Kun tahlili 31-qism

Anadolu mintaqasi immigratsiyaning o'chog'i…

1245335
Kun tahlili 31-qism

 

Turkiya Respublikasi boshqa davlatlarga nisbatan juda ko'p insonlar ko'chib kelgan davlat deb aytsak yanglishmagan bo'lamiz. Tarixda sharq, g'arb, shimol va janubdan Turkiya mintaqasiga juda ko'plab insonlar ko'chib kelgan. Bugungi kunda ham mintaqadagi barqaror davlat sifatida, ko’chmanchilarga quchoq ochgan davlat bo'lib qolmoqda. Shunday ekan, Turkiyada immigratsiya masalasiga nisbatan qanday chora-tadbirlarni qo'llash kerak?

Agar to'g'ri chora tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda, immigrantlar mamlakatga foyda keltirishi mumkin. Bunga dalil sifatida Turkiyaning tarixiga nazar tashlash mumkin. Biz ham ushbu mintaqaga ko'chib kelgan jamiyatning avlodlari bo'lib hisoblanamiz. Bu esa uzoq muddatli madaniyat immigratsiyasi bo'lgan. Ushbu madaniyat adolatni, hamjihatlikda yashashni, turli millat va dinga mansub insonlar bilan bitta jamiyatda yashashni, baham ko'rishlikni o'z ichiga oladi.

 

Anadolu mintaqasi immigratsiyaning o'chog'i…

Musulmon turklar ko’chib kelishidan avval ham Anadolu mintaqasiga juda ko'plab insonlar ko'chib kelgan. Musulmon turklar esa ming yil avval ushbu mintaqaga kirib kelganlar. Turklar Anadolu mintaqasiga ko'chib kelganlaridan so'ng bu davlatda biron to'qnashuv, qatliom, yoki bu mintaqada yashayotganlarni quvg'inga olish kabi hodisalar yuzaga kelmagan. Bu vaziyat esa, Huroson mintaqasidan kelganlar Anadoluga madaniyat olib kelganlini namoyon qiladi.

Anadolu mintaqasida ming yil avval boshlangan immigratsiya to'xtab qolmadi. 18 va 19-asrlarda Bolqon va Kafkaz davlatlaridagi nohush voqealar sababli immigratsiya davom etdi. Turkiya Respublikasi tashkil topgandan keyin ham Anadoluga turli davlatlardan ko’chish davom etganligining guvohi bo'lib turibmiz.

Yaqin tariximizda, Bolgariyada Todor Jivkovning tazyiq va zulmlari sababli 1989 yili Turkiyaga ommaviy ko’chish hodisasi yuzaga keldi. Todor Jivkov o'sha paytda "Turklar Bolgariyani tark etishlari kerak. Aks holda, Bolgariya degan davlat qolmaydi" deya ochiq ravishda o'z rejalarini bayon etgan edi.

Xulosa shuki, Anadolu mintaqasi, Adriatik dengizidan Xitoy devori orasidagi Turkiyani sevgan xalqlar uchun doimo immigratsiyaning eshigi bo'lib qolmoqda. Turkiya nafaqat turkiyzabon va musulmon xalqlar, balki musulmon va turk bo'lmagan boshqa millat vakillari uchun ham barqarorlikning timsoli bo'lib qolmoqda.  Bunga misol sifatida, 500 yil avval Yevropadan quvilgan yahudiylar va ikkinchi jahon urushida esa Germaniyadan qochib kelgan yahudiylarni aytish mumkin.

 

Anadoludan ko'chganlar…

Usmoniylar davrida, harbiy yurishlar natijasida yangi yashash joylari ochilgan. Ayniqsa, Bolqon davlatlariga Anadolu mintaqasidan juda ko'plab insonlar ko'chib ketgan. Misol uchun Bolqon davlatlarida uch nafar "Konya" shahri mavjud.

Anadolu mintaqasidan boshqa davlatlarga ommaviy ko'chish jarayoni 1960-yillarda yuzaga keldi. Yevropa davlatlariga ishlash uchun ketgan insonlarning soni bugungi kunda 5 millionga yetib qoldi. Norasmiy yashaganlar ham hisobga olinganda ularning soni bundan ham ko'p bo'lishlari mumkin.

 

Bugungi vaziyat…

Bugungi kunda ham Turkiyaga Bolqon davlatlaridan, O'rta sharqdan, turkiyzabon davlatlardan, Uzoq sharqdan ham juda ko'plab insonlar ko'chib kelmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, mintaqadagi bo'shqa davlatlarga va Yevropa davlatlariga nisbatan, Turkiyadan boshqa barqaror davlatning yo’qligi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Qolaversa, ko'chib kelgan insonlarning o'z davlatlaridagi turli muammolar, iqtisodiy va siyosiy sabablar ham asosiy omil bo'lmoqda.

Turkiyaga bugungi kunda Suriya, Eron, Iroq, Afg'oniston, Liviya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Afrika kabi davlatlardan tashqari, g'arb davlatlaridan ham insonlar ko'chib kelmoqda. G'arb davlatlaridagi iqtisodiy inqirozlar, shuningdek musulmonlarga va turklarga nisbatan yomon muomalalar sababli Turkiyadan ketgan insonlar qaytib kelmoqda, ba'zilari esa ishlash maqsadida Turkiyaga kelmoqdalar. Hattoki avvalgi yillarga nisbatan, G'arb davlatlarida yashayotgan turklarning farzandlari tahsil olish uchun Turkiyaga kelmoqdalar. 

G'arb davlatlarida, Bolqon mintaqasida, Qrimda va Xitoydagi og'ir siyosiy vaziyat sababli ba'zi nodavlat tashkilotlar insonlarga Turkiyaga ko'chib kelishni tavsiya qilmoqdalar.

G'arbiy va sharqiy davlatlarda, musulmonlarni va turklarni himoya qilishni xohlamagan millatchi jamiyatlar, turli uslub va siyosatlarni qo'llagan holda insonlarning mamlakat hududlaridan chiqib ketishga majburlamoqda.

Albatta, Turkiya bu mintaqada barqarorlik, insof va vijdonning o'chog'i bo'lganligi uchun ham vatanimiz bilan faxrlansak arziydi. Lekin, Turkiya tobora ortib borayotgan qochqinlar oqimi, tartibsiz migratsiyaga qarshi chorasiz qolmoqda. Chunki, ba'zi davlatlarda musulmonlarni va turkiyzabon xalqlarni o'z vatanidan ko'chib ketishga majburlamoqdalar.

Turkiya Respublikasi chet elda yashayotgan o'z fuqarolarining va millatdosh xalqlarning ba'zi davlatlarning siyosiy vositasiga aylanishini oldini olish uchun to'g'ri strategiya va o’rinli siyosat yuritishi kerak.

Keyingi dasturimizda Turkiyadagi davlat va nodavlat tashkilotlarning, hamda chet elda yashayotgan turklarning amal qilishi kerak bo'lgan strategiyasi haqida bahs yuritadi.

Ankaradagi Yildirim Beyazit Universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #Anadolu , #migratsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar