Turkiya FETOga qarshi kurashda nafaqat o'zini balki dunyoni ham qutqarmoqchi

Kun tahlili 29-qism

Turkiya FETOga qarshi kurashda nafaqat o'zini balki dunyoni ham qutqarmoqchi

Bundan 3 yil muqaddam yani 2016-yilning 15-iyuli kuni Fetullah terror tashkiloti to’ntarish tashabbusiga qo’l urdi. To'ntarishga urinish jarayonida 251 kishi halok bo'ldi. Unda FETO a’zolari Turkiyaning xavfsizlik, razvedka va sud kabi mamlakatning strategik muassasalariga yashirin ravishda joylashib olib ortidan davlatning muassasalari, uchoqlari va tanklaridan foydalangan holda xalqimizni, TBMMni, prezidentlik qarorgohini bombaladı. Bundan maqsad Turk hukumatni to’ntarish edi. Voqea orqali FETOning ham Turkiya, ham dunyo tinchligi jihatidan qanchalik xavfli ekanligi yaqqol o’rtaga chiqdi. Shuning uchun ham dasturimizning bugungi sonida FETOning xalqaro miqyosda tug’dirgan xavfi va olinishi kerak bo’lgan chora va tadbirlar haqida so’z qilmoqchimiz.

Poytaxt Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.   

FETOning xalqaro hamjamiyatdagi o’rni va bugungi vaziyati:

Turkiya kabi lider mamlakatlar, dunyoning nufuzli mamlakatlari tomonidan yolg’iz tashlab qo’yilmaydi. Bugungi kunda Germaniya, Ikkinchi Jahon urushi ortidan ularga atab maxsus tuzilgan tizim va tartib asosida boshqarilmoqda. Turkiya ham uzoq vaqt davomida vasiylik rejimı bilan boshqarildi. FETO, sovuq urush ortidan Turkiya uchun yaratilgan yangi vasiy hisoblanadi. Turkiyaning hududi va terang tarixi jihatidan mamlakatga yuklangan ma’no nazarda tutilganida, FETO Turkiya ustidan yaratilgan mintaqaviy vasiy loyihasidir. Uning haqiqiy yuzini yashirishi va turli shaxslar shaklida dunyoning turli davlatlariga borganida, u yerdagi tizimlarni qo’lga kiritshidagi muvaffaqiyati nazarda tutilganida, FETO bugungi kunda, dunyo miqyosida vasiyga aylandi desak mubolg’a bo’lmaydi.  

Turkiyadagi 15-iyul voqealariga 3 yil to’ldi. FETOning bor yoqi yo’qligi esa haligacha mubohasali masala. O’zining haqiqiy yuzini yashirishi va insonlarni aldashi asosida tashkil topgan terror tashkilotiga doir qo’lda aniq ma’lumot yo’qligi tufayli, o’z vaqtida u haqida biron nima deyish murakkab edi. Hozri esa hammasi o’rtada. Shuning uchun ham FETO tomonidan Turkiyada uyushtirilayotgan yomonliklar soni ancha kamaydi. Chunki endilikda Turkiyada FETO haqida aniq ma’lumot mavjud. Turkiyada FETO bundan buyon yomonlik uyushtiruvchi tashkilot sifatida emas, a’zolarining shaxsiy terrorchilik imkoniyatlari jihatidan katta xavf hisoblanadi. 

Yuqorida ham ifoda etib o’tganimdek dunyoning ba’zi davlatlari Turkiyadek mamlakatlarni har doim vasiy ostida ushlab turgisi keladi. Shuning uchun ham yangi vasiy unsurlari sifatida yangi FETO ehtimollari har doim paydo bo’lishi mumkin.

FETO aslida xalqaro hamjamiyat o’rtasida katta xavfdir.

FETO, PKK va DEASh kabi tashkilotlar global aktyorlar uchun qulay imkondir. Bugungi kunda dunyoda urushlarning tabiati o’zgargan bo’lishi mumkin. Biologik urushlar, genetik jihatdan o'zgartirilgan hashoratlar ham yangi tur urush unsurlaridir. PKK va DEASh bilan solishtirilganida esa genetik jihatdan o'zgartirilgan tashkilot sifatida kuchliroq tashkilot hisoblanadi. Chunki ko'z qarashibi dunyoning 150 dan ortiq davlatiga yuqtirgan vaziyatdalar. Bu doirada qo’llab-quvvatlagan razvedka tashkilotlari FETOdan o’z manfaatlari uchun foydalanishi mumkin. Ishlab chiqarilgan biologik hashoratlardan farqi faqatgina tabiat qoynida emas, borgan davlatlarining qoq markazida, razvedka, xavfsizlik, sud va strategik tashkilotlardagi faolligidir. 

Boshqa jihatdan ular borgan davlatlarda ko’pchilik ularning haqiqiy yuzini bilmaydi, tanimaydi. Tinch aholi “FETO diniy tashkilot” degan fikrda. Eng yomoni ular biologik hashoratlar yoki apparatlardek bo’lgan FETOning dunyoning boshqa davlatlariga, mamlakatlariga ziyon yetkazadigan tusdagi ma’lumotlar yetkazganligidan boxabarlar albatta.

Turkiya jihatidan esa, muvaffaqiyatsiz tashabbuslaridan keyin Turkiyaga qarshi bo’lgan ekstremist sol qanot, PKK va armanlar bilan hamkorlik ichida Turkiyaga ziyon yetkazish payidadir.  

Xo’sh…. Unga qarshi qanday choralar ko’rilishi mumkin?

