlar, yordam bergan muhit bilan bir xil ko’z qarashni namoyish etmoqda.    

Hukumatga qarshi ko’z qarashlar: Hukumatga qarshi ko’z qarashni, ba’zi olimlarning munosabatidan tushinarli ekanligini aytish mumkin. Ba’zi olimlar hukumat va Prezident Erdo'g’anga bo’lgan salbiy ko’z qarashini ko’rsatish yoki yoyish uchun vaqti kelganida narkotik moddalarni sotish bilan shug’llangan, gunohsiz bolalarni qatl qilgan terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashgacha bormoqda.

Olimlarning begonalashuvi:Olimlarning begonalshuvini o’z xalqini suymaganlar deb ham ifoda etish mumkin. Ular, g’arblik bo’lmagan xalqlarning tahminan ikki yuz asr oldingi g’arbliklashish tarixining qayg'uli hikoyasidir. Bu hikoyani shoirlarimizdan Sezai Karakoch, “Masal” yani “Ertak” deb nomlangan she’rida ajoyib ifoda etib bergandi. Usmoniy davrida ta’lim olib, o’z yurtiga hissa qo’shsin deb G’arbga yuborilganlarning ko’pchiligi o’z xalqiga begonalashib, birma-bir G’arb oshig’i bo’lib qaytgandi o’z yurtiga. Respublika davrida yuz bergan voqealarda esa, o’z madaniyati va tarixidan butunlay uzoqlashib, madaniyat jihatidan G’arbga taslim bo’lganlar kuzatildi.

Xulosa qilib aytganda, sol qanot ko’z qarashdagi terror tashkiloti bo’lgan va a’zolarinnig ko’pchiligi turklardan iborat Inqilobiy Xalq Ozodlik partiyasini “Turk siyosati” deb qo’lga olishlik qanchalik noto’g’ri bo’lsa, PKK va XDP uchun “Kurd siyosati” deyishlik ham ana shunchalik noto’g’ridir. PKK qorquvi, yo’ldosh bosimi va hokazo...  nima bo’lishidan qat’iy nazar PKK va XDP ko’z qarashini “Kurd siyosati” deyishlik erkinlikni xush ko’rgan va tinchliksevar kurdlarga haqorat qilish bilan tengdir. “Olim” degan muqaddas iddioni yelkasida ko’tarib yurganlar terror va imperializmning so’zlariga taslim bo’lish o’rniga bunga qarshi munosabatda bo’lib, haqiqatni ifoda etishi kerak degan fikrdaman. 

Poytaxt Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar