Turkiya nima uchun S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilmoqda?

Turkiya hukumati S-400 zenit raketa majmualari bo’yicha tazyiqlarga bo’yin egmaydi.

Turkiya nima uchun S-400 zenit raketa majmualarini xarid qilmoqda?

 

Turkiya hukumati S-400 zenit raketa majmualari bo’yicha tazyiqlarga bo’yin egmaydi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 2019 yil 12 iyun kuni bergan bayonotida, “Turkiya S-400 zenit raketa majmualarini sotib oladi demayabman. Balki sotib oldi deyabman. Biz bu ishni hal qildik. Umid qilamanki, kelgusi oyda majmualar Turkiyaga yetib keladi. Suriya inqirozini S-400 va F-35dan farqli deb o’ylamaslik kerak”,-degan edi.

O’sha kuni Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Aleksey Yerxov ham Rossiya S-400 bo’yicha fikrini o’zgartirmasligini, Turkiya va Rossiya qo’shma texnik mutahassislari o’z faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilgandi.

Turkiya AQSh va NATOning barcha tazyiqlariga qaramay, o’z munosabatini o’zgartirmadi. S-400 majmualarining bo’laklari iyul oyidan boshlab Turkiyaga kela boshlaydi. Rossiya-Turkiya o’rtasida imzolangan shartnoma bilan S-400 majmualari faqatgina Turkiya hududlaridagida qo’llaniladi. Bu moddaga ko’ra, oxirgi paytlarda tez-tez tilga olingan “Turkiyaning uni xarid qilib boshqa davlatlarga sotishi” haqidagi mish-mishlar yaroqli deb topilmaydi. Faqat, Turkiya AQSh bilan inqiroz kuchaysa, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bu tizimning harbiy bazasini qurish haqqiga ega bo’ladi.

 

Turkiya S-400 majmualarini mudofaa quroli sifatida xarid qilmoqda.

 

Turkiyaning havo mudofaa tizimiga bo’lgan ehtiyoji 1 yillik masala emas. Oxirgi 10 yildan buyon buni amalga oshirish uchun g’ayrat sarf qilmoqda.

Shunday ekan, Turkiya nima uchun S-400 ga ehtiyoji bor? Chunki Turkiya NATO ittifoqdoshi AQShning Patriot raketa mudofaa tizimlariga bo’lgan talabiga ijobiy javob bermaganligi uchun farqli alternativalarga yo’nalgan holda, Rossiyaning taklifini ko’zdan kechirib, S-400 zenit raketa majmuasini xarid qilib olishga qaror berdi. Biroq, bu jarayonda S-400 majmualari harbiy masala bo’lishdan chiqdi va AQSh tomonidan siyosiy bir masalaga aylantirildi.

AQSh davlat kotibligi agar, Turkiya Rossiyadan S-400 xarid qilib olgan taqdirda, mutlaqo sanksiya joriy etishini ilgari surmoqda. Xatto, AQSh mudofaa vaziri vakili Shanahanning Turkiyaga yozgan maktubida sanksiya berilishi tilga olinar ekan, ayni paytda ittifoqdoshi bo’lgan Turkiyaga tahdid qilindi. AQShning bu munosabati na ittifoqdoshlik tamoyiliga, na diplomatik tamoyillarga to’g’ri keladi.

Xolbuki, Turkiya S-400 majmualarini jangovar maqsalarda emas, balki o’zini mudofaa qilish maqsadida sotib olmoqda. Chunki, S-400 bir mudofaa qurolidir.

Turkiyaga hujum qilishni o’ylamagan har qanday bir davlat bundan bezovta bo’lmasligi kerak. AQSh S-400 larga e’tiroz bildirar ekan, endigina yuzaga chiqqan F-35 harbiy samolyotlarining tizimlarini qo’lga kiritishi mumkinligini va NATO bilan mos emasligini ilgari surmoqda. Faqat, Turkiya mushtarak komissiya tuzgan holda, buning ko’zdan kechirilishini va agar AQShning fikrlari o’rinli bo’lsa, bundan voz kechishini aytsa ham, AQSh buni qabul qilmayotir.

Turkiya xarid qilib olgan S-400 tizimlari o’ziga xos sistema bilan ishlaganligi uchun va nazorati butkul Turkiyaning qo’lida bo’lgani uchun F-35 larning sirlarini Rossiyaning olishi mumkin emas.

 

AQSh terror tashkilotlari bilan aloqa o’rnatgan holda Turkiyaga nisbatan ittifoqdoshlik huquqini oyoq osti qilmoqda.

 

AQSh kongressi tomonidan o’tgan yili chiqarilgan “Amerika dushmanlariga sanksiyalar bilan kurash qonuni” Turkiyaga nisbatan joriy etilsa, nafaqat AQSh jihatidan, balki butun dunyo jihatidan mintaqaviy o’zgarish bo’lishi mumkin. NATO va Yevropaning avvalo Qoradengiz va sharqiy O’rta Yer dengizi, sharqiy Yevropa, Bolqonlar, Yaqin sharq va boshqa mintaqalarda Turkiyasiz siyosat olib borishi juda qimmatga tushadi, ayni paytda hech qanday natija keltirmaydi.