Xalqaro miqyosda: FETO bilan hamkorlikda ish olib borgan davlatlarning razvedka xizmatlari, “FETO xiyonat dasturini faqatgina biz bilan bo’lishadi” deyishi mumkin. Bu yo’l orqali, “FETOdan foydalanamiz” degan niyatlari ham birdir lekin FETO, undan foydalanmoqchi bo’lgan davlatlar uchun ham katta xavf tashkil etadi. O’z oilasi, yurti va xalqiga sadoqatsiz bo’lgan bir terror tashkiloti, boshqa davlatlarga nisbatan vafoli, sodiq bo’ladi deyishlik qanchalik to’g’ri deb o’ylaysiz?

Turkiya, 2016-yilning 15-iyuli kuni to’ntarishga qarshi qanday kurash olib borilishi kerak degan savolga javob berdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Demokratiya, milliy iroda, erkinliklar va tinch aholi qanday himoya qilinadi… bularning hammasiga aniq va to’ppa-to’g’ri javob berdi. Shubday ekan Turkiya bu bo'yicha BMT, Yevropa kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan demokratiya, tinch aholini himoya qilish va erkinliklarni saqlab qolish shuningdek uni mustahkamlashni o’ziga maqsad qilib olgan rasmiy yoki nodavlat, notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin. Bu haqida tashkilotlar bilan birgalikda dasturlar tuzgudek bo'lsa nur ustiga, nur bo'lardi.

TBMM, g’oziy majlis sifatida har yili xalqaro miqyosda, “15-iyul Milliy iroda” mukofati taqdim etishi mumkin.

FETO tomonidan faoliyat olib borilayotgan mamlakatlarga qarshi qanday choralar ko’rilishi mumkin: Turkiya FETO tomonidan dunyoning qaysi davlatida, ayniqsa ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan bo’lsa ana shunga qarshi jiddiy ravishda chora ko’rish payida. Lekin ko’rib turganimizdek FETO, faoliyat olib borgan davlatlarida, strategik nuqtani qo’lga kiritib, dunyoning ba’zi davlatlarini butunlay nazorat ostiga olib bo'lganfek. Davlat egalari bundan boxabar bo’lishiga qaramay, xavfning ko’lamini ko’rishlari, payqashlari uchun kerakli faoliyatlarni olib borishdan voz kechilmasligi darkor.

Hukumat, razvedka va jamoat tashkilotlari darajasida: Prezidentimiz FETOga qarshi kurashni eng puhta ravishda davom ettirmoqda. Boshqa jamoat tashkilotlarimiz ham FETOning Turkiya uchun emas, aslida o’zlari uchun tahdid tashkil etganligini tushuntiruvchi, ogohlantiruvchi ishlar olib borishi mumkin.

Universitetlar/ axborot-analitik markazlar/ olimlar: Turkiya tomonidan olib borilgan ana shunday kurashga qaramay, oddiygina bir insonning diniy tashkilot tarkibida qanday qilib manqurtga aylantirilishi masalasini haligacha tushinib bo’lmaydi. Tashkilotga yo’li tushganlarni qutqarish uchun hali hanuz anti-virus dasturi ishlab chiqarilgani yo’q. Dunyoning turli davlatlaridan universitetlar, axborot-analitik markazlar va olimlar bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqrib, yuqorida nomi tilga olingan dasturni ishlab chiqishi mumkin. Turkiya universitetlari va axborot-analitik markazlar, ayniqsa FETO faol bo’lgan mamlakatlardagi ta’lim markazlari bilan birgalikda faoliyat olib borib, tajriba almashishi mumkin.

Aholini FETOdan qutqarish yoki himoya qilish masalasida eng ko’p olimlar ish olib borishi kerak.  

Ommaviy axborot vositasi/ Ma’lumot bo’lishish/ Eslatma faoliyatlari: Ayniqsa bizga o’xshagan xalq ko’proq unutadi. Bunday dahshatli kechalarning takror yuz bermasligi, tajribalarning yangi avlodga yetkazib berilishi jihatidan faoliyatlar olib borilishi kerak. Bu borada, eng ko’p shahid bergan nuqtalarda FETOning xoyinona tashabbusini aks ettirgan muzeylar tashkil etilishi mumkin. Unda oddiy insonlar tomonidan 15-iyul kuni kechasi ko’rsatilgan qahramonliklar, qisqagina hayot hikoyalari, xususiy ashyolari, turmush o’rtog’i, farzandlari va yaqinlarining his tuyg’ulariga o’rin berilishi o'rinli bo'lardi. Ko’rgazmalar chet elda ham o’rin olishi mumkin. Ayniqsa, tashki vakolatxonalarda ma’lum vaqtlarda ko’rgazma uyushtirilishi mumkin. Shuningdek, chet eldan kelganlarning, mazkur muzeylarni tomosha qilishiga imkon yaratilishi ham mumkin.

Turkiya FETOga qarshi og’ir kurash olib bordi, shahidlar berdi lekin tarixning eng makkor terror tashkilotining haqiqiy yuzini yaqqol ochib berdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu vaziyat nafaqat Turkiya balki FETO oyoq bosgan dunyoning har bir davlati, FETOga yo’liqqan har bir inson uchun katta yutuqdir. Turkiya o’zi boshdan kechirgan ana shu qora tunni, xiyonatni, dunyoning boshqa davlati ko’rmasin degan niyatda. Umid qilamanki Turkiyaning bu yo’ldagi say-harakati, do’stlari va tegishli boshqa davlatlar tomonidan o’z vaqtida, o’z o’rnida payqaladi.

Poytaxt Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik. 

 


Tanlangan kalimalar: Turkiya , FETOga qarshi kurash

Aloqador xabarlar