AQSh, Turkiyani S- 400larini  sotib olib ittifoqlik huqqini poymol qilish bilan ayblanmoqda. Faqat o’zi ittifoq sifatida Turkiya yillardir istagan patroit havo tizimini bermaganligidan hech  bahs  etmaydi.  Bundan tashqari 2016- yili 15- iyulda Turkiyadagi  harbiy to’ntarish tashabbusiga ishtirok etgan va 200 kishining  olimiga 2 ming atrofida kishining tan jarohati olishiga sabab bo’lgan FETO terror tashkiloti liderining  AQShda  jon saqlashiga, terror tashkiloti a’zolariga AQShda boshpana haqi olishiga ko’z yumib asl o’zi ittifoq huqqini poymol qilmoqda. Yana Turkiya 1980- 2019- yillarida 40 ming kishining olimiga sabab bo’lgan va minglab kishini  uy- joysiz  qoldirgan PKK- PYD terror tashkiloti bilan Suriyaning shimolida hamkorlik qilar ekan va minglab tir qurol berilar ekan ittifoqdan bahs etmaydi

AQSh, umumjahonni tahdid  etib xalqaro huquqini ko’rmasdan kelmoqda.

AQShda ittifoqdoshlik huquqini  faqatgina o’z manfaatlari bahs mavzusi  bo’lganda  kun tartibiga keltirmoqda. Ayni  shaklda Germaniyaga shimol Akim-2 tabiiy  gaz quvurini qurmas ekan, Yevropaga mendan ruxsat olmasdan turib qo’shinini tashkil eta olmaysan deb aytar ekan,  umumjahonni dunyo savdo markazi tashkiloti qoida qonunlarini poymol qilib savdo embargosi bilan tahdid qilar ekan, ittifoqlik ruhi hech  qachon esiga kelmaydi. Turkiyaning mintaqaviy xavfsizlik tahdidlariga qaramasdan uzun davom etgan havo  mudofaa tizimi qidirishini NATO ittifoqlari tomonidan ko’rmasdan kelinishi  va Turkiyani Rossiyadan S-400 havo tizimi sotib olishga majbur qoldirdi. AQSh o’z manfaatlarini o’ylab Rossiya, Shimoliy Koreya, Eron, Xitoy va Venesueladan keyin Turkiyaga bir tomonlama sanksiya qarori olishga tayyorlanishi Yevropa o’lkalari   endi  AQShning bir tomonlama siyosatlariga jim- jit qilmaslik vaqti keldi. Agar Yevropa o’lkalari bu vaziyatga e’tiborsiz qolsa Turkiyasiz ham  o’z xavfsizliklarini xavfga solib hamda AQShning  bir tomonlama siyosatlari bir kun keladi ki  o’zlariga ham  katta  ta’sir qiladi.

 

Turkiya, NAToning eng muhim a’zosi sifatida o’z ustiga tushgan barcha mas’uliyatni bajo keltiradi.

AQSh  va  Yevropa birinchi  o’rinda  bo’lib  Turkiyaning S- 400  sotib qarorini hech bir o’lkaga qarshi olingan bir qaror emasligini anglashi kerak, dunyoning inqirozli hududlarida ko’plab muammosi bor ekan mudofaa  maqsadi  bilan  olingan bir qurolni tahdid sifatida ko’rish dunyo hamjamiyatlarini ishontirmaydi.  Turkiya yillardir  birinchi o’rinda Afg’oniston bo’lib Kosovo,  Qora dengiz, Suriya, Bosniya va Gersegovina vb o’lkalarda NATOning eng faol o’lkasi bo’lib kelgan. AQSh siyosatlari bilan Turkiyani  yolg’izlanib qolishini  istasa buni bajara olmaydi va Turk jamiyatining reaksiyasiga sabab bo’ladi. Faqat Turkiya mudofaa sanoati, xorij mahsulotiga doir ehtiyojlarini Rossiya va Xitoydan ta’min etmoq majburiyatida qola oladi. AQSh sanksiyalari qarshisida poyda bo’ladigan bo’shlikni va chetlashni siyosiy, iqtisodiy yoki harbiy ravishda boshqa o’lkalar tomonidan to’ldirilishi esa  AQShning Turkiyani butunlay boy berishiga sabab bo’ladi. Turkiya S-400 qarori hokimiyat asoslari bilan aloqali  ravishda ko’rish kerak. Turkiya, havo mudofaa ehtiyojlari uchun eng mos tizim va eng mos ta’minlovchini tanlagandir. AQSh hukumati Turkiyaga

Patriot  sotishi amalga oshmagani uchun Turkiya tabiiy  ravishda yangi  bir ta’minlovchi izlagandir.

AQSh hukumati CAATSAni sabab qilib ko’rsatib Turkiyaga siyosiy  va harbiy  ravishda sanksiyalar tatbiq etishi mumkin va bularning iqtisodiy natijalari bo’ladi.  Faqat bu sanksiyalar o’rta  va uzoq muddatda Turkiyaning harakatlari ustida orzu qilingan o’zgarishlarga  yo’l ochmaydi. Turk jamiyati tarixiy xalqlardan   biridir. xalqi jabrlanganlar  yonida bo’lib va demokratiya ishongan bir millatdir.

AQSh, Turkiyaga  jazo berib   bo‘ysundirishni o’ylayotgan bo’lsa buning  ziddi bir natija beradi.  

Kuchli o’lkalar, zaif ko’rgan o’lkalarni ezib yoki tahdid etib bu dunyoga tinchlik olib kela olmasligini anglagan kun esa  butun dunyoga huzur- halovat keladi.

Sizlarga, Rossiya tadqiqotlari instituti (RUSEN)ning  Raisi Anqara Yildirim Beyazit universiteti ustozi Prof. Dr. Salih  Yilmazning mavzu bilan aloqali fikr va mulohazalarini e’tiboringizga taqdim etdik.

 

 

 



Aloqador xabarlar